Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi qanday kutib olinishi, Lionel Messining “PSJ” klubiga o‘tishi, Olimpiadada ishtirok etgan sportchilar va murabbiylar mukofotlanishi — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Andijon viloyati aholisining jamoat transporti xizmatidan foydalanish qamrovini oshirish maqsadida xususiy kompaniya tomonidan 70 dona Zhongtong avtobus sotib olinadi.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 917 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 502 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Gaiti qirg‘oqlarida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, 300 dan ziyod kishi hayotdan ko‘z yumdi, yuzlab insonlar jarohatlangan va bedarak yo‘qolgan.
O‘zbekiston davlat chegarasini kesib o‘tgan 84 nafar Afg‘oniston harbiy xizmatchisiga tibbiy yordam va vaqtinchalik boshpana taqdim etdi. TIV afg‘on fuqarolarini vataniga qaytarish hamda Termiz-Hayraton ko‘prigi hududidagi vaziyatni yumshatish uchun afg‘on tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonning shimoli-g‘arbida joylashgan Balx viloyatining ma’muriy markazi — Mozori-Sharif shahrini egallaganligini e’lon qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, afg‘on hukumati qo‘shinlarining bir qismi O‘zbekiston bilan chegara tomonga qochgan.
Havo floti kuni arafasida Toshkent harbiy okrugi «Chirchiq» poligonida harbiy aviatsiya aviashousi bo‘lib o‘tdi. Unda jangovar va harbiy-transport samolyotlari hamda vertolyotlar uchuvchilari o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
Euromedlab mustaqil laboratoriyasi barcha turdagi tahlillar uchun tekshiruvlar o‘tkazishga tayyorligini e’lon qiladi.
2021 yilning iyuli 142 yillik global meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi.
Poytaxtning Yangihayot tumanida olti kunlik qizini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi.
Shanba kuni Markaziy saylov komissiyasi beshta siyosiy partiya — Ekologik partiya, XDP, O‘zLiDeP, “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalariga oktyabrdagi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 9 sentyabrga qadar o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.
Prezident olimpiadachilar bilan juma kungi uchrashuvda sport musobaqalaridagi tanish-bilishchilik holatlariga chek qo‘yish kerakligini ta’kidladi. Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov tanish-bilishchilikni yo‘qotish uchun onlayn platforma ishlab chiqilishini ma’lum qildi. «Ertaga kimdir o‘zidan-o‘zi, hech qayerda yutmasdan xalqaro turnirlarda yoki respublika musobaqalarida ishtirok eta olmaydi», — dedi u.
Muzqaymoqli, quymoqli, ananasli Pancho, Napoleon va Medovik — Zira.uz mazali va chiroyli tortlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Toshkent hokimi Muqimiy ko‘chasida avtobuslar uchun 3 kilometrlik alohida yo‘l harakatlanish bo‘lagini ajratish ko‘zda tutilgan qarorni imzoladi. Bundan tashqari, avtobus bekatlarini yangilash rejalashtirilmoqda, yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi davom ettiriladi.
Shavkat Mirziyoyev sentyabrda ochilishi rejalashtirilayotgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘i qurilishini ko‘zda kechirib, «Istiqlol» majmuasi bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev Tokio Olimpiadasida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirladi. Bokschi Bahodir Jalolovga «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, taekvondochi Ulug‘bek Rashitovga — «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni, Oksana Chusovitinaga esa — «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni berildi.
Prezidentning olimpiada ishtirokchilari bilan uchrashuvi, Oqqo‘rg‘onda bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilari zaharlanishi, O‘zbekistonga yuborilayotgan 276 mingdan ortiq AstraZeneca vaksinasi — “Gazeta.uz"ning 13 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Isroil va Marokashning o‘z elchixonalarini ochishga kelishib olishgani, Litvaning 1,5 mingga yaqin noqonuniy muhojirning boshpana so‘rovlarini rad etgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev navbatdagi olimpiadada jamoaviy sport turlari bo‘yicha ham yo‘llanmalarni qo‘lga kiritish asosiy maqsad bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. «Agar kimdir, bundan keyin ham oldingi Olimpiya o‘yinlarida bo‘lgani kabi, faqat yakkakurash sport turlari hisobidan yutuqlarga erishamiz, deb o‘ylasa, adashadi», — dedi prezident.
Prezident legioner sportchilarni olib kelish tajribasi o‘zini oqlamayotganligini ta’kidladi. «Xorijdan legionerlar emas, yetuk mutaxassislarni hamda sportchilarni tayyorlash metodikasini olib kelish kerak», — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting