Samarqandda 5 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi
25 iyul 2021, 17:08

Samarqandda 5 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq voqea joyida vafot etgan.

Tokio-2020. Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunladi
25 iyul 2021, 16:37

Tokio-2020. Oksana Chusovitina sportdagi faoliyatini yakunladi

O‘zbekistonlik sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina olimpiada o‘yinlarida saralash bahslarida 11-o‘rinni egalladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Mazkur olimpiada Chusovitina uchun sakkizinchi olimpiada bo‘ldi. Avvalroq, u olimpiadadan keyin faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.

O‘zbekistonga Ispaniyadan «Afrosiyob» poyezdi olib kelindi
25 iyul 2021, 11:39

O‘zbekistonga Ispaniyadan «Afrosiyob» poyezdi olib kelindi

24 iyul kuni O‘zbekistonga Ispaniyaning Bilbao shahridan jo‘natilgan «Afrosiyob» poyezdi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida vagonlari yig‘ilib, yaxlit holatga keltirilganidan so‘ng, temir yo‘l orqali olib kelindi. Avvalroq, poyezd 2 ta lokomotiv va 11 ta vagondan iborat ekanligi e’lon qilingan.

Endi xorijdagi o‘zbekistonliklar davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanishi mumkin
25 iyul 2021, 10:43

Endi xorijdagi o‘zbekistonliklar davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanishi mumkin

Xorij mamlakatlarida doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyati yaratiladi. Ular davlat boji va boshqa to‘lovlarni chet el valyutasida xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘laydi.

Nima tayyorlaymiz: toblatma
25 iyul 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: toblatma

Makaronli, kartoshka va qo‘ziqorinli, frikadelkali, rezavor meva hamda tvorogli — Zira.uz mazali va to‘yimli toblatmalar retseptlarining ro‘yxatini taqdim etadi.

24 iyul kuni 731 kishida koronavirus aniqlandi
25 iyul 2021, 10:26

24 iyul kuni 731 kishida koronavirus aniqlandi

Kecha O‘zbekistonda 731 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 494 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 6 nafar bemor vafot etdi.

1 yanvardan xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov arzonlashtiriladi
25 iyul 2021, 10:15

1 yanvardan xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov arzonlashtiriladi

Prezident farmoni bilan 1 yanvardan xorijga chiqish pasporti, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida yangi namunadagi guvohnoma, advokatlik byuro, firma va hay’atlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdorlari arzonlashtiriladi. Xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish xizmati esa bepul bo‘ladi.

Afg‘oniston hukumati 31 ta viloyatda komendantlik soati joriy qildi
25 iyul 2021, 10:00

Afg‘oniston hukumati 31 ta viloyatda komendantlik soati joriy qildi

Shanba kuni Afg‘onistonning 31 ta viloyatida komendantlik soati e’lon qilindi. IIV rasmiy vakili ushbu qaror «Tolibon» harakatini cheklash maqsadida qabul qilinganini aytmoqda. Hozirda 10 dan ortiq tumanlarda hukumat harbiylari va toliblar o‘rtasida faol to‘qnashuvlar davom etmoqda.

2022 yildan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi
25 iyul 2021, 07:06

2022 yildan aholi va tadbirkorlardan 15 turdagi hujjat va ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi

1 yanvardan boshlab davlat organlari tomonidan moliyaviy hisobotlar nusxalari, jismoniy shaxslarning so‘nggi 12 oydagi ish haqi to‘g‘risidagi, tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tganligi, davlat boji, yig‘imlar va aliment to‘langanligi, kam ta’minlanganlik va fuqaroning «Yoshlar daftari» yoki «Ayollar daftari»ga kiritilganligi haqidagi jami 15 turdagi ma’lumotlarni so‘rash tartibi bekor qilinadi. Ushbu ma’lumotlar «Elektron hukumat» platformasi orqali onlayn olinadi.

Tokio-2020. 25 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali
25 iyul 2021, 03:01

Tokio-2020. 25 iyul uchun O‘zbekiston sportchilari ishtiroki jadvali

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining ikkinchi kunida yettita sport turi bo‘yicha 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.

«16 fevral voqealari»da ayblangan 5 fuqaro oqlandi
24 iyul 2021, 22:36

«16 fevral voqealari»da ayblangan 5 fuqaro oqlandi

1999 yilning 16 fevral kuni poytaxtdagi portlashlar sabab jinoiy javobgarlikka tortilgan 5 fuqaro oqlandi. Oqlanganlar «16 fevral voqealari»ning asosiy ijrochilari deb topilganlar emas. Ular sobiq bojxona xodimlari hisoblanadi.

Harbiy xizmatchi cho‘kayotgan ayol va uning farzandini qutqarib qoldi
24 iyul 2021, 22:33

Harbiy xizmatchi cho‘kayotgan ayol va uning farzandini qutqarib qoldi

Harbiy xizmatchi 2 yoshli farzandi bilan birga Toshkentdagi Anhor kanalida cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi.

24 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
24 iyul 2021, 22:32

24 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Xorijiy davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashi, yangi chiqarilgan qarorlar, Toshkentning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari chegarasi o‘zgarishi, Tokio olimpiadasining birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilarlar birorta ham g‘alabaga erishmagani — “Gazeta.uz"ning 24 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zbekistonlik kurashchilar Jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi
24 iyul 2021, 21:50

O‘zbekistonlik kurashchilar Jahon chempionatida 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida o‘zbekistonlik kurashcilar 5 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 iyul 2021, 21:03

Jahon yangiliklari dayjesti

Afg‘onistonning 31 ta provinsiyasida komendantlik soati e’lon qilingani, Avstraliya va Fransiyadagi norozilik namoyishlari, koronavirusning yangi shtammi aniqlangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahongir Otajonovning ishi sudga oshirildi — Toshkent IIBB
24 iyul 2021, 20:55

Jahongir Otajonovning ishi sudga oshirildi — Toshkent IIBB

Toshkent IIBB sobiq xonanda Jahongir Otajonovning videomurojaatda aytgan gaplarida haqorat alomatlari bor deb topdi. Ish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar sudga oshirildi.

Tokio-2020. Birinchi kunda o‘zbekistonliklar birorta ham g‘alabaga erishmadi
24 iyul 2021, 20:31

Tokio-2020. Birinchi kunda o‘zbekistonliklar birorta ham g‘alabaga erishmadi

Tokiodagi yozgi Olimpiadaning birinchi kunida bahslarga kirishgan qariyb barcha o‘zbekistonlik sportchilar mag‘lubiyatga uchrab, musobaqalarni tark etdi. Faqatgina eshkak eshuvchilar yarim finalda qo‘shimcha o‘rin uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldilar.

Toshkentning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari chegarasi o‘zgardi
24 iyul 2021, 19:36

Toshkentning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari chegarasi o‘zgardi

Toshkentning Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududiga Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq va O‘rtachirchiq tumanlaridan 7,8ming gektardan ko‘proq yer maydonlari qo‘shib berildi. Shu bilan birga, Sergeli va Bektemir tumanlaridan 171,3 gektar yer maydoni Toshkent viloyatiga o‘tkazildi.

Tashqi savdo aylanmasi o‘smoqda, biroq hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetmadi
24 iyul 2021, 19:23

Tashqi savdo aylanmasi o‘smoqda, biroq hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetmadi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetgani yo‘q, biroq o‘sishda davom etmoqda. 2021 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo hajmi 13,6 foizga o‘sib, 18 mlrd dollarga yetdi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 10 ta hamkor davlatlar ro‘yxatiga Ukraina ham kirdi.

Shahlo Ahmedova TBRG Open loyihasi doirasida David Guetta bilan kollaboratsiya uyushtiradi
24 iyul 2021, 19:00

Shahlo Ahmedova TBRG Open loyihasi doirasida David Guetta bilan kollaboratsiya uyushtiradi

Shahlo Ahmedova TBRG Open loyihasida O‘zbekiston nomidan qatnashadi va David Guetta “Get Together” singlining remiksini yaratadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting