Prezident Navoiyga tashrifi chog‘ida 1100 gektar maydonda qurilayotgan Yangi Navoiy shaharchasi birinchi bosqichining borishi bilan tanishdi. Shaharchada balandligi 7 dan 22 qavatgacha bo‘lgan uylar, 4170 o‘rinli maktablar, 1620 o‘rinli bog‘chalar va poliklinika, shuningdek, bog‘ va pedinstitutning yangi binosi quriladi.
Germaniya hukumati Eronning Frankfurt, Gamburg va Myunxendagi konsulliklarini yopishga qaror qildi. Bu Eron va Germaniya fuqaroligiga ega Jamshid Sharmahdning Eronda qatl etilishiga javoban amalga oshirilmoqda.
Yakshanba kungi saylovlar natijasida parlament quyi palatasi va mahalliy kengashlar tarkibi deyarli 60 foizga yangilandi. Quyi palata deputatlarining 38 foizini ayollar tashkil etdi (O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich). Unga ilk bor 3 nafar, kengashlarga esa — 138 nafar nogironligi bor shaxs saylandi.
Karmana tumanida qurilayotgan 130 gektarlik “Zarafshon industrial technology” texnoparkida qiymati 1 mlrd dollardan ortiq 18 ta loyiha bajarilishi reja qilingan. Prezident unda ekologiya talabiga e’tibor berishni buyurdi. Shuningdek, “Universal filter” korxonasidagi mahalliy mahsulotlar ko‘zdan kechirildi.
Toshkent shahri Olmazor tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 74 yoshli fuqaro vafot etdi.
Toshkent shahar hokimi aholi va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari tariflarini 15 foizga oshirish qarorni imzoladi.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda noyabr oyining boshida iliq ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi +20 darajagacha isishi mumkin. 8−10-noyabrdan boshlab kunlar sovib, harorat kunduzi +12, kechasi −5…−0 darajagacha tushadi. Yog‘ingarchilik oktabrdagidan ko‘proq, davomiy va jadal bo‘ladi.
Kinematografiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy komissiya vazifalari belgilanmoqda. Shuningdek, xalqaro kinofestivallarda taqdirlangan milliy filmlar ijodkorlarini rag‘batlantirish tizimi joriy etilmoqda.
Surxondaryo viloyatida isitish mavsumi 1-noyabrdan boshlanadi. Gaz va elektr ta’minoti korxonalariga qozonxonalar, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Navoiy Konimex tumanida 10 nafar yigit kelishmovchilik ortidan cho‘lga borib janjallashdi. Oqibatda ulardan biri boshqasini pichoqlab o‘ldirdi.
O‘zbekiston prezidenti Navoiy viloyatiga tashrifi avvalida Uzbekistan hydrogen peroxide qo‘shma korxonasi bilan tanishdi. U yerda vodorod peroksidi ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot ichki ehtiyojni to‘liq qoplab, import o‘rnini to‘ldirishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda 2023-yil noyabr oyidan buyon ko‘pxotinlilikni targ‘ib qilgan 14 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 7 nafar shaxs esa jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilgani uchun javobgarlikka tortildi.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi. Regulyator inflyatsiyani oshiruvchi bosimlar saqlanib qolayotganini qayd etdi. Yil yakunida umumiy inflyatsiyaning 9,5 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
Cobalt avtomobilining yangi modifikatsiyasi — Cobalt Midnight hozirgi mavjud modifikatsiyadan 7,3 mln so‘m qimmatroq bo‘ladi. Birinchi bosqichda yangi modifikatsiyada yoritish tizimi va g‘ildirak disklari qoramtir tusda bo‘ladi. Keyingi bosqichlarda esa interer qismi bo‘yicha qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritiladi.
Tunda Rossiya qo‘shinlari Xarkovga aviabomba tashladi. To‘qqiz qavatli binoning ikki qavati vayron bo‘ldi. Hozirgacha 34 kishi yaralangani, ikki kishi, jumladan, 12 yoshli bola halok bo‘lgani ma’lum.
Surxondaryoning Denov tumanida 17 yoshli qiz o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning 8-qavatidan yiqilib, vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Narpay tumanida Yutong avtobusi qayrilib olayotgan traktorning tirkamasiga borib urildi. Hodisadan so‘ng avtobusning bir yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.
2024-yil oktabr oyida Xitoyning Uhu shahrida “Kelajak uchun texnologiyalar” shiori ostida Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasining (CGIC) ochilishi bo‘lib o‘tdi.
AQSh O‘zbekistondagi ikkita kompaniya — Uzstanex va The Elite Investment Group`ni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ular Rossiya kompaniyalariga elektr transformatorlarini yetkazib berganlikda ayblangan.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat chegara zonasiga kirish-chiqish, undan o‘tish, u yerda bo‘lish hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting