Fitch O‘zbekistonning suveren reytinglarini «BB-» darajasida barqaror bashorat bilan saqlab qoldi. Reyting agentiligining kutilmalariga ko‘ra, 2021 yilda mamlakat iqtisodiyoti 6,2%ga, inflyatsiya 9,8%ga va davlat qarzi YAIMning 42%gacha o‘sadi. Shu bilan birga, pandemiya va vaksinatsiya jarayonini amalga oshirish bo‘yicha kechikishlar O‘zbekistonga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishini yodga olar ekan: «Hozir ayta olaman, umrimda, kinoda ham men bunday voqeani ko‘rmaganman», — deya ta’kidladi.
O‘zbekiston bank sektorida aktivlar sifatining yomonlashishi xavfi ortib bormoqda, deya qayd etdi Fitch. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda aktivlarning sifat ko‘rsatkichlari pasaygan va bundan keyin ham yomonlashishi kutilmoqda. Bunga sabab — kredit ta’tillari muddati nihoyasiga yetganligi va ko‘p sonli kreditlar uchun imtiyozli davrlar yakunlanganligi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati bilan “Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “„Tolibon“ rahbariyati ham bu loyiha amalga oshishiga astoydil roziligini bildiryapti”. “Lekin ular bir muammoga duch kelishyapti — aksariyat davlatlar ularni tan olmay turib, bunday katta ishlarni amalga oshira olmaydi, hech kim moliyalashtirmaydi”, — deya qo‘shimcha qiladi prezident
11 oktabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 287 ming 400 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ayni kungacha mamlakatda jami 22 mln 721 ming 129 doza vaksinadan foydalanildi. To‘liq emlangan fuqarolar 5 mln 226 ming 139 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 14,88 foizini tashkil qilmoqda.
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tovar va xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni davlat tilida taqdim etish shartligi aks etgan qonun loyihasini ma’qullashdi. Hujjat Senatga yuborildi.
UzAuto Motors Onix avtomobilini seriyalari ishlab chiqarish sinov tugagach boshlanishini, sotuvlar esa 2022 yilning oxiri — 2023 yil boshidan amalga oshirilishini ma’lum qildi.
JSST postkovid sindromiga rasmiy klinik ta’rif berilganini ma’lum qildi. Koronavirus bilan kasallanganlarning taxminan 10−20 foizi ushbu sindromga chalingan.
Hukumat 2022 yil oxirigacha O‘zbekiston hududlarida 310 ta yangi avtobus avtobus yo‘nalishlarini tashkil etishning maqsadli parametrlarini tasdiqladi. Tashuvchilarning zarar miqdori 30% gacha bo‘lsa subsidiya ajratish yo‘li bilan qoplab berilishi mumkin.
Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining mehnatga layoqatli qatlami aholi umumiy sonining 57,8 foizini, ya’ni 20 mln kishidan ko‘proqni tashkil etmoqda. Mehnatga yoshigacha bo‘lganlar 31,1 foiz, mehnat yoshidan kattalar esa 11,1 foizga yetgan.
Toshkentda harakatdagi avtomobil eshigiga osilib va avtomashina salonidan chiqib operatorlik qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
O‘zbekiston mis mahsulotlarini sotishdan 2,5 milliard dollar daromad oladi, bu metalning qariyb 60 foizi xomashyo sifatida eksport qilinadi. Elektr transport vositalari va elektrotexnika ishlab chiqarishni ko‘paytirish hisobiga 2030 yilga borib global talabning 40 foizga o‘sishi kutilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi OKMK mis klasteri bazasida elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari hamda elektromobillar va elektr avtobuslar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishni tavsiya qildi.
Shavkat Mirziyoyevning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi, bayram kunlari yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dushanbani ham dam olish kuni deb e’lon qilish taklif etilishi, aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan 9 ta vazirlik va idora rahbar xodimlari javobgarlikka tortilishi — “Gazeta.uz"ning 11 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Avstriyada yangi kansler tayinlangani, Rossiya va Boliviyadagi aviahalokatlar, Livanning deyarli 24 soatga elektr ta’minotidan uzilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Serbiyada bo‘lib o‘tadigan boks bo‘yicha jahon chempionatida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi e’lon qilindi. Yakuniy ro‘yxatda professional bokschilar Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov ham bor.
So‘nggi 10 yil ichida O‘zbekiston davlat idoralari Google kompaniyasiga kontentni o‘chirish bo‘yicha 6 marta so‘rov yuborgan. Taqqoslash uchun: bu davr mobaynida Rossiya Googlega 123 mingdan ortiq marta murojaat qilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil Feruza Eshmatova 9 oy ichida qamoqxonalarga 120 ta monitoring tashriflari amalga oshirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, monitoring davomida qamoqxonalarda «qiynoq holatlari deyarli uchramagan». «Shu paytgacha ularning hech qaysisidan „meni bu qiynayapti“, „urdi“ yoki qanaqadir „ruhiy tazyiq, bosim, qiynoqlar o‘tkazayapti“ degan murojaat bo‘lmadi», — deydi ombudsman.
Deputatlar bayram munosabati bilan dam olish ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, dam olish kunini bayramdan keyingi kunga ko‘chirishni taklif qilishdi. Mehnat kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan bayram kunlari agar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelsa, unda dushanba kuni dam olish kuniga qo‘shib beriladi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 14,37 so‘mga pasayib, 10 666 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Iqtisodiyot bo‘yicha 2021 yilgi Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchilarga topshirildi. Devid Kard «mehnat iqtisodiyotini o‘rganishga», Joshua Engrist va Guido Imbens «sabab-oqibat munosabatlarini tahlil qilishga» hissa qo‘shganliklari uchun e’tirof etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting