O‘zbekiston yanvar-avgust davri davomida 5,8 mlrd dollarga, avgust oyining o‘zida esa 2,5 mlrd dollardan ziyod summaga teng bo‘lgan miqdorda oltin eksport qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 147,2% ni tashkil etib, 1,8 mlrd dollarga ko‘proq. Oltin eksporti jami eksport ulushining 50% ni tashkil etoqda.
Parkent tumani hokimligi hokimning o‘g‘li tasischi bo‘lgan kompaniyadan Captiva avtomobili xarid qilgan. Toshkent viloyati matbuot xizmatining tushuntirishicha, kompaniya mashina hokimlikka 2019 yilda topshirgan, lekin hokimiyatda yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi bois pul o‘tkazmalarini keyinroq amalga oshirishga rozilik bergan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov o‘z lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev tayinlandi. Jo‘rayev oldinroq ichki ishlar vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
BIZNES AZIYA kompaniyasi savdo sohasida rivojlanish va o‘z mavqeini oshirishga intilayotgan shijoatli va istiqbolli yoshlarni ishga taklif qiladi.
O‘zbekistonda 20 sentyabr kuni 648 ta koronavirus holati aniqlandi (bir kun oldin- 614 ta). Sog‘liqni saqlash vazirligi COVID-19−19 statistikasiga so‘nggi haftada Germaniyada davolangan bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyevning o‘limi haqida ma’lumotni ham kiritdi.
«Ibrat» tarixiy badiiy filmi shoir, tarjimon, tarixchi, tilshunos va jadidchi Ishoqxon Ibrat taqdiri haqida so‘zlab beradi.
Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi. Avvalroq unga koronavirus tashhisi qo‘yilgan edi. Siyosatchi oxirgi vaqtlarda Germaniyada davolanayotgan bo‘lgan.
2019 yilda O‘zbekistonda har 100 oilaga 55 ta kompyuter to‘g‘ri keldi. Avtomobillar 47 tani tashkil qilgan bo‘lsa, televizorlar soni esa 160 tani ko‘rsatmoqda.
«Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Sherzod Xabibullayev O‘zgidrometning yangi rahbari bo‘ldi.
Zira.uz tayyorlagan ushbu ro‘yxatdan kuzning 7 xil eng yorqin, eng xushbo‘y va eng mazali pishiriqlari — qovoqdan tayyorlangan pishiriqlar retseptlarini topishingiz mumkin.
O‘zbekistonda aniqlangan koronavirus holatlari soni 50 mingdan oshdi. 18 sentyabr kuni 617 ta yangi holat qayd etildi.
O‘zbekistonda kommunal sohadagi loyihalar va tariflar mahalliy kengashlar bilan kelishiladi. Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda 27 ta tumanda ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari tanqid qilindi. Xabar qilinishicha, quvurlar eskirgani sababli har yili qariyb 500 mln kub metr suv yoki o‘rtacha 300 milliard so‘m isrof bo‘lmoqda.
Prezident kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun bosh vazir Abdulla Aripovni Toshkent tumanlariga, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni esa viloyatlarga mas’ul etib biriktirdi. Tayyorgarlik ishlarini, eng avvalo, bu borada ahvol og‘ir bo‘lgan 56 ta tuman va shahardan boshlash kerakligi ta’kidlandi.
Kitob tumanida maktab direktori osilgan holatda topildi. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, qarindoshlari sud-tibbiyot ekspertizasi ko‘rigidan o‘tkazmasdan uni dafn qilishgan. O‘limidan oldin direktor xat qoldirib, unda hamkasblaridan «har qanday holatda ham korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik»ni so‘ragan.
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, joriy yil Yoshlar ishlari agentligi huzurida tashkil etiladigan Yoshlar media xoldingiga 46 mlrd so‘m ajratish taklif qilindi. Byudjet hisobidan moliyalashtirish miqdorini 2023 yilgacha bosqichma-bosqich qisqartirish rejalashtirilmoqda.
Belarus chegaralarining yopilishi, Ukraina sobiq prezidentiga qarshi jinoy ishlar, Jo Baydenning Rossiya to‘g‘risida fikri va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Kun.uz nashri «temir daftar»da bo‘lmagan shaxslarga yer ajratilgani haqidagi maqolani o‘chirdi. Xabar qilinishicha, sabzavotchilik bilan shug‘ullanish uchun olti kishi o‘rtasida 10 gektar yer bo‘lib berilgan va ular orasida faqat bir kishi ehtiyojmand oilalar ro‘yxatida bo‘lgan. Yana bir fuqaroning holati esa bahsli.
Madaniyat vazirligi san’atkorlarning karantin qoidalarini buzgan holda to‘y o‘tkazganiga izoh berar ekan, ularning shaxsiy ishlariga aralashish vakolatiga ega emasligini ma’lum qildi.
2020 yilning birinchi yarmida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sishni ta’minlagani uchun ayrim tumanlar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlariga 10 mln va 8 mln so‘mdan mukofot tayinlandi. O‘sishni ta’minlay olmagan rahbarlarga esa hayfsan e’lon qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi 17 sentyabrda koronavirusdan vafot etdi, deya xabar qilgan 11 yoshli bola 5 sentyabrda olamdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi. Unda qator og‘ir yondosh kasalliklar bo‘lib, dispanser nazoratida turgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting