Surxondaryodagi avariyada “muravey” haydovchisi vafot etdi
12 may 2020, 12:59

Surxondaryodagi avariyada “muravey” haydovchisi vafot etdi

Surxondaryo viloyatida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti motoroller bilan to‘qnashdi. “Muravey” haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekistonda hududlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi
12 may 2020, 12:28

O‘zbekistonda hududlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi

Prezident qaroriga binoan, O‘zbekistonda hududlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining muayyan turlarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi. Eksperiment tariqasida 2020−2022 yillar davomida Jizzax viloyatining jami 116,3 ming gektar qo‘shimcha yer maydonlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

Abdulaziz Kamilov SHHTning videokonferensiyasida ishtirok etadi
12 may 2020, 11:43

Abdulaziz Kamilov SHHTning videokonferensiyasida ishtirok etadi

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining videokonferensiya shaklidagi uchrashvida ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. Konferensiyada COVID-19 koronavirus pandemiyasi sharoitidagi hamkorlikning holati, istiqbollari va Afg‘onistondagi siyosiy vaziyat muhokama qilinadi.

Koronavirus bemorlari soni 2500 nafardan oshdi
12 may 2020, 10:08

Koronavirus bemorlari soni 2500 nafardan oshdi

Koronavirus bemorlari soni 23 nafarga ortib, jami 2509 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 511 kishi davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda. Ayni paytda 42 mingdan ortiq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan.

“Barcha aybdorlarga nisbatan, albatta, choralar ko‘riladi”
12 may 2020, 06:01

“Barcha aybdorlarga nisbatan, albatta, choralar ko‘riladi”

Senat Sardoba suv omboridagi texnogen ofat bo‘yicha hukumatga parlament so‘rovi yubormaydi. Senat raisi Tanzila Norboyeva jinoyat ishi ochilgani va ushbu masala shaxsan prezident nazoratida ekanini ta’kidladi.

“Qanotchi” restoranining ishi sudga kiritildi
12 may 2020, 00:22

“Qanotchi” restoranining ishi sudga kiritildi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi “Qanotchi” restorani karantin talablariga rioya etmasdan o‘zboshimchalik yo‘li bilan faoliyat yuritgan deya bayonot berdi va ushbu ish Ma’muriy sudga kiritilganini ma’lum qildi. Oldinroq, Toshkent shahar IIBB hamda poytaxt hokimligi ushbu restoranning faoliyati “sinov” tariqasida amalga oshirilganligi haqida xabar berishgan edi.

Kun davomida 68 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi
11 may 2020, 23:38

Kun davomida 68 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi

11 may kuni O‘zbekistonda 68 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi, 107 kishi ushbu infeksiyadan sog‘aydi.

Pensionerlarga o‘z banklarini tanlash imkoniyati beriladi
11 may 2020, 21:54

Pensionerlarga o‘z banklarini tanlash imkoniyati beriladi

Pensionerlarga bank xizmatlaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatadigan banklarni tanlash imkoniyati beriladi. Markaziy bank pensiya mablag‘larini yagona bank orqali pensionerlarga yetkazish tizimining samarasiz ekanligi va bu amaliyotdan voz kechish lozimligi bo‘yicha xulosaga kelgan.

91 nafar “Bilayn” ishchisi karantin poligoniga joylashtirildi — Toshkent viloyati hokimligi
11 may 2020, 21:31

91 nafar “Bilayn” ishchisi karantin poligoniga joylashtirildi — Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati hokimligi viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Jumladan, “Bilayn” kompaniyasining 91 nafar ishchisi Yuqori Chirchiq karantin poligoniga joylashtirilgani ma’lum qilindi.

Yerni noqonuniy tortib olgan amaldorlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11 may 2020, 21:18

Yerni noqonuniy tortib olgan amaldorlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yerni noqonuniy tortib olgan mansabdor shaxslar uchun javobgarlik kiritilmoqda. Qoidabuzarlik takror sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Senatorlar MJTK va JKga tuzatishlar kiritilishini ma’qulladi.

800 nafardan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi
11 may 2020, 20:38

800 nafardan ortiq o‘zbekistonlik qaytarildi

Prezident topshirig‘i bilan Dubay, Minsk, Seul va Dehliga charter reyslar tashkil etildi. 8−10 may kunlari O‘zbekistonga 800 nafardan ziyod fuqaro qaytarildi. Frankfurtdan reys amalga oshirilishi kutilmoqda.

“Maishiy korrupsiyadan — elitar korrupsiyaga”. Bosh prokuror — korrupsiyaga qarshi yangi organ haqida
11 may 2020, 20:13

“Maishiy korrupsiyadan — elitar korrupsiyaga”. Bosh prokuror — korrupsiyaga qarshi yangi organ haqida

O‘zbekistonda tashkil etiladigan Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mustaqil huquqni muhofaza qilish organi maqomida bo‘ladi. U parlament a’zolari, prezident adminstratsiyasi, hukumat a’zolari va boshqa mansabdor shaxslar ishini ham o‘rganadi. “Maishiy korrupsiyadan elitar korrupsiyani o‘rganish darajasiga chiqiladi”, — deya ma’lum qildi bosh prokuror.

Zarafshonda COVID-19 bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga keldi
11 may 2020, 18:49

Zarafshonda COVID-19 bilan kasallanishning yangi o‘choqlari yuzaga keldi

Zarafshonda koronavirus bilan kasallanishning yangi o‘choqlari vujudga kelgani munosabati bilan shahar «qizil» toifali hududga o‘tkazildi.

Tezkor mobil internet qamrovini 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi
11 may 2020, 18:19 1

Tezkor mobil internet qamrovini 90 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi

Prezident ijtimoiy ob’ektlarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash, tezkor mobil internet qamrovini yil yakunigacha 90 foizga yetkazish hamda 30 million dollarlik «data sentr» qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Eng zarur bo‘lgan davlat xizmatlari tezkor ravishda elektron shaklga o‘tkaziladi.

Jamshid Qo‘chqorov YeIH va YeOII o‘rtasidagi prinsipial farqni aytib o‘tdi
11 may 2020, 18:05

Jamshid Qo‘chqorov YeIH va YeOII o‘rtasidagi prinsipial farqni aytib o‘tdi

“Biz hozir birovdan qochib yoki birovga qarshi bu yerga [YeOIIga] a’zo bo‘lib kirayotanimiz yo‘q”. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov YeIH va YeOII bilan hamkorlik o‘rtasidagi “prinsipial farqni” aytib o‘tdi. TIV o‘rinbosari Ilhom Ne’matov YeOIIda qatnashish boshqa davlatlar bilan munosabatlarning yomonlashishiga olib kelmasligini ta’kidladi.

29 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi (jami — 2482 ta)
11 may 2020, 16:35

29 ta yangi koronavirus holati tasdiqlandi (jami — 2482 ta)

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 29 taga oshib, jami 2482 taga yetdi.

Qirg‘iziston Sirdaryodagi jabrlanganlarga yordam jo‘natdi
11 may 2020, 15:52

Qirg‘iziston Sirdaryodagi jabrlanganlarga yordam jo‘natdi

Qirg‘iziston Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishidan jabrlangan sirdaryoliklarga insonparvarlik yordami yubordi.

Farhod avtoqismlar bozorida sanitariya kuni e’lon qilindi
11 may 2020, 15:33

Farhod avtoqismlar bozorida sanitariya kuni e’lon qilindi

Toshkentdagi Farhod avtomobil ehtiyot qismlar bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorda isitma aniqlangani sababli bozor faoliyati to‘xtatilib, sanitariya kuni e’lon qilindi.

Janubiy Koreyadan insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi yetib keldi
11 may 2020, 14:41

Janubiy Koreyadan insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi yetib keldi

Janubiy Koreya yuborgan insonparvarlik yordamining ikkinchi partiyasi Toshkentga yetib keldi. Yuk tarkibidan qariyb 192 ming dollarlik tibbiy vositalar o‘rin oldi.

Haftaning yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda
11 may 2020, 14:28

Haftaning yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda

13 maydan butun mamlakat bo‘ylab momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati +18…+23 darajagacha tushadi, bu — may oyi uchun o‘rtacha ko‘rsatkichlardan past.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting