Poytaxt ko‘chalarida sovuqda qolgan boshpanasiz fuqarolarni ko‘rib, Toshkent shahar IIBBning 71−281−90−32 raqamiga murojaat qilish mumkin. Muhtojlar Toshkent shahar IIBB huzuridagi Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida tashkil etilgan «Mehr saxovat» boshpanasiga olib boriladi.
COVID-19 ning tarqalashi sababli Yaponiya poytaxti Tokioda 8 yanvardan boshlab favqulodda holat e’lon qilindi. Ovqatlanish joylariga cheklovlar belgilash, xodimlarni masovafiy ish tartibiga o‘tkazish va ommaviy tadbirlarni bekor qilish rejalashtirilmoqda.
AQSh Kongressi Jo Baydenni qo‘shma shtatlar prezidenti etib saylanganini rasman tasdiqladi. Tarafdorlari AQSh Kongressi binosiga bostirib kirgan Donald Tramp hokimiyatni “batartib” holda topshirishni va’da berdi.
Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti yana o‘z faoliyatini boshladi. Post orqali hozircha faqat xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari harakatlanishi belgilangan.
AQSHning Jorjiya shtatida demokratlar vakillari Jon Ossoff va Rafael Uornok Senatdagi o‘rinlar uchun saylovda ustun kelishmoqda. Ushbu g‘alaba demokratlar partiyasiga vitse-prezident hisobiga Senatda nazorat o‘rnatish imkoniyatini beradi.
Vizasiz sayohat qila olish xalqaro reytingida O‘zbekiston pasporti 86-o‘rinni egalladi. O‘zbekistonliklar 57 ta davlatga vizasiz kirishi yoki borgandan keyin viza olishi mumkin. Birinchi o‘rindagi Yaponiya fuqarolari 191 ta davlatga va Singapurliklar 190 ta mamlakatga vizasiz kirishlari mumkin.
Qashqadaryo viloyatida Talimarjon IESga yetarli miqdorda gaz bormaganligi uchun, ikkita energoblok to‘xtab, elektr energiya tizimida uzilishlar kuzatildi. Buning natijasida bir necha tumanlarda suv ta’minoti ham to‘xtagan.
Qozog‘iston janubida va Qirg‘izistonning ayrim hududlarida elektr energiyasidan uzilishlar kuzatildi. Ikkala mamlakat ham O‘zbekistondagi energiya tizimidagi muammolarga ishora qilmoqda. Avvalroq O‘zbekiston Energetika vazirligi mintaqaning yagona energiya tizimidagi elektr uzatish liniyalaridagi uzilishlar haqida xabar bergan edi.
Jo Baydenning AQSH Kongressidagi g‘alabasini tasdiqlash yig‘ilishida Tramp tarafdorlari binoga bostirib kirishdi. Tartibsizlik va otishma natijasida bir kishi vafot etdi, bir necha politsiya xodimi jarohatlandi. Shaharda payshanba ertalabigacha komendantlik soati e’lon qilindi.
Xonanda Jasur Umirovga oid jinoyat ishi 6-yanvar kuni Kattaqo‘rg‘on shahar sudida yopiq tarzda, mazmunan ko‘rib chiqiladi. Samarqand viloyati prokuraturasi xonandaning aybi tergovda tasdiqlanganini aytmoqda.
O‘zbekiston Soliq kodeksiga bir qator yangilanishlar va o‘zgartirishlar kiritildi. 2021 yilda aksiz solig‘ining 3 marta ko‘tarilishi, yangilangan soliq imtiyozlari va boshqa soliq siyosatidagi o‘zgarishlar.
To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida zaxarlanib o‘lganlar soni 2 kishidan 5 kishiga yetdi. Ular orasida eng kattasi — 52 yosh, eng kichigi esa — 36 yoshda. Jami 13 kishi zaxarlangan.
Urganch shahrining markaziy maydoni yangidan qurilishi rejalashtirilmoqda. Maydon markazida 25 metrlik kattalikdagi Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatiladi. Maydon ostidan esa avtomobil tunneli o‘tkaziladi.
Ozodbek Nazarbekov tadbirkorlarga madaniyat obyektlaridagi bo‘sh maydonlarni berishda hokimiyatlar bilan bog‘liq byurokratik holatlar mavjudligini qayd etdi. Shu bois Madaniyat vazirligi Hukumatga 2021-yildan tadbirkorlarga madaniyat markazlari, bog‘ va hiyobonlar maydonlarini ajratish jarayonlarini soddalashtirishga oid qaror loyihasini kiritgani ma’lum qilindi.
Bitkoinning narxi yana tarixiy maksimal darajani yangiladi. U 35 ming AQSH dollaridan oshib ketdi va ushbu kurs atrofida harakatlanmoqda.
Ob-havo ma’lumotlarida qor yog‘ishi kutilmayotgan bo‘lsa ham, ertalab Toshkent ko‘chalari qorga o‘xshash narsa bilan qoplandi. «O‘zgidromet» ning xabar berishicha, bunday hodisa O‘zbekistonda kamdan-kam uchraydi.
Transport vazirining o‘rinbosari Davron Dehqonov lavozimidan ozod etildi.
6 yanvar kuni Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida Nexia rusumli avtomobilning signalizatsiya moslamasida qisqa tutashuv yuzaga kelib yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida ko‘p qavatli uylarni qurish turli tizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, avariyalarga olib kelayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, endilikda tasdiqlangan aholi punktining bosh rejalari muhokamasidagi asosiy takliflar ham inobatga olinishi ma’lum qilindi.
4 yanvar kuni Alibaba asoschisi Jek Maning g‘oyib bo‘lganligi haqida xabarlar tarqala boshladi. U so‘nggi ikki oy davomida ommaga ko‘rinish bermagan. CNBC boshlovchisi Devid Faberning aytishicha, u g‘oyib bo‘lmagan va Xanchjoudagi shtab-kvartirada yashiringan bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting