24 iyul kuni, prezident Shavkat Mirziyoyev 64 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan prezident bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari va jamoat arboblaridan tabrik va qutlovlar qabul qildi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali Rossiyaga ishga jo‘natgan 41 nafar o‘zbekistonliklar va’da qilingan maosh to‘lanmayotganligi va yetarli sharoitlar yaratilmaganligi ustidan shikoyat qilmoqda. Oliy Majlis Senati ushbu holatni o‘z nazoratiga oldi.
O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro biologiya olimpiadasida 2 ta oltin va 1 ta kumush, xalqaro fizika olimpiadasida 1 ta bronza va xalqaro matematika olimpiadasida bittadan kumush va bronza medallari sohibi bo‘lishdi.
Tojik-qirg‘iz chegarasidagi Isfara shahri hududida otishma sodir bo‘ldi. Tojik aholisi huddudagi «Qummazor» davolash maskanida hashar o‘tkazmoqchi bo‘lganlarida, o‘zaro to‘qnashuv yuzaga kelgan. Bunga sabab esa «qirg‘iz tomonining roziligisiz hududni qumlardan tozalashni boshlashgan» ni ekanligi aytilmoqda. Har ikki tomondan otishma 10 daqiqa davom etgan.
Dollarning rasmiy kursi 18,87 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 634,36 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl kursi esa biroz pasaydi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov saylovchilar tashabbuskor guruhlari mustaqil ravishda o‘z nomzodini ko‘rsatish masalasini hal etish qonun chiqaruvchilarga bog‘liq ekanligini qayd etdi. Ushbu masala YeXHTning DIIHB missiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan edi.
2021−2022 o‘quv yilidan prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilinadi.
O‘zbekistonlik ikki tennischi 2019 yilda bo‘lib o‘tgan turnirdagi kelishilgan o‘yinlar sababli sportdan chetlatildi. Temur Ismoilov bir umrga diskvalifikatsiya kilinib, 14 ming dollar jarimaga tortildi. Amal Sultonbekov esa besh yilga chetlatilib, unga 8000 dollar miqdoridagi jarima belgilandi.
Hukumat qarori bilan, 2022 yil 1 avgustgacha tajriba tariqasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha mahalliy hokimliklarning kafilliklari beriladi. Kafillik berilganligi uchun hokimliklar tomonidan to‘lov undirilmaydi.
23 iyul kuni O‘zbekistonda 773 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. 507 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi.
Prezident aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Barcha hokimlar fuqarolarni qabul qilish uchun haftasiga ikki kun ajratishlari va hokimliklarda kunlik qabul tashkil etilishi belgilandi. «Har bir hokimning kabineti «xalq qabulxonasi» bo‘ladi. Murojaatlarni ko‘rib, nimalarga e’tibor qilish bo‘yicha har bir rahbarning strategiyasi bo‘lishi kerak, — dedi prezident.
Angrenlik yigit «UNIVERSAL KREDIT» nomli soxta Telegram-guruh ochib, 15 daqiqa ichida mikroqarz berilishi haqidagi e’lon bilan 10 nafardan ziyod fuqaroning 13 mln so‘mini o‘zlashtirdi.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari birinchi kunida sakkizta sport turi bo‘yicha 11 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.
Belarusda 40 dan ortiq nodavlat tashkilotlarning tugatilgani, Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga qarshi norozilik namoyishlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi yangiliklar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lib, koronavirusga qarshi faol emlanishga chaqirdi. Davlat rahbari 4 avgust kuni Amerikadan yana 3 mln doza vaksina olib kelinayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Olimpiada ochilish marosimida bayroqdorlar sportchilarni ortiqcha toliqtirmaslik uchun almashtirilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berilishi, Strategik rivojlanish agentligining tashkil etilishi, Sodiq Safoyevga rektorlik vazifasi yuklatilishi — “Gazeta.uz"ning 23 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Andijonlik fuqaro yarim yil davomida go‘shtini iste’mol qilish uchun o‘z uyida itlarni o‘ldirib kelgani aniqlandi. Unga nisbatan it va mushuklarni saqlash qoidalarini buzish hamda jonivorlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish to‘g‘risidagi moddalar asosida ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Prezident qarori bilan, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash tizimi joriy etiladi. Shuningdek, vazirliklar va idoralar rahbariyati faoliyati ko‘rsatkichlarini baholashda inson omilini kamaytirish maqsadida asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarni avtomatik tarzda tahlil qilish orqali mavjud holatni aniqlash imkonini beruvchi maxsus elektron platforma ishga tushiriladi.
Respublika maxsus komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda 21 mln aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. Hozirga qadar ulardan 1 mln 34 ming nafari, ya’ni 4,9 foizi to‘liq emlangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting