Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish uchun apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi. Shuningdek, nizolarni muqobil usulda hal qilish bilan shug‘ullanuvchi Mediatsiya markazlari ham tuziladi. Eksperiment tariqasida, 1 iyuldan Toshkentda davlat xizmatlari markazlarida nizolashuvchi fuqarolarga mediator xizmatidan foydalanish uchun alohida xonalar ajratiladi.
Koronavirus bemorlari soni 15 nafarga ortib, jami 5697 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.
Toshkentda masjidga kirish joyida qoldirilgan sumka o‘g‘irlab ketildi. Poytaxt IIBB jinoyat qidiruv xodimlari gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, 22 yoshli shaxsni qo‘lga oldi.
Hukumat qaroriga binoan Abdulaziz Xaydarov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlandi.
Jizzaxdagi YPX maskanida Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan go‘sht to‘xtatib qolindi. Go‘sht suyaksiz bo‘lgani uchun qaysi hayvonga tegishli ekani hozircha noma’lum, ammo qoramol va qo‘y go‘shti emas, degan xulosaga kelindi.
O‘zbekistonda kun davomida 189 ta koronavirus holati aniqlandi. 169 ta holat karantindagilar, 13 tasi aholi orasida qayd etildi. 12 nafar bemorning ahvoli og‘ir.
Doimiy propiska to‘g‘risidagi talab bekor qilinganidan keyin boshqa hududlarda yashovchi fuqarolar Toshkentda qariyb 13 mingta, Toshkent viloyatida esa 2 mingdan ortiq kvartira sotib oldi. Bu uy-joy oldi-sotdi bitimlarining qariyb 70 foizini tashkil etadi.
2019 yilda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar 22 foizga kamaygan, biroq chaqaloqlar savdosi 2018 yildagi 38 foizdan 43 foizga oshgan. Shuningdek, majburiy mehnatga yo‘l quygan 259 nafar, ish haqlarini o‘z vaqtida bermagan va mehnat sharoitlari yaratmagan 56 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi — Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.
May oyida ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy xajmi 1,2 mlrd dollarni tashkil etib, aprel oyiga nisbatan 1,1 barobarga pasaydi.
Toshkentda “qizil” karantin hududiga kiritilgan mahallalar soni 42 tadan 71 taga oshdi. Ushbu mahallalarga kirish va chiqish joylari yopildi. Koronavirus holatlari sababli “Malika” (“Fleshka”) savdo majmuasi, Yunusobod tumanidagi dehqon bozori va “O‘rikzor” bozori yopildi.
Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hisobiga 7,44 trln so‘m kelib tushdi, jamg‘arma xarajatlari esa 3,306 trln so‘mga teng bo‘ldi. Ushbu mablag‘lar Toshkent hokimligi byudjetini qo‘llab-quvvatlash, Prezident maktablarini qurish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Surxondaryoda kasalxonalar hamda karantin markazlari qurish va boshqa maqsadlarda sarflandi.
Surxondaryoda Milliy gvardiya xodimlari niqob taqmagan fuqaroni bo‘g‘ib, xushidan ketkazgani aytilmoqda. Hodisani izohlagan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarning xatti-harakatlariga baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qildi. Tuman prokuraturasi esa tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Samarqandda baxmal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. 200 kv m maydonda saqlanayotgan ikkilamchi xom ashyo va dastgohlar yongan, 800 kv m maydondagi tayyor mahsulotlar va uskunalar esa saqlab qolingan.
«O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi Buxoroda bo‘lib o‘tgan kuchli shamoldan ziyon ko‘rganlar uchun qariyb 5,5 mlrd so‘m sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi.
“Sardoba” suv ombori talofatidan zarar ko‘rgan hududlarda ta’mirlash ishlari uchun 200 mlrd so‘m ajratildi. Qurilish vazirligi ushbu mablag‘ qanday ishlatilishi borasida hisobot berdi.
Koronavirus holatlari 77 taga ko‘payib, jami 5638 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 73 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Buxoro viloyatida qayd etilgan. Kun davomida mamlakatda 145 ta yangi COVID-19 holati tasdiqlandi.
Markaziy bank 1 iyul kunidan boshlab 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotishini ma’lum qildi.
16 iyun kuni 20 nafar aholi orasida, jumladan, tikuvchi, sotuvchi, haydovchi, farrosh va homiladorda koronavirus qayd etilgan — Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Moskvada bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradida 12 mamlakat harbiylari, jumladan, O‘zbekiston vakillarining ham qatnashadi. Ayni paytda xorijlik harbiylar Moskvaga yetib borgan.
Prezident maktablariga o‘quvchilar qabuli kelgusi o‘quv yilida o‘tkaziladi. Bunga karantin davrida saralash imtihonlarini o‘tkazish va Cambridge Assessment tashkiloti vakillarining O‘zbekistonga belgilangan sanalarda kela olmasliklari sabab qilib ko‘rsatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting