Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets tayinlanishi mumkin. U bilan og‘zaki kelishuvga erishildi.
Italiyada 528 ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgani, Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat mahsulotlaridagi kanserogenlar me’yorini o‘zgartirayotgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
“To‘palang” suv omboridan 361 kilometrlik suv quvurlari yotqizilishi, to‘rtta viloyatda bittadan tumanda yangi hokim tayinlanishi, Toshkent markazidagi radar o‘rnatish joyi 3,5 mlrd so‘mga sotilishi — “Gazeta.uz"ning 12 avgustdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Mudofaa vazirligining qariyb 95 foiz harbiy xizmatchilari koronavirusga qarshi vaksinaning kamida birinchi dozasi bilan emlangan. Ikkinchi dozani — 91,6 foizi, uchinchisini — 61,1 foizi qabul qilgan.
Toshkent markazidagi radar o‘rnatish joyi elektron auksionda boshlang‘ich bahosidan 95 barobar qimmatga — qariyb 3,5 mlrd so‘mga sotildi.
Energetika vaziri Alisher Sultonov dekabr va may oylari oralig‘ida ikki marotaba koronavirusga qarshi vaksinatsiyaning to‘liq kursini tugatgan. Vazir aynan qaysi preparat bilan emlangani ma’lum qilinmadi.
Antikorrupsiya agentligi rahbari Akmal Burxonov agentlik o‘z faoliyatini to‘laqonli amalga oshirishda duch kelayotgan to‘siqlar haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, agentlikning xatiga vaqtida javob bermaslik yoki korrupsion omil haqidagi taqdimnomaga «boshqacha munosabatda» bo‘lish holatlari uchraydi. «Taqdimnomamizga adekvat reaksiya bildirilmasa, javobgarlikka tortish bo‘yicha taklif kiritganmiz… Lekin ayrim idora va vazirliklar hali ham agentlikni tan olgisi kelmaydi», — deydi u.
O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya “Harb-Maydon” poligonida qo‘shma mashqlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Aviatsiya, razvedka, o‘t o‘chirish majmualari hamda havo desantli hujum kuchlari ishtirokida turlararo qo‘shinlardan foydalanish birinchi marta namoyish etildi.
Toshkentda xizmat ko‘rsatish sohasida 415 mingdan ortiq ish o‘rinlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu yangi tadbirkorlik subyektlari va tunu kun ishlaydigan savdo-ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etish, o‘zini o‘zi band qilish, birinchi qavat va yerto‘lalarni ijaraga berish orqali amalga oshiriladi.
Muftiy Usmonxon Alimov o‘pka pnevmoniyasi va qon-tomir kasalliklaridan davo muolajalarini hanuz Moskvada olayotgani ma’lum qilindi. «Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror», — deyiladi xabarda.
Dollarning rasmiy kursi 11,97 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 672,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarildi.
Hurmat Matrasulov Xorazm viloyatining Xiva tumaniga, Zafat Ergashev Samarqand viloyatining Payariq tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Gidrometeorologiya xizmati 13−16 avgust kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi borligi haqida ogohlantirdi. FVV aholidan ehtiyot choralarini ko‘rishni va noxush vaziyatlar vujudga kelganda, vazirlikning «1050» qisqa raqamiga murojaat etishni so‘radi.
Oliy Majlis senati raisi Tanzila Narbayeva Tokio-2020 olimpiya o‘yinlaridagi sportchilarga bag‘ishlangan murallarni qo‘llab-quvvatladi. «San’atni qo‘llab-quvvatlash zarur. Strit-art va pablik-art kabi zamonaviy yo‘nalishlari ijodkor yoshlarimiz qo‘lida shahar muhitiga o‘zgacha tarovat beruvchi vositaga aylanib bormoqda», — dedi u.
Adliya vazirligi avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash borasidagi barcha ma’lumotlar joylashtiriladigan ochiq platformani ishga tushirishni taklif qildi. Uning yordamida yo‘l infratuzilmasiga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishini nazorat qilish va yo‘llardagi nosozliklar haqida xabar berish mumkin bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkita dozasi bilan emlangan. Keyinroq viloyat rahbari «Sputnik V» vaksinasini ham qabul qilganligi ma’lum bo‘ldi. Bunga unda antitanachalar ko‘tarilmaganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi bir necha xil vaksina bilan emlanishda nojo‘ya ta’sirlar xavfi borligi haqida ogohlantirib, fuqarolardan «o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini» so‘ragan edi.
Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Kamilov COVID-19 ga qarshi to‘li emlangan. Vazir aynan qaysi vaksinani olganligi ma’lum qilinmadi.
Toshkent shahrida ZF-UZ VAC2001 vaksinasining 186 dozasini 27 mln 750 ming so‘mga sotishga uringan ayol kishi qo‘lga olindi. U preparatlarni Yakkasaroy tumanidagi oilaviy poliklinikalardan birining katta hamshirasidan olgan.
Sherzod Ashurov G‘ijduvon tumani, Saydimqul Begimqulov Guliston tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Prezident farmoni bilan bola huquqlari bo‘yicha vakili (bolalar ombudsmani) instituti ta’sis etildi va Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari lavozimi tugatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting