Yakshanba, 14 mart kuni Shayhontoxur tumanidagi «EVOS» umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi. Shoxobchaning 10 kv.m maydoni zarar ko‘rgan.
«Navbahor» futbol klubi muxlisini Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi bilan o‘yinidan so‘ng mashina urib yubordi. Fuqaro bir necha tan jarohatlari bilan vafot etdi.
Buxoro davlat universitetida talabalarning 8 martga sovg‘asini «arzimas narsa» deb atab, «endi hammasi boshqacha bo‘ladi» deya ogohlantirgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi.
Kuchli shamol natijasida Xonqa tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi binosining tomi qulab tushdi.
Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan aeroport, temir yo‘l vokzali yoxud chegara punkti hududida koronavirusga antigen ekspress test olish tartibi 15 martdan bekor qilinadi. 15 martdan salbiy PZR testi bilan (oxirgi 72 soat ichida olingan) O‘zbekistonga kirishga ruxsat beriladi. 25 martga qadar natijalari O‘zbekistonda tan olinadigan xorijiy laboratoriyalar ro‘yxati tuziladi.
AQSHdagi Minneapolis shahri rahbariyati politsiya tomonidan qo‘lga olinayotganida vafot etgan fuqaro Jorj Floydning oilasiga 27 mln dollar to‘lashga qaror qildi. Ushbu tovon puli Minneapolis shahridagi politsiya xodimlari tomonidan odam o‘ldirilishi uchun to‘langan kompensatsiyalar orasida rekord mablag‘ bo‘ldi.
AQSH prezidenti Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bayden O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibining xabar berishicha, Qirg‘iziston O‘zbekistonda joylashgan anklav hudud — So‘x bilan aviaqatnovlar va transport qatnovlarini yo‘lga qo‘yishga, O‘zbekiston esa shu paytgacha «chegara hududlar aholisi o‘rtasida tortishuvlar va siyosiy ziddiyatlarga sabab bo‘lib kelgan» Unkar-Too hududini berish tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Xorazm viloyatida kuchli shamol va tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida elektr tarmoqlarida avariya holati yuzaga kelib, Xorazm viloyatining bir qator hududlarida elektr energiyasida uzilishlar yuzaga kelgan.
Bahorni ko‘katlarsiz tasavvur etish qiyin, buning uchun Zira.uz ko‘katli pishiriqlar retseptlar to‘plamini taqdim etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Angela Merkel bilan bo‘lib o‘tgan videoanjumanda uni O‘zbekistonga taklif qildi. Shuningdek, jahonda murakkab epidemiologik vaziyat oqibatida inqirozli hodisalar kuchayishi sharoitida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Juma kun tushdan keyin Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portladi. Buning oqibatida uy egasi va uning nabirasi 50 foiz termik kuyish bilan shifoxonaga yotqizilgan. Tahminlarga ko‘ra, gaz va havo chaqnashi gazdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelgan.
O‘zbekiston Pro ligasi 2021 yilgi mavsumi uchun qur’a tashlandi. Marosimda liga musobaqasi uchun tarixda ilk bor elchilar ham tayinlandi. Bloger va yumorist Elmurod Haqnazarov hamda «Sahar» musiqa guruhi vakili Anvar Jo‘rayev mazkur turnirning elchilari bo‘ladi. Bundan tashqari, «Sahar» guruhi Pro liga musobaqasining madhiyasini tayyorlayotgani ham aytildi.
Turkiya va Misrning diplomatik aloqalarini qayta tiklashi, Yaponiyaning chet eldan kuniga 2 minggacha odam qabul qilishi, IATA’ning bahorda xalqaro parvozlarning tiklanishi bo‘yicha prognozi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
13 mart — shanba kuni umumxalq hashari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilbay Ramatov fuqarolarni majburiy tartibda hasharga jalb qilish qat’iyan taqiqlanganini ma’lum qildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi esa ishonch telefon raqamlarini e’lon qildi: 71−200−06−00 va 1176.
Hukumat qarori bilan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha (980 ming so‘m) miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, daftarga kiritilganlarning OTM shartnoma pulini 50 foizini to‘lab berish, xorijda davolanish xarajatlarining BHMning 50 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi.
Toshkent va Yangiyo‘l tumanlarida $20 ming va qariyb 149 mln so‘mga noqonuniy tarzda dori sotayotganlar qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda kinemotografiya akademiyasi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Akademiya qoshida S. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filiali hamda Toshkent shahrida kino san’atiga ixtisoslashgan o‘rta ta’lim maktabini ham ochish ko‘zda tutilgan.
Dollarning rasmi kursi 5 so‘mga qimmatladi va jami 10 519 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
YUNISEF Buxoro viloyatiga vaksinalarni saqlash uchun sovutish omborlarini topshirdi. Bir yil ichida O‘zbekistondagi yana to‘rtta omborxona foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting