Prezident shu hafta poytaxtda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishadi
21 iyun 2021, 11:34

Prezident shu hafta poytaxtda amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishadi

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev ertaga mis ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda sanoat klasterini tashkil etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. 23 iyun kuni Yangi O‘zbekiston universitetini tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, ushbu haftada tarmoq va hududlarda investitsiya loyihalari ijrosi hamda mahalliy sanoat loyihalarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor ham rejaga kiritilgan.

Samarqandda 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlandi
21 iyun 2021, 11:32

Samarqandda 19 yoshli qiz ish vaqtida zo‘rlandi

Samarqanddagi tekstil korxonalaridan birida ishlovchi 19 yoshli qiz tungi navbatchilik paytida zo‘rlandi. Viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan sirtdan qamoqka olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

20 iyun O‘zbekistonda 427 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi
21 iyun 2021, 10:45

20 iyun O‘zbekistonda 427 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

Kecha O‘zbekistonda 427 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 471 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Toshkentdagi dorixonalarda noqonuniy sotilayotgan 63 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar aniqlandi
21 iyun 2021, 10:44

Toshkentdagi dorixonalarda noqonuniy sotilayotgan 63 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar aniqlandi

Poytaxtning Uchtepa va Chilonzor tumanlaridagi dorixonalarida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni noqonuniy realizatsiyasi bilan bog‘liq 37 ta holat aniqlandi. Shulardan jami 62 337 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy muomaladan olindi.

«Ushbu yodgorliklar Toshkentga betakror shahar qiyofasini baxsh etadi». Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi pannolarni saqlab qolishga chaqirdi
21 iyun 2021, 10:04

«Ushbu yodgorliklar Toshkentga betakror shahar qiyofasini baxsh etadi». Saida Mirziyoyeva poytaxtdagi pannolarni saqlab qolishga chaqirdi

Saida Mirziyoyeva «Premier Hall» kinoteatrini ta’mirlash vaqtida aniqlangan rassom Alfred Mazitovning «Kokilli qiz» pannosi atrofidagi muhokamalar ortidan shahardagi barcha mozaik pannolarni saqlab qolishga chaqirdi. «Aynan ushbu yodgorliklar Toshkentga betakror shahar qiyofasini baxsh etadigan ajoyib bir ramzdir», — dedi u. Shundan so‘ng, bino egasi panno restavratsiya qilinishini ma’lum qildi.

Adliya vazirligi Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda
21 iyun 2021, 08:51

Adliya vazirligi Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda

Adliya vazirligi tadbirkorlar uchun yagona huquqiy manba — Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqmoqda. Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning so‘zlariga ko‘ra, hujjatning qabul qilinishi qonun hujjatlarini me’yorlashtirish va davlatning tadbirkorlik sohasiga aralashuvini qisqartirishga xizmat qiladi.

Toshkentda koreyalik taekvondo murabbiyi vatandoshi tomonidan pichoqlandi
21 iyun 2021, 07:40

Toshkentda koreyalik taekvondo murabbiyi vatandoshi tomonidan pichoqlandi

Toshkentda ikki nafar Janubiy Koreya fuqarosi o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal ulardan birining o‘limi bilan yakunlandi. Koreya matbuotida marhumning taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi ekani xabar qilindi.

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti
20 iyun 2021, 17:07

Sport sohasidagi eng muhim xabarlar haftalik dayjesti

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmagani, “Paxtakor” jamoasining futbolchi va rahbariyati maoshlari ochiqlanishi, O‘FAning navbatdan tashqari hisobot kongressi, Bektemir Meliqo‘ziyevning nokautga uchrashi — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.

“Soya-salqin joyga bir oz muddatga ko‘chirib turilgan”. Andijon viloyati hokimligi yuk mashinasiga ortilgan daraxtlar va butalar haqida
20 iyun 2021, 14:39

“Soya-salqin joyga bir oz muddatga ko‘chirib turilgan”. Andijon viloyati hokimligi yuk mashinasiga ortilgan daraxtlar va butalar haqida

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining ta’kidlashicha, prezidentning Andijon viloyatiga tashrifi oldidan yo‘llar bo‘ylab ekilgan butalar “qaytarib olingan”. Viloyat hokimligi obodonlashtirish ishlari davomida butalarni vaqtincha salqin joyga ko‘chirganliklari haqida xabar berdi. “Gazeta.uz"ning aniqlashicha, Shavkat Mirziyoyev tashrifidan bir necha kun oldin Obodonlashtirish boshqarmasi 50 ming katarantus gullari hamda 180 dan ortiq daraxt va butalarni sotib olgan.

Bektemir Meliqo‘ziyev nokautga uchradi
20 iyun 2021, 12:18

Bektemir Meliqo‘ziyev nokautga uchradi

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev AQShda faoliyatidagi navbatdagi jangini Gabriel Rosadoga qarshi o‘tkazdi. Mazkur jangda Rosado Meliqo‘ziyevni nokautga uchratdi.

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi
20 iyun 2021, 11:51

“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Prezident qarori bilan cport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslar uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi. Bunda, g‘oliblar I, II, va III darajali ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanadi.

Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi
20 iyun 2021, 10:59

Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro kinofestivali faoliyatini tiklash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Mazkur tadbir har yili kuz faslida o‘tkaziladi.

19 iyun kuni O‘zbekistonda 415 nafar kishida koronavirus kasalligi aniqlandi
20 iyun 2021, 10:49

19 iyun kuni O‘zbekistonda 415 nafar kishida koronavirus kasalligi aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 106 ming 025 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 381 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

«Ayrimlar futbolni biznes qilib yubordi» — Abdusalom Azizov
19 iyun 2021, 18:00

«Ayrimlar futbolni biznes qilib yubordi» — Abdusalom Azizov

O‘FA rahbari Abdusalom Azizov futbolda ko‘p narsa yo‘qotilgani, ayrim insonlar buni biznes qilib yuborganini ta’kidladi. Shuningdek, O‘FA rahbari boshqa futbol klublarining maoshlarini ham ochiqlashi haqida aytib o‘tdi.Mana, kecha «Paxtakor» klubi maoshlarini ochiqladik, boshqa klublarning ham maoshlarini ochiqlaymiz", — deya ma’lum qildi u.

Vadim Abramov iste’foga chiqarildi, Odil Ahmedov terma jamoadan ketdi
19 iyun 2021, 16:38

Vadim Abramov iste’foga chiqarildi, Odil Ahmedov terma jamoadan ketdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Vadim Abramov iste’foga chiqarildi. Jamoa sardori Odil Ahmedov esa terma jamoadagi faoliyatini yakunalaganini e’lon qildi. «Asosiy muammolarimizdan biri bolalar futbolini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganmiz. Fundament bo‘lmaganidan keyin natija ham bo‘lmaydi», — dedi u.

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda nimalar o‘zgaradi?
19 iyun 2021, 15:00

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda nimalar o‘zgaradi?

Prezident qarori bilan 15 ta hududdagi 1227 ta uy kommunal va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatadigan, obodonlashtirish va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadigan boshqaruv kompaniyalariga beriladi. 6085 ta ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash uchun 734 milliard so‘m, ta’mirlash dasturiga 100 mlrd so‘m ajratiladi. 2021 yil 1 oktyabrdan keyin qurilgan uylar quruvchi boshqaruviga topshiriladi.

Farg‘onada 3 ta avtomobil ishtirokidagi YTH oqibatida ayol haydovchi halok bo‘ldi
19 iyun 2021, 10:58

Farg‘onada 3 ta avtomobil ishtirokidagi YTH oqibatida ayol haydovchi halok bo‘ldi

Rishton tumanida quvib o‘tish qoidasini buzgan Matiz ikkita avtomobil bilan to‘qnashdi. Oqibatda uning haydovchisi shifoxonada vafot etdi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonida jami 2,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi
19 iyun 2021, 10:45

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonida jami 2,8 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 105 ming 610 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 293 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Antoniu Guterrish BMT rahbari lavozimiga qayta tasdiqlandi
19 iyun 2021, 10:40

Antoniu Guterrish BMT rahbari lavozimiga qayta tasdiqlandi

BMT Bosh assambleyasi Antoniu Guterrishni tashkilot rahbari lavozimiga ikkinchi muddatga tasdiqladi. U «yangi davr boshlanishida» BMTda o‘zgarishlarga erishishga va’da berdi.

Nima tayyorlaymiz: yozgi taomlar
19 iyun 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: yozgi taomlar

Chalop, turkcha ratatuy, tovuq va sabzavotli kabobchalar, kuk-si, okroshka — Zira.uz yozgi taomlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting