26 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
26 may 2021, 20:21

26 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Senatning o‘ng beshinchi yalpi majlisi, Toshkent viloyatida bir yarim ming gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, Equinox`ning Qozog‘istondagi narxi, Samarqandda maktab-internati tarbiyalanuvchilari kaltaklanishi, Shahrisabzda masjid hovlisida ayvon qurilishi nima sababdan to‘xtatilgani — “Gazeta.uz"ning 26 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Sobiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga murojaati bo‘yicha to‘liq tushuntirish berilgan edi — Vazirlar mahkamasi xodimi
26 may 2021, 19:18

Sobiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga murojaati bo‘yicha to‘liq tushuntirish berilgan edi — Vazirlar mahkamasi xodimi

Vazirlar mahkamasi mas’ul xodimi murojaat bilan kelgan sobiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga masala hal qilinishi bo‘yicha tushuntirish berilganligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, murojaatchilar har biriga 100 mln so‘mdan pul to‘lab berilmasa, uylariga qaytmasliklarini aytib shart qo‘ygan. Hukumat apparati xodimi voqea Vazirlar mahkamasi binosida emas, binoning oldida, fuqarolar qabul qilinadigan hududda sodir bo‘lganligini ma’lum qildi.

MIB xodimi ikki yilda 596 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi
26 may 2021, 18:39

MIB xodimi ikki yilda 596 mln so‘mni o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda MIB xodimi ikki yil ichida depozit hisobvarag‘iga kelib tushgan 596 mln so‘mdan ko‘proq pulni talon toroj qilgani aytilmoqda. U buni elektron to‘lov topshiriqnomalariga soxta ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshirgan. Sudlanuvchiga 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

«Tolibon» Afg‘oniston qo‘shnilarini o‘z hududiga chet el bazalarini joylashtirmaslikka chaqirdi
26 may 2021, 17:58

«Tolibon» Afg‘oniston qo‘shnilarini o‘z hududiga chet el bazalarini joylashtirmaslikka chaqirdi

«Tolibon» harakati Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarni o‘z hududiga chet el qurolli kuchlarini joylashtirmaslikka chaqirdi. «Biz o‘z yerimizdan boshqalar xavfsizligiga qarshi foydalanilmasligini bir necha marta ma’lum qildik va boshqalarni ham o‘z yerlari va havo hududlaridan mamlakatimizga qarshi foydalanmaslikka chaqiramiz», — deyiladi bayonotda.

Aleksandr Lukashenko Ryanair samolyotida bomba borligi haqidagi xabarni Shveysariya tomondan kelganini ta’kidladi
26 may 2021, 17:30

Aleksandr Lukashenko Ryanair samolyotida bomba borligi haqidagi xabarni Shveysariya tomondan kelganini ta’kidladi

Belarus prezidentining ta’kidlashicha, Ryanair samolyotida bomba borligi haqidagi xabarlar bir vaqtning o‘zida Afina, Vilnyus va Minsk aeroportlariga kelgan. Biroq Shveysariya aviatsiya ma’murlari bu haqda xabarsiz bo‘lganliklarini ma’lum qilishdi.

«Murodboy ishi» bo‘yicha sud zalida yuz bergan tartibsizlik yuzasidan IIV izoh berdi
26 may 2021, 17:12

«Murodboy ishi» bo‘yicha sud zalida yuz bergan tartibsizlik yuzasidan IIV izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda JIB Yangiyo‘l shahar sudi majlislar zalida sudlanuvchilar qo‘llarini kesib, tartibsizlikni yuzaga keltirgani aks etgan video tarqaldi. IIV mahbuslar lezviya bo‘laklari bilan o‘zlariga tan jarohati yetkazgani, noo‘rin talablarni qo‘yib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganini ma’lum qildi. Viloyat IIBB esa voqeaning kelib chiqish sabablarini o‘rganmoqda.

Focus maktabida badiiy filmlar rejissyorligiga o‘qish uchun qabul boshlandi
26 may 2021, 17:00

Focus maktabida badiiy filmlar rejissyorligiga o‘qish uchun qabul boshlandi

Rejissyor Zulfiqor Musoqov rahbarligidagi Focus maktabi badiiy filmlar rejissyorligining o‘zbek tilidagi guruhiga arizalar qabulini e’lon qildi.

Shahrisabzda masjid hovlisida ayvon qurilishi nima sababdan to‘xtatilgani ma’lum qilindi
26 may 2021, 16:54

Shahrisabzda masjid hovlisida ayvon qurilishi nima sababdan to‘xtatilgani ma’lum qilindi

Shahrisabz shahridagi Hazrati Imom masjidi hovlisida namoz o‘qish ayvonining qurilishi to‘xtatildi. Bunga qurilish haqida tegishli tashkilotlar ogohlantirilmaganligi sabab bo‘lgan. Musulmonlar idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili ayvon binosi hududdagi tarixiy obidalarga hech qanday zarar yetkazmasligini ta’kidladi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi
26 may 2021, 16:49

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 8,37 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 609,91 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaygan.

«2021 yil hisobidan hali birorta mahkum koronavirusga chalingani yo‘q» — IIV vakili
26 may 2021, 16:10

«2021 yil hisobidan hali birorta mahkum koronavirusga chalingani yo‘q» — IIV vakili

Ombudsman Feruza Eshmatova boshchiligidagi ekspertlik guruhi 23-son mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan kasalxonaga bordi. Unga hamrohlik qilgan IIV Jazoni ijro etish departameni tibbiy bo‘limi boshlig‘i Bahodir Yusupovning aytishicha, qamoqxonalarda yil boshidan beri COVID-19`ga chalinish holatlari qayd etilmagan.

Samarqandda 50 ming dollar va mashina evaziga noqonuniy yer sotayotgan shaxslar ushlandi
26 may 2021, 15:13

Samarqandda 50 ming dollar va mashina evaziga noqonuniy yer sotayotgan shaxslar ushlandi

Oqdaryo tumanida 1 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming dollar va Nexia-3 avtomashinasi talab qilgan mas’ul shaxslar qo‘lga olingan. Shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Samarqand va Payariq tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

Nurafshon IIB boshlig‘i avtohalokatda vafot etdi
26 may 2021, 13:02

Nurafshon IIB boshlig‘i avtohalokatda vafot etdi

Nurafshon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Navro‘z Omonboyev vafot etdi. Podpolkovnik «Kuchlik» neft baza yaqinida avtohalokatga uchragan.

Samarqandda maktab-internati tarbiyalanuvchilari kaltaklangani haqidagi xabar hokimlik va senat tomonidan o‘rganiladi
26 may 2021, 11:55

Samarqandda maktab-internati tarbiyalanuvchilari kaltaklangani haqidagi xabar hokimlik va senat tomonidan o‘rganiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi 63-sonli maxsus maktab-internatining tarbiyalanuvchilari yuz-ko‘zlari ko‘kargani aks etgan surat va xabarlar tarqaldi. Holat hokimlik tomonidan o‘rganilmoqda, Senat tomonidan nazoratga olindi.

COVID-19 ga qarshi 1,2 milliondan ortiq kishi emlandi
26 may 2021, 11:51

COVID-19 ga qarshi 1,2 milliondan ortiq kishi emlandi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 1-bosqichda emlanganlar 1 212 597 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 470 519 nafarni tashkil qilmoqda. Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari qayd qilmoqda.

Sentyabrdan maktab o‘quvchilariga hokim stipendiyasi joriy etiladi — Jahongir Ortiqxo‘jayev
26 may 2021, 11:19

Sentyabrdan maktab o‘quvchilariga hokim stipendiyasi joriy etiladi — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sentyabr oyidan yaxshi o‘zlashtirgan maktab o‘quvchilariga 500 ming so‘m miqdorida hokim stipendiyasi joriy etilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ularning o‘qituvchilariga 1 mln so‘mdan berilishi belgilandi.

O‘zbekistonda sotuvi to‘xtatilgan Equinox avtomobillari Qozog‘istonda sotuvga chiqarildi
26 may 2021, 11:07

O‘zbekistonda sotuvi to‘xtatilgan Equinox avtomobillari Qozog‘istonda sotuvga chiqarildi

Qozog‘istonda Chevrolet Equinox avtomobillari 13 490 000 tenge (331 mln so‘m atrofida) narxida sotilmoqda. UzAuto Motors saytida e’lon qilingan narxlarga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil narxi 414 mln so‘mga teng deb belgilangan.

Toshkent viloyatida bir yarim ming gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingan
26 may 2021, 10:02

Toshkent viloyatida bir yarim ming gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingan

Toshkent viloyatida 9 ming 614 ta holatda 1618 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishidan oldin yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilmagani qayd etildi.

Senat bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadi
26 may 2021, 09:27

Senat bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadi

15 yalpi majlisda Senat transport to‘g‘risidagi qonun, Saylov kodeksiga va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar, 2030 yilgacha gender tengligi strategiyasi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi va hukumatning davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot eshitiladi.

O‘zbekistonning ikkita sobiq qishlog‘i rasman Qozog‘iston tarkibiga kiritildi
25 may 2021, 23:56

O‘zbekistonning ikkita sobiq qishlog‘i rasman Qozog‘iston tarkibiga kiritildi

Qozog‘iston OAVlarining xabar berishicha, ilgari O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Qozog‘istonning Turkiston viloyati tarkibiga kiritildi. Chegara uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomalar ikki mamlakat tomonidan 2002 va 2004 yillarda imzolangan.

25 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 may 2021, 23:39

25 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi tayinlovlar, XDP deputatining kaltaklanishi, Turizm va sport vazirligiga ishga taklif qilingan talaba, tez tibbiy yordam xizmatidagi yangiliklar — “Gazeta.uz"ning 25 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting