O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi tayinlandi
1 fevral 2025, 02:49

O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi tayinlandi

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi etib tayinlandi va mamlakat prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. U bir vaqtning o‘zida Avstriyadagi elchi va bir qator tashkilotlardagi vakil ham hisoblanadi.

Andijonda sex ohak ishlab chiqarish uchun 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
1 fevral 2025, 02:33

Andijonda sex ohak ishlab chiqarish uchun 5,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida korxona ohak ishlab chiqarishda 5,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bo‘ldi. Gaz hisoblash uskunasi nosozligi sababli muqaddam tarmoqdan uzilgan va tamg‘a o‘rnatilgan, ammo sex rahbari uni o‘zboshimchalik bilan buzgan va ishlatishda davom etgan.

O‘zbek-tojik chegarasi orqali olib o‘tilgan jami 111 kg narkotik musodara qilindi
1 fevral 2025, 01:39

O‘zbek-tojik chegarasi orqali olib o‘tilgan jami 111 kg narkotik musodara qilindi

Samarqandda aylanma yo‘llar orqali opiy olib o‘tgan uch Tojikiston fuqarosi va ularning o‘zbekistonlik sherigi ushlandi. Bekobodda ham o‘zbek-tojik chegarasi yaqinida kanalga oqizib yuborilgan yelim idishlar va sumkadan katta miqdorda narkotik topildi. Jami 111 kg giyohvandlik moddalari musodara qilindi.

“Antiterror-tozalash” tadbirlari doirasida 5 kunda 42 ta jinoiy guruh fosh etildi (+foto, video)
1 fevral 2025, 01:15

“Antiterror-tozalash” tadbirlari doirasida 5 kunda 42 ta jinoiy guruh fosh etildi (+foto, video)

Yanvar oxirida DXX va IIV keng ko‘lamli “Antiterror-tozalash” tadbirlarini o‘tkazdi. 418 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi, 169 kishi qamoqqa olindi, 42 ta jinoiy guruh fosh etildi, qidiruvdagi 109 kishi ushlandi. 80 ta qurol, +30 kg narkotik, pichoqlar, bitalar va boshqa buyumlar olib qo‘yildi.

O‘zbekiston YOIIning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda — bosh vazir
1 fevral 2025, 01:02

O‘zbekiston YOIIning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqmoqda — bosh vazir

O‘zbekiston yuk tashishni soddalashtirish uchun Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) va uchinchi mamlakatlarning bojxona tranziti yagona tizimiga qo‘shilishi mumkin, dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Shuningdek, u savdo to‘siqlarini o‘zaro bartaraf etish bo‘yicha kelishuv ishlab chiqishni boshlashni taklif qildi.

Agrovazirlik — kartoshka keskin qimmatlaganining sabablari va narxlar qachon tushishi haqida
31 yanvar 2025, 23:32

Agrovazirlik — kartoshka keskin qimmatlaganining sabablari va narxlar qachon tushishi haqida

O‘zbekistonda kartoshka narxi oshganiga kuzda qayta ekilgan maydonlardan yetarlicha hosil olinmagani sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi. Noyabr-aprel uchun 1,7 mln tonna kartoshka zarur, amalda esa mavsumiy talabning 44 foizi yig‘ilgan. Vazirlik narx qachon pasayishi mumkinligini aytdi.

Nodirbek Yoqubboyev o‘yin oldidan qo‘l berib ko‘rishmagani uchun hindistonlik shaxmatchidan uzr so‘radi
31 yanvar 2025, 23:13

Nodirbek Yoqubboyev o‘yin oldidan qo‘l berib ko‘rishmagani uchun hindistonlik shaxmatchidan uzr so‘radi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik shaxmatchi Rameshbabu Vayshalidan Veyk-an-Zeye shahrida bo‘lib o‘tgan Tata Steel Chess turnirida o‘yin oldidan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortgani uchun shaxsan uzr so‘radi. U shaxmatchi qizga gullar va shokoladlar berdi hamda omma oldida kechirim so‘radi.

O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida axloqiy me’yorlar joriy qilinadi — bosh vazir
31 yanvar 2025, 22:51

O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasida axloqiy me’yorlar joriy qilinadi — bosh vazir

Sun’iy intellekt rivojlanishi ulkan imkoniyatlarni ochadi, lekin bu axloq, regulyatsiya va ma’lumot himoyasi masalalarini hal qilishni talab qiladi, dedi bosh vazir Abdulla Aripov Digital Almaty 2025 forumida. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat 2025-yilda SI sohasiga axloqiy me’yorlarni integratsiya qilmoqchi.

Nima tayyorlaymiz: kish
31 yanvar 2025, 21:32

Nima tayyorlaymiz: kish

Brinza va ismaloqli, tovuq va pomidorli, sabzavotli kish va boshqa fransuz piroglari retseptlari — Zira.uz jamlanmasida.

Janubiy Koreyadagi o‘zbek mehnat muhojirlari orasida ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p — Migratsiya agentligi
31 yanvar 2025, 20:46

Janubiy Koreyadagi o‘zbek mehnat muhojirlari orasida ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p — Migratsiya agentligi

Janubiy Koreyaga ishga yuborilgan o‘zbekistonliklar orasida shartnomadagi ish joyini tashlab ketish holatlari ko‘p uchrayapti. Hozir u yerdagi O‘zbekiston fuqarolarining 9,6 foizi nolegal maqomida. Migratsiya agentligiga ko‘ra, “agar ko‘rsatkich 10 foizga yetsa, Koreya biz bilan migratsiya aloqalarini to‘xtatishi mumkin”.

Jurnalist Ruxsora G‘ofurova IIBga chaqirtirildi, bank mansabdorlariga esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘zi nima gap?
31 yanvar 2025, 20:43 1

Jurnalist Ruxsora G‘ofurova IIBga chaqirtirildi, bank mansabdorlariga esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. O‘zi nima gap?

MY5 telekanali muxbiri Ruxsora G‘ofurovaning o‘zgalar nomiga kredit olganlikda gumon qilinayotgan bank xodimasi haqidagi materiali muhokamalarga sabab bo‘ldi. Material sabab jurnalist IIBga chaqirtirilgan. Bank mansabdorlariga nisbatan esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Gazeta.uz” jarayon tafsilotlarini o‘rgandi.

Ukraina urush boshidan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarining 30 ga yaqin fuqarosini asirga olgan — Ukraina Adliya vazirligi
31 yanvar 2025, 18:08

Ukraina urush boshidan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarining 30 ga yaqin fuqarosini asirga olgan — Ukraina Adliya vazirligi

Ukraina Adliya vazirligi 2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Markaziy Osiyo davlatlarining 30 ga yaqin fuqarosi Ukraina tomonidan asirga olingani haqida xabar berdi.

Toshkent viloyatida erkak tuzatish uchun qoldirilgan telefondan 9 mln so‘m yechib oldi
31 yanvar 2025, 17:24

Toshkent viloyatida erkak tuzatish uchun qoldirilgan telefondan 9 mln so‘m yechib oldi

Angren shahrida 31 yoshli telefon ustasi tuzatish uchun qoldirilgan telefondan 9 mln so‘m yechib oldi. Erkak pulni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Chempionlar ligasi o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlandi: “Manchester Siti” “Real” bilan o‘ynaydi
31 yanvar 2025, 17:03

Chempionlar ligasi o‘tish o‘yinlariga qur’a tashlandi: “Manchester Siti” “Real” bilan o‘ynaydi

Yevropa Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga o‘tish o‘yinlari uchun qur’a tashlandi. “Manchester Siti” nimchorak final yo‘llanmasi uchun “Real” bilan o‘ynaydi. Bu juftlik g‘olibini esa keyingi bosqichda “Atletiko” yoki “Bayer” kutadi.

Qozog‘istonda QQSni 12 foizdan 20 foizgacha oshirish muhokama qilinmoqda
31 yanvar 2025, 15:58

Qozog‘istonda QQSni 12 foizdan 20 foizgacha oshirish muhokama qilinmoqda

Qozog‘istonda “budjet inqirozi” fonida qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 12 dan 20 foizgacha oshirish muhokama qilinmoqda. Ayni vaqtda ish beruvchilarning ijtimoiy solig‘i va majburiy pensiya to‘lovlarini bekor qilish taklif qilinmoqda. Qosim-Jomart Toqayev ham soliq islohotlari zarur ekanini ta’kidladi.

Ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv instituti joriy etiladi
31 yanvar 2025, 15:24

Ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv instituti joriy etiladi

O‘zbekistonda ma’muriy sud ish yurituvida dastlabki eshituv instituti joriy etiladi. Ma’muriy sudga nizolarni hal etish jarayonida sudga hurmatsizlik qilinishi va ajrim bo‘yicha choralar ko‘rmaslikka oid huquqbuzarliklar aniqlanganda, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish vakolati ham beriladi.

Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisi bo‘ldi
31 yanvar 2025, 15:07

Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisi bo‘ldi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi rais etib saylandi.

Vashingtondagi aviahalokat paytida aeroportda dispetcherlar yetishmagan, vertolyot esa keragidan balandroq uchgan — NYT
31 yanvar 2025, 15:01

Vashingtondagi aviahalokat paytida aeroportda dispetcherlar yetishmagan, vertolyot esa keragidan balandroq uchgan — NYT

American Airlines yo‘lovchi samolyoti harbiy vertolyot bilan to‘qnashgan kuni Vashington aeroportida dispetcherlar yetishmagan, deb yozmoqda NYT. Bundan tashqari, vertolyot belgilangan yo‘nalishdan chetga chiqib, me’yordan yuqori balandlikda uchgan.

Deputatlar Suv kodeksi bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi va Senatga yubordi
31 yanvar 2025, 14:47

Deputatlar Suv kodeksi bo‘yicha qonun loyihasini qabul qildi va Senatga yubordi

Qonunchilik palatasi deputatlari Suv kodeksini tasdiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilib, Senatga yubordi.

O‘zbekistonda 2024-yilda har uchinchi YTH yuk va yo‘lovchi transporti ishtirokida sodir bo‘ldi
31 yanvar 2025, 14:41

O‘zbekistonda 2024-yilda har uchinchi YTH yuk va yo‘lovchi transporti ishtirokida sodir bo‘ldi

2024-yilda O‘zbekistonda 9364 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, shundan 3045 tasi (32,5%) yuk mashinalari va yo‘lovchi tashuvchi transportlar ishtirokida sodir bo‘ldi. YTHlarning deyarli yarmi Damas ishtirokida bo‘lgan. 351 ta YTHda haydovchilar rulda uxlab qolgan, oqibatda 189 kishi halok bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting