Rossiyalik reper Morgenshtern Instagram`da e’lon qilgan tanlovda Mercedes-Benz o‘ynaldi va uni buxorolik yigit yutib oldi. Bastakor O‘zbekistondagi yopiq chegara va mashina narxiga teng «rastamojka»ni inobatga olgan holda avtomobilni yetkazib berishda yordam so‘radi.
Surxondaryo viloyati Angor tumanida Nexia avtomobilining kanalga tushib ketishi va yong‘in kelib chiqishi oqibatida bir oilaning to‘rt nafar a’zosi voqea joyida vafot etishgan.
Dollarning rasmiy kursi 7 so‘mga qimmatlab, jami 10 371 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa pasaydi.
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi A’zamxon Baxramov hayotdan ko‘z yumdi. U Toshkentda dafn etiladi.
Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga Toshkentdan mebel va maishiy texnikalar bilan jihozlangan uch xonali kvartira sovg‘a qildi.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi avgust-oktyabr oylarida OAV yozganidek 28 mlrd so‘mga 133 ta avtomobil emas, 18,7 mlrd so‘mga 81 ta avtomobil sotib olinganini ma’lum qildi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi UzAuto Motors kompaniyasini yopiq sud majlisi tafsilotlarini oshkor qilgan holda ahloqiy me’yorlardan chetga chiqmaslikka chaqirdi. 16 oktyabr kuni UzAuto Motors`ning Antimonopoliya qo‘mitasi maxsus komissiyasi qaroriga qarshi da’vosi bo‘yicha uchinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qahvani sevuvchilarga bag‘ishlanadi. Zira.uz qahvadan tayyorlangan shirinliklar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
«Avvaldan e’tibor berganimizda, geologiyaning hamma yo‘nalishlari bo‘yicha 15−20 foiz aholini ish bilan ta’minlashimiz mumkin edi», — dedi prezident poytaxtdagi Geologiya fanlari universiteti qurilishiga tashrif buyurganida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev BAA, Eron, Ukraina, Italiya, Isroil, Pokiston va Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Evril Turon taxallusi bilan ijod qilgan yozuvchi Mamadali Mahmudov 79 yoshida olamdan o‘tdi.
Epimarkazi Afg‘onistonda bo‘lgan zilzila Toshkent shahri va O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida sezildi. Zilzilaning kuchi 2 ballni tashkil etdi.
May oyida Andijon IIO IIBda qiynoqqa solinishi natijasida vafot etgan Alijon Abdukarimov ishi yuzasidan tergov ishlari yakuniga yetdi. Hozirda 6 nafar shaxsga nisbatan ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Dam olish kunlari mamlakatda quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati iqlimiy me’yordan 4−5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
JSST tahlillariga ko‘ra, remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir/ritonavir va interferon kabi dori vositalari COVID-19 ni davolashda foydasi kam yoki umuman samarasiz deb topildi. Oldinroq, SSV bemorlarni remdesivir yordamida davolayotgani, ushbu dori vositasi ijobiy natijalar berayotgani haqida aytgan edi.
2019 yil yakuni bo‘yicha UzAuto Motors kompaniyasining sof daromadi 2,6 trillion so‘mdan oshdi. Kompaniya rahbari vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabovning vakolat muddati uzaytirildi.
Ichki ishlar vazirligi YHXBB uch oy ichida 28,3 mlrd so‘mga 30 ta Equinox, 40 ta Cobalt, 17 ta Malibu-2 va boshqa transport vositalarini sotib olgani ma’lum bo‘ldi.
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida ikkita Nexia avtomashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi voqea joyida vafot etdi, yana ikki kishi turli jarohatlandi.
Qirg‘iziston MSK ma’lumotlariga ko‘ra, takroriy parlament saylovlari dekabr oxirlarida, muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari esa yanvar o‘rtalarida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistonda Sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting