Sud majlisida qo‘shiqchi Jahongir Otajonov IIB xodimlarini haqorat qilganini tan oldi va qilgan ishidan pushanmon ekanligini bildirdi. Shuni hisobga olgan holda sud uni javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan cheklandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha biznes-tahlil va tavsiyalar tayyorlaydi. Beshta viloyatda markaz filiallari ochiladi.
Shavkat Mirziyoyev 71 yoshida olamdan o‘tgan muftiy Usmonxon Alimovning xonadoniga tashrif buyurib, uning yaqinlariga ta’ziya izxor etdi. «Hammamiz uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Ulug‘ inson edilar», — dedi prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning mahalliy ommaviy axborot vositalariga bergan birinchi intervyusi 17 avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” gazetasida e’lon qilinadi.
BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirib, gumanitar yordam yetkazib berish imkoniyatini ta’minlash uchun tomonlarni «maksimal darajada bosiq bo‘lishga» chaqirdi. Shuningdek, bosh kotib ayollar va qizlarning kelajagidan xavotirda ekanligi ta’kidladi. Dushanba kuni Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Xabarlarga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Afg‘oniston farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Hozircha rasmiy izohlar bo‘lmadi.
Hafta boshida respublika bo‘ylab salqin ob-havo saqlanib turadi. Chorshanba kuni Eron hududlaridan nisbatan issiq ob-havo kirib keladi. Havo harorati haftaning oxiriga kelib, kechalari +18…+20 darajagacha, kunduz kunlari +36…+38 darajagacha ko‘tariladi.
«Tolibon» harakati vakillari Al-Jazeera telekanali efirida «Afg‘onistonda urush tuguganligi» haqida e’lon qildi. Shuningdek, ular «harakat har bir qadamini mas’uliyat bilan bosishini va barcha tomonlar bilan tinch munosabatlarni saqlash niyatida» ekanligini ta’kidlashmoqda. Toliblar boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini qayd etdi.
60 dan ortiq mamlakatlar qo‘shma bayonot bilan chiqib, chet elliklar va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan afg‘on fuqarolarini xavfsiz chiqib ketishini ta’minlashga chaqirdi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 877 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 479 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Olmaliq shahrida 36 kishi muzqaymoqdan zaharlanib, shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ulardan 31 nafariga ruhsat berilib, besh nafarining ahvoli o‘rtacha deb baholanmoqda. Bundan tashqari, huddi shu tashxis bilan yana 1Z nafar bemor tibbiyot birlashmasiga yotqizilgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Koson tumani hokimligi panjaralari Qashqardayo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tanqididan so‘ng olib tashlandi. Tuman ma’muriyati fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va oshkoralikka doim amal qilinishi, hokimlik xalq bilan o‘rtadagi har qanday to‘siqni olib tashlash tarafdori ekanini ma’lum qildi.
Ashraf G‘ani qon to‘kilishining oldini olish maqsadida Afg‘onistonni tark etdi. OAVlar xabariga ko‘ra, davlat rahbari Tojikiston orqali Ummonga yetib borgan. Biroq, New York Times u ayoli va ikki nafar yordamchisi bilan O‘zbekistonga yo‘l olganiga ishontirmoqda. Prezident saroyini qo‘lga kiritgan «Tolibon» harakati a’zolari esa Afg‘oniston Islom amirligi tuzilganini e’lon qilishni ko‘zlayapti.
O‘zbekiston prezidenti muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan ta’ziya izxor etdi. «Kamtarin va samimiy inson Usmonxon Alimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi», — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotda Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanish tafsilotlarini muhokama qildilar.
«Tolibon» harakati a’zolari Kobulga kirdi. OAV Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqishi ehtimoli haqida xabar qilmoqda. Afg‘oniston TIV rahbari hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tishini ma’lum qildi.
O‘zbekistonning Kobuldagi elchixonasi va Mozori Sharifdagi konsulligi faoliyatini davom ettirmoqda hamda xodimlar hali evakuatsiya qilingani yo‘q. “Termiz-Hayraton” ko‘prigi atrofidagi vaziyat esa butunlay barqarorlashgan.
Koronavirusga qarshi emlash jarayonida ayrim holatlarda vaksina olish bo‘yicha tibbiy cheklovlar bo‘lishi mumkin. Qaysi holatlarda koronavirusga qarshi vaksina olish tavsiya etilmaydi? Boshqa turdagi vaksina olganlar qancha vaqtdan keyin koronavirusga qarshi emlanishi mumkin? Ushbu savollarga Sanitariya-epidemiologik xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov javob berdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etdi. Avvalroq, uning Moskvada davolanayotgani ma’lum qilingan edi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Termiz-Hayraton ko‘prigi hududida vaziyat yumshaganini ma’lum qildi. Ko‘prikning Afg‘oniston qismida to‘plangan Afg‘oniston fuqarolarining asosiy qismi ko‘prikni va unga tutash hududni mustaqil ravishda tark etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting