Moskvada majburiy emlash joriy etilgani, Isroil politsiyasi bilan to‘qnashuvda 80 dan ortiq falastinliklarning jarohatlangani, NATOning Afg‘oniston kuchlarini o‘qitish uchun bir qator davlatlar bilan muzokaralar olib borayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan oliy ta’limga bag‘ishlangan videoselektorda rektorning dunyoqarashi viloyat, shahar hokiminikidan baland bo‘lishi kerakligini ta’kidlandi. «Sifat bilan shug‘ullanmagan, „talaba uchun men nima bera olaman“, degan savolga javobi bo‘lmagan rektorning kelajagi yo‘q», — deya qo‘shimcha qildi prezident. Shuningdek, davlat rahbari yaqin-yaqingacha davlat oliygohlari monopoliya bo‘lganiga ham e’tibor qaratdi.
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi «Buxoro yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi 2019 yilda 31,4 mlrd va 2020 yilda 33,4 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini auksion va tendersiz amalga oshirganligini aniqladi.
1 iyundan QQS to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 1 000 so‘m miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratiladi. Parrandachilar uchun uch yil davomida qator soliqlar, jumladan, daromad va mol-mulk solig‘ida kamaytirilgan stavkalar qo‘llaniladi
Samarqanddagi «Minsk» xiyobonida qurilish uchun hujjatlar soxtalashtirilganligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mahalla aholisi, faollar va deputat xabar qilishicha, quruvchi kompaniya uy-joy, bolalar bog‘chasi va savdo binolarini noqonuniy ravishda qurmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 25,56 so‘mga pasaydi va jami 10 590,46 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz pasaydi.
Qashqadaryoning Shahrisabz shahrida 13−15 iyun kunlari o‘tkazilgan yoshlar festivalida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev maqom kuyladi. Shuningdek, festival doirasida jurnalist va blogerlar mukofotlangan.
2021 yil avgust oyidan boshlab Toshkentdagi Webster universiteti “Ta'lim va innovatsiyalar” yo’nalishida yangi bir yillik magistratura dasturini (MA EDIN) yo’lga qo’yadi.
Shuhrat Buronov Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasiga tayinlandi. U bundan avval Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 28-maktabda o‘qiydigan o‘g‘il bolalar maktabni ta’mirlash ishlariga yordam berish uchun ota-onalarining roziligi bilan kelganligi aytildi. 5 nafar qiz-o‘quvchilar esa yakuniy davlat imtihonlarining baholarini bilish maqsadida maktabga kelganligi aniqlangan. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi o‘quvchilar o‘zi va ota-onalarining ixtiyoriga zid ravishda ta’mirlash ishlariga jalb qilinmaganligini ta’kidladi.
Baxtiyor Maxkamov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bundan avval u Elektromagnit moslashuv markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 ming 463 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 342 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi va To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududi tashkil etiladi. Mazkur hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari, 1200 o‘ringa mo‘ljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.
Jizzax viloyatida Nexia va SHACMAN rusumli yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi. Yana ikki yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan.
Senat raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar tugaganidan so‘ng qilinadigan ishlar to‘xtab qolmasligi uchun normativ-hujjatlar qabul qilish kerakligini ta’kidladi. «Bu loyiha yutuqlarini mamlakatning boshqa hududlarida ham tadbiq etishga yordam beradi», — dedi u.
“Futbolchilarni psixologik tushkunlik holatidan chiqara olmaganim mening xatoyim”, — deydi futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida. U muxlislarning ishonchini oqlolmagani uchun uzr so‘radi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan o‘yinda 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdagi gollarga Salman Alfaraj va Ali Alhassan mualliflik qilishdi. 25, 33 va 52-daqiqada urilgan gollar saudiyaliklarga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 3-saralash bosqichiga o‘tolmadi va Jahon chempionatidan quruq qoldi.
Isroilda niqob taqish rejimining bekor qilingani, Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi chegarani robotlar qo‘riqlashi, Yaponiyadagi muxolifatning hukumatga ishonchsizlik votumini bildirgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida mahalliy tadbirkorga tegishli qo‘ylar podasi tuman hokimligi binosi tomonga haydaldi. Tadbirkor tuman ma’muriyatidan talab qilgan yerni ajratmaganidan norozi bo‘lgan. Hokimlik unga ikkita yer maydonini tanlashni taklif qilishganiga aniqlik kiritdi, ammo u taklif qilingan variantlardan bosh tortgan.
O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirilishi haqidagi qonun, yangi tayinlovlar, Al-Xorazmiyning yangi haykali Urganchda o‘rnatilishi, kameraning xotira kartasini «yeb qo‘ygani» aytilayotgan matbuot xizmati xodimi — «Gazeta.uz»ning 15 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting