Koronavirus bemorlari soni 93 nafarga ortib, jami 6755 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 51 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 37 nafari Toshkent shahrida va 5 nafari Toshkent viloyatida qayd etildi.
6 soat ichida 127 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami holatlar 6662 taga yetdi. Yangi holatlarning 79 tasi karantin markazlarida aniqlangan bo‘lsa, qolganlari 9 ta hududda qayd etildi. Kunlik o‘sish — 201 ta.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Buxoro viloyatida 11,4 mingdan ziyod yoshlar ishga joylandi, karantin davrida ishini yo‘qotgan yoki xorijdan muhojirlikdan qaytgan yana 5,4 mingdan ortiq yoshlar ish bilan ta’minlanadi.
9 avgust kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 1994 yildan beri mamlakat prezidenti bo‘lgan Aleksandr Lukashenko bu safar ham prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsatgan. Bu yilgi saylovoldi jarayoni namoyishlar hamda Lukashenko raqobatchilarining qamoqqa olinishi bilan o‘tmoqda.
Tashkent International University of Education xalqaro universiteti tashkil etiladi. OTMda World University Rankings reytingining eng yuqori 1000 ta universiteti dasturlari asosida pedagog va boshqaruvchi kadrlar tayyorlanadi.
Serbiyalik tennischi, jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi. Jokovich tomonidan yaqinda tashkillashtirilgan Adria Tour tennis musobaqasi boshqa tennischida koronavirus aniqlanganligi bois to‘xtatilgan edi. Ushbu musobaqada asli o‘zbekistonlik bo‘lgan pianino ustasi Lola Astanova musiqiy chiqish bilan ishtirok etgan edi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya poytaxti Moskvaga yetib bordi. Davlat rahbarini «Vnukovo» aeroportida Rossiya hukumati rasmiy shaxslari kutib oldi.
Prezident farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiyasi tasdiqlandi. Unda O‘zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reyting va indekslarda TOP-50 qatoriga kirishini ta’minlash ustuvor vazifalardan etib belgilandi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) “Ipoteka-banki” ning xususiylashtirilishini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni kreditlash ko‘lamini kengaytirish uchun 35 mln dollar ekvivalentida, milliy valyutadagi zayomni taqdim etadi.
Koronavirus holatlari 35 taga ko‘payib, jami 6535 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Toshkent shahrida va 3 nafari Sirdaryo viloyatida qayd etilgan. Kun davomida mamlakatda 74 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatda jinoiy avtoritet hisoblanadigan Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilganligi uchun korrupsiyada ayblanib, 11 yil va 2 oy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Sardoba tumanida yashovchi ayollar Gulistonda may oyida tug‘ilgan chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.
2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 3−20 avgust kunlari o‘tkaziladi.
Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unda dehqon xo‘jaligi uchun yer uchastkalarini meros qoldiriladigan umrbod egalik huquqi bilan ajratish tartibini bekor qilish taklif etilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish hamda G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun Moskvaga jo‘nab ketdi.
24 iyundan xohlovchilarga koronavirusga testni nodavlat tibbiyot muassasalarida pulli asosda topshirishga ruxsat berildi. Laborator tahlil uchun namuna (surtmalar) tibbiyot tashkiloti, ish va yashash joyi yoki maxsus avtotransportda olinishi mumkin.
Yanvar oyida avval mashinasi, so‘ngra o‘zining jasadi topilgan taksi haydovchisini kim o‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. Gumonlanuvchining boshqa jinoyatlari ham fosh qilindi.
Dunyo bo‘ylab aniqlangan koronavirus holatlari 9 mlndan oshdi. Bunda, 4,5 mln nafar bemor COVID-19 infeksiyasidan sog‘aygan va 472 ming nafari esa hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, AQSH, Braziliya va Rossiyada eng ko‘p koronavirus bilan zararlanish holatlari qayd etilgan.
1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun litsenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi. Tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari orqali AOKAga xabarnoma yuborishi kifoya bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting