Shu vaqtgacha Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori v.b. lavozimida ishlagan Oybek Elmuratov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar etib tayinlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Ovoz berish bosqichi 25-oktabr kuni soat 10:00 ga qadar davom etadi.
Qarshi tumanida Labo haydovchisi mast piyodani urib yuborib, uni paxta dalasiga tashlab ketdi. Oqibatda fuqaro tez tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli vafot etdi. Haydovchi protsessual tartibda ushlandi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti ochildi. U vengriyalik haykaltarosh Dyordji Lantos tomonidan tayyorlangan.
11 yildan beri Toshkentda Aviatsiya muzeyini ochish g‘oyasini ilgari surayotgan Abror Satimov O‘zbekiston prezidentiga ochiq xat yozdi. Uning aytishicha, o‘tgan davrda turli idoralarga qilingan murojaatlar natija bermagan. Ayni damda, mamlakat bo‘ylab sochilib ketgan samolyotlar asta-sekin buzilib, vayron bo‘lyapti.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tadbirkorlik subyektiga tegishli suv taqsimlash inshooti tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulanishi oqibatida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida 2 mlrd dollar evaziga amalga oshiriladigan 9 ta loyiha, jumladan, maxsus sanoat texnoparki, oziq ovqat va o‘g‘it tayyorlash korxonalari, QES, GESlar, energiya saqlash tizimlarini qurish va ishga tushirish ishlariga start berdi.
Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan Jizzax viloyati SSBga yangi boshliq tayinlandi. Maxmarasul Umarov bungacha SES viloyat boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan.
Toshkent shahri Chilonzor tumanida ikki fuqaro umumiy qiymati salkam 44 ming dollarlik 4000 quti qalbaki dori vositalarini sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.
O‘zbekiston Markaziy bankining AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ilk bor 12 800 so‘mdan oshdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 3,76 foizga qadrsizlandi.
Prezident Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Yangiyo‘l tumanidagi “Tinchlik” kichik sanoat zonasida bo‘ldi va u yerdagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. U mahsulot zarur bo‘lgan tarmoqlar bilan kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Toshkent shahrida noqulay ob-havo, yomg‘ir yog‘ishi va daraxt shoxlari sinishi oqibatida Vodil-1 tarmog‘iga qarashli elektr uzatish qurilmasida avariya yuz berdi. Elektr ta’minotidagi 1 soatlik uzilishdan so‘ng nosozlik bartaraf etildi.
BMTTD, FVV va O‘zgidromet tomonidan tayyorlangan infografika O‘zbekistonning tabiiy ofat xavfi yuqori bo‘lgan hududlari aholisiga xavf tug‘ilganda harakatlanishda yordam beradi.
Prezident farmoni bilan iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi. Hujjat bilan davlat kosmik monitoringining ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15-oktabrda BAAga qarshi o‘ynaydi. Shu vaqtgacha terma jamoa o‘z uyida raqibni mag‘lub etolmagan. Murabbiy Vlado Radmanovich bo‘lajak o‘yinda jamoa salbiy an’anaga chek qo‘yish niyatida ekanini aytdi. Futbolchilar tayyor, ijobiy natija uchun maydonga tushamiz, dedi u.
Kuniga 1 millionga yaqin yo‘lovchi foydalanadigan Toshkent metrosida oxirgi paytlarda tirbandliklar va nosozlik holatlari tez-tez kuzatilib, tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Metropoliten rasmiylari bu kabi muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha rejasini ma’lum qildi. Batafsil.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi 2023-yilning shu davriga nisbatan 4,1%ga — 11,7 trln so‘mga, oluvchilar soni esa qariyb 20%ga kamaydi. Shuningdek, ajratilayotgan ipotekalarning o‘rtacha miqdori 19,9%ga — 274 mln so‘mga, banklarning foiz stavkalari esa 23,8%dan 25%ga oshdi.
“O‘zmilliybank” AJ Mastercard Europe SA bilan hamkorlikda “Xaridlar uchun keshbek” sodiqlik dasturini ishga tushirdi.
Sentabr oyida ham O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik pasaydi. Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozori o‘rtacha narxlarida pasayishi kuzatilmoqda. Poytaxt ijara narxlarida barqaror tendensiya kuzatilmoqda.
Toshkent shahri Yashnobod tumanida ikki nafar 20 yoshli yigit o‘zgalarga tegishli bo‘lgan ikkita Damas avtomashinasini olib qochdi. Ular qo‘lga olinib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting