O‘n nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyadan ekstraditsiya qilindi
1 fevral 2021, 18:52

O‘n nafar O‘zbekiston fuqarosi Rossiyadan ekstraditsiya qilindi

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi mulkka qarshi jinoyatlar va giyohvand moddalar savdosida ayblanayotgan o‘n nafar O‘zbekiston fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirdi.

Farg‘onada yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari ishsiz qolishdan xavotirda
1 fevral 2021, 17:04

Farg‘onada yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari ishsiz qolishdan xavotirda

Farg‘ona viloyatidagi Oltiariq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi ishchilari deyarli 11 oydan beri korxonaga xom ashyo yetkazilmaganligini, ish to‘xtab qolib, mart oyidan ishchilar soni qisqartirilishi mumkinligini aytmoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi rahbariyati «Daryo» nashriga zavod yopilmasligini, ish o‘rinlari qisqartirilishi, lekin xodimlar ishdan bo‘shatilmasligini ma’lum qilgan.

Qozog‘istonlik haydovchilar guvohnoma va «texpasportlar» olib yurmaslik huquqiga ega bo‘ldi
1 fevral 2021, 16:49

Qozog‘istonlik haydovchilar guvohnoma va «texpasportlar» olib yurmaslik huquqiga ega bo‘ldi

Qozog‘istonda haydovchilar o‘zi bilan haydovchilik va transport vositalarini qayd qilish guvohnomasini olib yurmaslikka ruxsat berildi. Politsiya xodimlari haydovchilar ma’lumotlarini planshetlar orqali tekshirishadi.

Qobul Do‘sov mast holda mashina haydab, YPX xodimlari bilan tortishdi
1 fevral 2021, 16:23

Qobul Do‘sov mast holda mashina haydab, YPX xodimlari bilan tortishdi

Sobiq deputat Qobul Do‘sov mast holda mashina boshqarib, YPX xodimlari bilan tortishdi. Toshkent IIBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Fanlardan o‘z vaqtida baho olmagan talabalar uchinchi semestr uchun qo‘shimcha mablag‘ to‘laydi
1 fevral 2021, 15:21

Fanlardan o‘z vaqtida baho olmagan talabalar uchinchi semestr uchun qo‘shimcha mablag‘ to‘laydi

Oliy ta’lim vazirligi o‘qish davomida fanlardan o‘z vaqtida baho olmagan talabalar uchun uchinchi semestr tashkil etilishini ma’lum qildi. Yozda bo‘lib o‘tadigan ushbu semestrda qatnashadigan talabalar qo‘shimcha mablag‘ to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Toshkentda «Nexia» piyodani urib yubordi. Piyoda vafot etdi
1 fevral 2021, 15:16

Toshkentda «Nexia» piyodani urib yubordi. Piyoda vafot etdi

Toshkent shahrida «Nexia» avtomobili yo‘lni belgilanmagan joyida kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. YTH natijasida 38 yoshli piyoda tibbiyot muassasasiga yetib bormay vafot etdi.

Chilonzor savdo kompleksida 25 ming dollarga auksion orqali do‘kon olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
1 fevral 2021, 15:10

Chilonzor savdo kompleksida 25 ming dollarga auksion orqali do‘kon olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Auksion orqali bozor muhandisi va uning sherigi 25 ming AQSH dollariga Chilonzor savdo kompleksida qurilishi rejalashtirilayotgan do‘konni olib bermoqchi bo‘lgani aniqlandi. Fuqarolar ashyoviy dalillar bilan ushlanib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi
1 fevral 2021, 14:56

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi

Yanvar oyida inflyatsiya 1% ni tashkil etdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 foizga, xizmatlar 1,4 foizga qimmatlashdi. Inflyatsiyaning asosiy omillaridan biri mevalar va sabzavotlar narxlarining mavsumiy o‘sishi bo‘ldi.

O‘zbekistonga 2020 yilda avtomobillar importi eksportga nisbatan 2,3 baravarga ko‘p bo‘lgan
1 fevral 2021, 13:37

O‘zbekistonga 2020 yilda avtomobillar importi eksportga nisbatan 2,3 baravarga ko‘p bo‘lgan

2020 yilda O‘zbekistondan avtomobillar eksporti pul ko‘rinishida 30,4 foizga, ya’ni 208,7 mln dollarga yetdi. Avtomobillar importi 2,3 baravarga ko‘p bo‘ldi. UzAuto Motors tomonidan eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil modeli — Cobalt.

4 ming dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
1 fevral 2021, 13:29

4 ming dollar evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyatida yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Milliy gvardiyaga ishga kiritmoqchi bo‘lib, 4 ming AQSH dollari so‘ragan shaxs aniqlandi. Fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hafta davomida iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
1 fevral 2021, 12:55

Hafta davomida iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Fevralning birinchi haftasi davomida iliq va kam bulutli bahoriy ob-havo bo‘ladi. Yaqin kunlarda bir qator viloyatlarda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi kutilmoqda, keyin esa yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi.

Banklarda ID-kartadan foydalanish mumkin bo‘ladi
1 fevral 2021, 12:46

Banklarda ID-kartadan foydalanish mumkin bo‘ladi

Endilikda banklar mijozlari bank xizmatidan foydalanishda shaxslarini tasdiqlash uchun ID-kartadan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Farg‘ona-Urganch muntazam aviaqatnovi yo‘lga qo‘yildi
1 fevral 2021, 12:34

Farg‘ona-Urganch muntazam aviaqatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda turizm va ishbilarmonlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 3 va 6 fevral kunlari Urganch-Farg‘ona-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha samolyotlar qatnovi amalga oshiriladi. 11-fevraldan boshlab ushbu parvlzlar muntazam ravishda payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Maktab ta’miriga ajratilgan pullardan 631 mln so‘mni talon-toroj qilgan korxona rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
1 fevral 2021, 12:33

Maktab ta’miriga ajratilgan pullardan 631 mln so‘mni talon-toroj qilgan korxona rahbarlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand viloyatida o‘rta ta’lim maktabining qurilish-montaj ishlari uchun ajratilgan pullar MCHJ rahbarlari tomonidan talon-taroj qilinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, uchta mahallada qurilgan suv chiqarish inshootida yana bir jamiyat rahbarlari tomonidan 240,5 mln so‘m talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi.

Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi hafta qimmatlamoqda
1 fevral 2021, 12:28

Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi hafta qimmatlamoqda

Dollarning rasmiy kursi 21 so‘mga qimmatladi va jami 10 540 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.

«Texnopark» suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
1 fevral 2021, 12:12

«Texnopark» suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

«Texnopark» kompaniyasi elektron suv hisoblagichlarini ishlab chiqarishi mumkin. Loyiha qiymati 77,7 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hokimlik tomonidan tashkil etilgan kompaniya aqlli gaz hisoblagichlari, kir yuvish mashinalari, muzlatgichlar, liftlar va boshqa texnika vositalarini ishlab chiqaradi.

Narzullo Oblomuradov Ekopartiya raisi etib saylandi
1 fevral 2021, 11:49

Narzullo Oblomuradov Ekopartiya raisi etib saylandi

Ekologiya partiyasining yangi raisi etib Narzullo Oblomuradov saylandi. U bundan avval Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Myanmada harbiylar hokimiyatni qo‘lga oldi va bir yilga favqulotda holat e’lon qildi
1 fevral 2021, 11:17

Myanmada harbiylar hokimiyatni qo‘lga oldi va bir yilga favqulotda holat e’lon qildi

Myanmada harbiylar hukumat rahbarlari hibsga olingani va mamlakatda bir yilga favqulodda holat joriy etilgani haqida e’lon qildi. Ushbu qaror soxtalashtirilgan parlament saylovlari tufayli qabul qilinganini ta’kidlamoqda.

Prezident Toshkent hokimini «shahar ichidagi qurilishlar» uchun tanqid qildi
1 fevral 2021, 10:50

Prezident Toshkent hokimini «shahar ichidagi qurilishlar» uchun tanqid qildi

Investitsion loyihalar taqdimotida Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo‘jayevga murojaat qilib, shahar ichidagi qurilish loyihalari haqida tanqidiy fikrlar bildirdi. «Men Toshkentda 4−5 yil ishlaganman og‘ayni. Bu yerga 120 mm li kichkinagina kanalizatsiya qo‘yganmiz… Sen esa u yerda 9 qavatli uy quribsan», — dedi prezident.

Xitoy vaksinasi sinovlarida qo‘shimcha 4 ming kishi qatnashadi
1 fevral 2021, 10:27

Xitoy vaksinasi sinovlarida qo‘shimcha 4 ming kishi qatnashadi

Xitoy vaksinasining O‘zbeikstonda olib borilayotgan uchinchi sinov bosqichlarida ko‘ngillilar soni 9 ming kishigacha oshirildi. Bunga sabab, ikkinchi va uchinchi doza emlash bosiqichida ishtirokchilar soni kamayishi mumkinligi, hamda koronavirusning vaksina olganlarga ta’sirini o‘rganish murakkablashayotgani ekanligi aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting