Qashqadaryoning Qarshi tumanida gaz to‘ldirish shoxobchasida yuk mashinasiga yonilg‘i quyish vaqtida portlash sodir bo‘ldi. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, hozirda portlash sabablari o‘rganilmoqda.
Davr Bank tashkil etilganining 23 yilligini nishonlaydi hamda mijozlarni bayram va sovrinlar o‘yinida ishtirok etishga taklif qiladi.
O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi yarim yilligida sudlarda bolani oilaga farzandlikka olish bilan bog‘liq 2701 ta ish ko‘rilgan bo‘lsa, undan 2543 ta da’vo arizasi qanoatlantirilgan.
O‘zbekistonda ish haftasi davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Harorat kechalari +8…+13, kunduz kunlari +23…+28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin.
Qoraqalpog‘istonda Damas haydovchisi salkam 30 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisi bilan harakatlangani aniqlandi. Holatga “bog‘chaning ikkinchi avtomobili buzilib qolgani” sabab bo‘lgan.
O‘zbekistonda gaz ta’minotiga ulanmagan hovlili uy-joylar uchun ham elektr energiyasi tarifidan 50 foizlik chegirma berilishi rejalashtirilmoqda. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, bu o‘zgarishni 1-yanvardan joriy etishga harakat qilinmoqda.
“Afrosiyob” elektrpoyezdlari qatnovlari vaqti 8-oktabrdan boshlab bir soat oldinga ko‘chiriladi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi buni sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash bilan izohlagandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Rossiya poytaxti Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Mamlakat rahbari MDH ishtirokchi davlatlari rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.
Tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha Nobel mukofoti genlar faoliyatini boshqaruvchi mikroRNK molekulalarini kashf etgan Viktor Ambros va Gari Ruvkunga berildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets salomatligi yomonlashgani sabab Eron va BAAga qarshi bahslarda ishtirok etmaydi. Uchrashuvlarga jamoani yordamchi murabbiylar Alesh Chex hamda Vlado Radmanovich tayyorlaydi.
Namangan shahrida 5 nafar o‘quvchi ijaraga olgan Gentra yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, katta tezlikda yuk mashinasiga urildi. Oqibatda mashina boshqargan 17 yoshli o‘smir vafot etdi, qolgan 4 nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Energetika vaziri elektr energiyasi uchun kiritilgan 200 kilovattlik norma oshirilishi kutilmayotganini aytdi. “200 kVtlik norma oshirish uchun emas, tahlil qilib, barchasini o‘rganib, iste’mol va me’yorlardan kelib chiqib kiritilgan”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Respublika tez tibbiy yordam markazi yanvar-sentabr oylarida 9,9 millionta chaqiriq qabul qildi. Ularning eng ko‘pi Farg‘ona vodiysi va Toshkentda, eng kami esa Jizzax, Buxoro hamda Xorazm viloyatida qayd etildi. Chaqiruvlarning 2,5 milliontasida bemorlar surunkali kasalliklardan shikoyat qilgan.
Qozog‘iston Markaziy komissiyasi AES qurish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning dastlabki natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, referendumda ishtirok etgan 5,56 million yoki 71,12 foiz fuqaro AES qurishni yoqlab ovoz berdi.
Energetika vaziri apreldan sentabrgacha propanning birja narxi 2 baravarga oshgani haqidagi savolga javob berdi. Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, bunga jumladan propan-butan ishlab chiqarish yetarli darajada oshmagani, propanda harakatlanuvchi avtotransportlar soni esa 1,57 baravar oshgani sabab bo‘lgan.
Giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi, shuningdek, bu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etganlik uchun jazolar kuchaytirildi. Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga qo‘shimcha moddalar qo‘shildi. Yangi moddalar va ularda belgilangan jazolar bilan ushbu materialda tanishish mumkin.
"O‘zagrosug‘urta" yangi xalqaro hamkori Swiss Rye bilan birgalikda fermerlarning sug‘urta xatarlarini qayta sug‘urta qilish masalasini muhokama qildi.
Raqobat qo‘mitasi Shaffof sement sanoat’ga nisbatan chora ko‘rilganini ma’lum qildi. Korxona 20 ming tonnadan ortiq sementni birjaga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotgan, bu harakat esa manipulyatsiya deb baholanadi.
Energetika vaziri O‘zbekiston umumiy energoquvvatining juda kichik qismini tashkil qilishiga qaramay mamlakatda kichik AES qurilishi rejalashtirilayotgani haqidagi savol berdi. “Bizning maqsadimiz keyinroq kattasini qurish”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Pastdarg‘om tumanida mumkin bo‘lmagan joydan qayrilib olgan “GAZ53” yuk mashinasi “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting