Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi eng yaxshi aeroport sifatida tan olindi
6 mart 2021, 12:20

Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi eng yaxshi aeroport sifatida tan olindi

Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi «Eng yaxshi aeroport — 2020» tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mazkur aeroport «pandemiya sharoitida qator murakkabliklarning mavjudligiga qaramay, yo‘lovchi va yuk tashishda faollik ko‘rsatgan, yuqori moliyaviy natijalarga erishgan havo darvozasi» sifatida e’tirof etildi.

5 ming dollarga DXXga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
6 mart 2021, 10:40

5 ming dollarga DXXga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirib, fuqaroni 5 ming dollarga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Nima tayyorlaymiz: ayollar bayrami uchun salat
6 mart 2021, 10:08

Nima tayyorlaymiz: ayollar bayrami uchun salat

Zira.uz ayollar kuni uchun eng mazali va nafis salatlar retseptlari to‘plamini taqdim etadi.

Kechqurun va ertalab ikki marta zilzila sodir bo‘ldi
6 mart 2021, 09:25

Kechqurun va ertalab ikki marta zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda kechqurun va ertalab ikki marta zilzila sodir bo‘ldi. Birinchisi 2:52 da Toshkent viloyatining Pskent tumanida, ikkinchisi esa Qirg‘izistonda Farg‘ona viloyati bilan chegaraga yaqin joyda qayd etildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 mart 2021, 21:40

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyda pensiya yoshining oshirilishi, Kambojada COVID-19'ni qasddan yuqtirganlarga 20 yillik qamoq jazosi berilishi, Qozog‘istonda kondan 260,9 ming dollar qiymatidagi oltin o‘g‘irlangani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Gruziya o‘zbekistonliklar uchun mamlakat havo chegaralarini ochdi
5 mart 2021, 19:11

Gruziya o‘zbekistonliklar uchun mamlakat havo chegaralarini ochdi

Gruziya O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolariga manfiy PZR-test natijalari bilan mamlakatga havo yo‘llari orqali kirishga ruxsat berdi.

Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
5 mart 2021, 18:47

Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Oleg Malginov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2009 yildan beri faoliyat yuritib kelgan Vladimir Tyurdenevning o‘rnini egalladi.

Prokuror suddan Gulhajon Yo‘ldoshevani 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘radi
5 mart 2021, 18:05

Prokuror suddan Gulhajon Yo‘ldoshevani 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘radi

Prokuror Toshkent viloyati bosh infeksionisti Gulhajon Yo‘ldoshevani 3 yilgacha muayyaan huquqdan mahrum qilish va 5 yilga ozodlikdan cheklashni so‘radi. Advokatlar esa boshqacha fikrda. Yo‘ldoshevaning himoyachilari jinoyat ishi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i hamda Chirchiq shahar prokurori tashabbusida qo‘zg‘atilganini aytmoqda.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
5 mart 2021, 16:47

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 12 so‘mga qimmatladi va jami 10 490 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.

Abdulaziz Komilov Turkiya elchisini qabul qildi
5 mart 2021, 16:36

Abdulaziz Komilov Turkiya elchisini qabul qildi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Olgan Bekarni qabul qildi.

Toshkentda «Mercedes-Benz» 2 piyodani urib yubordi. Ulardan biri vafot etdi
5 mart 2021, 16:34

Toshkentda «Mercedes-Benz» 2 piyodani urib yubordi. Ulardan biri vafot etdi

Yakkasaroy tumanida 22 yoshli fuqaro boshqaruvidagi «Mercedes-Benz» 2 nafar piyodani urib yubordi. Olgan jarohatlari tufayli ulardan biri, 58 yoshli erkak voqea joyida vafot etdi.

Sharlotta Adrian O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari bo‘ldi
5 mart 2021, 16:30

Sharlotta Adrian O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari bo‘ldi

Takroran Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan elchi Sharlotta Adrian Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

O‘zbekistonda «QazCovid-in» vaksinasi ishlab chiqarilishi mumkin
5 mart 2021, 15:52

O‘zbekistonda «QazCovid-in» vaksinasi ishlab chiqarilishi mumkin

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqishga taklif qildi.

Namanganda 75 km yo‘l bosib, maktabga qatnagan o‘qituvchiga poyezdda bepul yurishi uchun sertifikat berildi
5 mart 2021, 15:40

Namanganda 75 km yo‘l bosib, maktabga qatnagan o‘qituvchiga poyezdda bepul yurishi uchun sertifikat berildi

Namanganlik o‘qituvchi Popdan Namanganga maktabda dars berish uchun 75 km yo‘l bosib yurgan. O‘qituvchiga 31 dekabrga qadar poyezdda bepul qatnashi uchun sertifikat topshirildi.

8 mart kuni yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi
5 mart 2021, 15:19

8 mart kuni yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi

Dam olish kunlari respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Yakshanba kuni Povoljya hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishi oqibatida, havo harorati pasayib, kechasi 0−5° iliqni, kunduzi 8−13° iliqni tashkil etadi. 8 mart kuni Respublika bo‘yicha kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz havo kuzatiladi.

Toshkentda 0,45 bitkoinni 23,4 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi
5 mart 2021, 13:19

Toshkentda 0,45 bitkoinni 23,4 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

DXX va Departament Toshkentda 0,45 bitkoinni 23,4 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishini qo‘lga oldi. Ularga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Otabek Umarov YTHdan so‘ng Janubiy Koreyada davolanmoqda — OAV
5 mart 2021, 12:46

Otabek Umarov YTHdan so‘ng Janubiy Koreyada davolanmoqda — OAV

Ommaviy axborot vositalarida prezidentning kuyovi Otabek Umarov deyarli uch hafta oldin mototsiklda YTHga uchragani haqidagi ma’lumotni tasdiqlovchi xabar paydo bo‘ldi. Aytilishicha, u Janubiy Koreyada davolanmoqda.

OPEK+ qaroridan so‘ng neft 67 dollargacha qimmatladi
5 mart 2021, 12:43

OPEK+ qaroridan so‘ng neft 67 dollargacha qimmatladi

OPEK+ mamlakatlari neft qazib olish bo‘yicha cheklovlarni aprel oyigacha cho‘zishini ma’lum qilgach, neft narxi barrel uchun 67 dollargacha ko‘tarildi.

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonda muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi
5 mart 2021, 12:00

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi O‘zbekistonda muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi 8 martdan boshlab Aktaudan Urganchgacha muntazam aviaqatnovlar amalga oshirishni boshlaydi.

Samarqanddan Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
5 mart 2021, 11:26

Samarqanddan Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlariga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab Samarqanddan Urganch, Farg‘ona va Namangan shaharlariga kundalik reyslar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting