Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti boshlandi. U tadbirkorlar bilan ishlamayotgan hokimlarni tanqid qildi. “Prezident vaqt topayapti, nega hokimlar vaqt topmaydi? Mana hozir viloyat, shahar, tumanlarni hokimlari o‘tiribdi, ular yaxshilab eshitib olishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 863 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 395 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yangi ish o‘rinlarini yaratish, eksport salohiyatini oshirish va byudjet barqarorligini ta’minlash yo‘lida hissa qo‘shayotgan 100 nafar tadbirkorga minnatdorchilik bildirdi.
AQShning Xitoy aviakompaniyalariga nisbatan cheklovlar joriy qilgani, Janubiy Koreya tashkilotlarining KXDRga 535 ming tonna guruch jo‘natayotgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Polsha harbiy samolyoti Afg‘onistondan 50 kishini Navoiy aeroportiga evakuatsiya qildi. Ular shu yerdan Polshaga jo‘natildi.
O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-iyul oylarida 194 mln dollarga yengil avtomobil eksport qildi. Eksportning qariyb 94 foizi Qozog‘iston hissasiga to‘g‘ri keldi, ikkinchi o‘rinda — Afg‘oniston.
Senatning 18 yalpi majlisida sug‘urta faoliyati, Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Qolaversa, senatorlar Toshkent shahri va viloyati chegaralarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqadi va TIV hisobotini tinglaydi.
Huquqni muhofaza qilish organlari Qo‘qon hokimining birinchi o‘rinbosari va viloyat mintaqaviy temir yo‘l uzeli moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarini pora bilan qo‘lga olishdi, deb xabar berdi «Xabar.uz». Aytilishicha, mansabdorlar auksionda g‘olib bo‘lishi evaziga tadbirkordan 180 ming dollar talab qilishgan.
Markaziy bank yangi dizayndagi 5 ming va 10 ming so‘mlik banknotalarni muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda.
UzAuto Motors kompaniyasi Spark uchun shartnoma tuzishni qayta tikladi, yangi shartnomalar bo‘yicha avtomobillarni yetkazib berish 2022 yilning fevralidan boshlanadi.
«O‘zsanoatqurilishbank» ATB nazoratchi-kassiri 32,5 ming dollarni o‘zlashtirib, Lacetti avtomobilini xarid qilish va uyini ta’mirlashga sarflab yuborilgani aytilmoqda. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dollarning rasmiy kursi 12,00 so‘mga pasaydi va jami 10 632,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
Apostilni elektron tarzda olish va tekshirish imkoniyatini yaratishga oid Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, apostil qo‘yishning yagona tizimini yaratish taklif etilmoqda. Yangi tartib bilan xizmatdan onlayn foydalanish imkoniyati yaratiladi, ortiqcha vaqt va mablag‘ tejaladi. Qolaversa, apostilning haqiqiyligini onlayn tekshirib olish mumkin bo‘ladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyoti avvalroq Afg‘onistondan evakuatsiya qilingan kishilarni Toshkentdan Frankfurt-Maynga yetkazib qo‘ydi. Samolyot O‘zbekiston hukumati tomonidan Germaniyaning mamlakatdagi elchixonasi so‘roviga ko‘ra taqdim etildi.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholisi tarkibida o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va ruslar eng yirik etnik guruhlarni tashkil qiladi. 1989 yildan 2021 yilga qadar o‘zbek millatiga mansub aholi soni ikki baravardan ziyodga ko‘payib, 29,2 mlndan oshgan.
Qashqadaryoda sportchi Elbek Rahimov o‘limi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida sportchi qotillikda gumonlanuvchilardan biri bilan o‘zaro nizoda bo‘lgani aytildi. Gumonlanuvchilarning eng kattasi 29 yoshda, eng kichigi — 16−17 yoshli maktab o‘quvchilari. Mazkur ish bo‘yicha sud ishi barcha uchun ochiq tarzda o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Xitoy bilan birgalikda qurol, harbiy texnikalar va texnologiyalar sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 48 nafar sportchi himoya qiladi. O‘zbekistonlik sportchilar 8 ta sport turi bo‘yicha kurash olib boradilar — eng ko‘p sportchilar para-yengil atletika va para-suzishda (sportchilarning to‘liq ro‘yxati).
Ashraf G‘ani videomurojaat bilan chiqib, Afg‘onistonni tark etishini «qon to‘kilishini oldini olish zarurati» bilan izohladi. Siyosatchi tez orada mamlakatga qaytishga va’da berdi. Shuningdek u «Afg‘onistonda adolatga erishish uchun» harakatlarini davom ettirishini ta’kidlab, afg‘onlar manfaati uchun kurashmoqchi ekanini ma’lum qildi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Laziz Kudratovga Strategik rivojlanish agentligi direktori vazifasi yuklatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting