Koronavirus holatlari 92 taga ko‘payib, jami 8996 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 53 nafari aholi orasida qayd etildi. Kun davomida mamlakatda 215 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanida Cobalt avtomobili va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida uch kishi voqea joyida vafot etgan.
Sardor Abdullayev Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Microsoft kompaniyasi LinkedIn Learning, Microsoft Learn va GitHub Learning Lab platformalarining o‘quv materiallarini bepul taqdim etdi. Ushbu loyiha bilan 2020 yil oxirigacha 25 mln kishiga yangi kasbni o‘zlashtirishda yordam berish rejalashtirilgan. O‘quv kurslari 2021 yil mart oyining oxirigacha bepul bo‘ladi.
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev koronavirusdan tuzaldi. Uning koronavirus infeksiyasiga topshirgan testi manfiy natija bergani haqida ma’lum qilindi.
Qozog‘istonda COVID-19 holatlari ko‘payishi sababli 5 iyuldan boshlab karantin ikki haftaga kuchaytiriladi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish va yopiq bozorlar, go‘zallik salonlari, bolalar bog‘chalari va boshqa ob’ektlar ish faoliyati taqiqlanadi.
“Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK negizida Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi tashkil etildi. Markazning asosiy vazifalaridan biri davlat mulki ob’ektlarini ijaraga berishni tashkil etishdan iborat.
Ikkinchi chorak yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda ishsizlik ko‘rsatkichi 15 foizgacha o‘sdi. Bunga karantin cheklovlari sabab bo‘ldi.
Telegram messenjerining desktop beta-versiyasida endi uchtagacha akkaunt qo‘shish mumkin. Avval bu funksiya faqat smartfonlarda mavjud edi.
Hukumat qarori bilan Sardor Radjabov Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u markazning boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ayrim korxonalardan, shu qatorda «O‘zmetkombinat» va «O‘zavtorsvetmet"lardan eksklyuziv huquqlari va preferensiyalaridan mahrum qilishni taklif etdi.
2 iyul kuni Uchtepa tumani «Ko‘kcha darvoza» MFY hududida joylashgan «Olmos jo‘ja» MCHJga qarashli oshxonada yong‘in kelib chiqqan. Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
O‘zbekiston 2027 yilgi Osiyo kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish uchun OFKga taklif yubordi. Musobaqaning rasmiy mezboni 2021 yilda e’lon qilinadi.
Hindiston elchisi Santosh Ja O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi.
Koronavirus bemorlari soni 123 nafarga ortib, jami 8904 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 101 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, qolganlari Toshkent shahrida, Namangan va Toshkent viloyatlarida qayd etildi. Shundan 9 nafari aholi orasida aniqlandi.
1 iyul kuni O‘zbekistonda 278 ta koronavirus holati qayd etildi. Shundan 50 tasi xalq orasida, 10 tasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.
Qashqadaryoda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 64 yoshli erkak hayotdan ko‘z yumdi. O‘zbekistonda COVID-19 asoratlaridan olamdan o‘tganlar soni 27 nafarga yetdi.
50 ming dollar miqdorida pora olish to‘g‘risidagi ish bo‘yicha Toshkent hokimligining Kapital qurilish boshqarmasi o‘rinbosari ham qo‘lga olindi. Avvalroq Chilonzor tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘ining ushlangani xabar qilingan edi.
6 iyuldan 2020−2021 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinf o‘quvchilarining qabul jarayoni boshlanadi. Pandemiya munosabati bilan qabul jarayonida bir qancha o‘zgarishlar bor.
Hindistonning janubidagi Karnataka shtatida COVID-19 qurboni bo‘lganlarning jasadlari chuqurga uloqtirilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Rasmiylar uzr so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting