Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksiyalar 2050-yilga kelib 39 milliondan ortiq odamni o‘ldirishi mumkin. Ayniqsa, keksalar superbakteriyalarga zaif bo‘ladi.
Deputatlar fermerlar birlashib, hamkorlikda faoliyat olib boradigan qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ular hujjatga kooperativlarning uyushmalarga majburiy a’zoligini qo‘shishga urindi, biroq Quyi palata spikeri qarshi chiqdi: “Bularning ustidan tayyor vazirlik tashkil qilyapsizlar”.
Livanda “Hizbulloh” foydalanadigan portativ ratsiyalarni portlatish boshlandi. Kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 450 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bir kun oldin butun mamlakat bo‘ylab guruh a’zolarining peyjerlari bir vaqtning o‘zida portlagandi.
O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatining “S” va “D” guruhlarida 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqani g‘alaba bilan boshlagan Afg‘oniston bu safar Argentinaga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Ukraina Angolani, Qozog‘iston esa Liviyani yirik hisobda taslim etdi.
Namangan shahridagi omborxonada O‘zbekistonda saqlash va sotish taqiqlangan 821 mln so‘mlik 639 turdagi dori vositalari borligi aniqlandi. Tibbiy buyumlar olib qo‘yildi, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Boysundagi “M-25” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘lishidan tashqari, yana 11 kishi jarohatlangan, deya Energovazirlik brifing ma’lumotlarini e’lon qildi. Vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov holatga “konning geografik joylashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari”ni sabab qilib ko‘rsatdi.
Raqobat qo‘mitasi Andijon boshqarmasi Vodiy Sanoat Faxri MCHJ 42,5 mlrd so‘mlik paxta tolasini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolaganini aniqladi. Korxona, shuningdek, narxlarni birja kotirovkalariga nisbatan arzon qo‘llab, narx manipulyatsiyasi sodir etgan. Unga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab transportlar uchun yopilgandi. Shu munosabat bilan jami 12 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgardi. Ularning qatnov va oraliq vaqti uzayishi mumkin, deb ogohlantirdi Transport vazirligi.
Chiroqchi tumanida qishloqlardan biriga adashib kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiqni rasmiylar “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirgandi. Ekovazirlik mas’uli hayvonning o‘ldirilishi bo‘yicha tergovda jinoyat alomatlari aniqlanmagani va ish tegishli moddalar bilan yopilganini ma’lum qildi.
Slovakiya o‘zbekistonlik kara haydovchilarini oylik maoshi 1200−1500 dollar bo‘lgan ishga taklif qilmoqda. Nomzodlar 45 yoshgacha, “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi hamda rus tilini bilishi kerak.
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu ma’lumotni prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz”ga tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, prezident real vaqt rejimida vaziyat haqida ma’lumot olib turibdi.
Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga tashrifi doirasida “O‘zmilliybank” va Germaniyaning AKA Bank`i o‘rtasida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million yevro miqdoridagi kredit liniyasi to‘g‘risida bitim imzolandi.
17-sentabr kuni butun Livanda bir vaqtning o‘zida “Hizbulloh” a’zolari foydalangan peyjerlar portladi. Kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, uch mingga yaqin kishi yaralandi. Guruh sodir bo‘lgan voqealarda Isroilni aybladi.
Norvegiyada elektromobillar soni (754,3 mingdan ziyod) birinchi marta benzinli avtomobillar sonidan oshib ketdi. Sotuv va chiqindi soliqlaridan ozod qilish, avtoturargoh to‘lovlarini kamaytirish va elektromobillar uchun avtobus yo‘laklaridan foydalanishga ruxsat berilishi bunga turtki bo‘lgani qayd etildi.
Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konidan yana vodorod sulfid chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, 4 kishi halok bo‘lgan (rasmiy xabarga ko‘ra, 2 kishi) va jarohatlanganlar ham bor. Kechki payt Boysunda Favqulodda vaziyatlar va Energetika vazirliklari rahbarlari brifing o‘tkazishi kutilmoqda.
Sariosiyo tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar boshqaruvidagi Nexia 2 va “Jiguli” mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan yo‘lovchilar shifoxonaga murojaat qilgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi qarori bilan vino, konyak, aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining minimal sotish narxlari belgilandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Mikrokreditbank”, “Biznesni rivojlantirish banki” va “Turonbank”dagi 148 nafar xodim 155 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik qilayotganini aniqladi. Xodimlarga ogohlantirish xatlari berilmoqda. Avvalroq agentlik 6 ta vazirlikda ham shunday holatlarni aniqlangandi.
Doktor Humam Baki Nano Medical Clinic`da tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan odamlarga konsultatsiya va operatsiyalar o‘tkazadi.
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Urganch davlat universiteti talabalar turar joyi binosi qurilishi bo‘yicha o‘tkazgan tender savdolari qonunga zid deb topildi. Universitet obyektning toifasini noto‘g‘ri belgilashi oqibatida boshqa viloyatdagi qurilish tashkilotlarining tenderda ishtirok etishi cheklangan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting