«Yuksalish» umummilliy harakati Andijonda ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan holat yuzasidan tergov harakatlarini audio va video qayd etish tizimlari orqali olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligini va ichki ishlar tizimini tubdan isloh qilish lozimligini ta’kidlab o‘tishdi.
“Adolat” va O‘zLiDep partiyalari siyosiy kengashi raislari hamda Ekologik partiyaning a’zosi Andijonda ichki ishlar xodimlari tomonidan hibsga olinib, qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etgan fuqaro bilan bog‘liq hodisani qoralab, ichki ishlar tizimida tubdan islohotlar amalga oshirilishi lozimligini va qonun ustuvorligini ta’minlash kerakligini ta’kidlashdi.
Ma’muriy sud nogironligi bo‘lgan ukasi uchun dori olishga chiqqan haydovchini aybsiz deb topdi. U avtomashinasida stikersiz harakatlangani uchun 4,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan, transport vositasi esa jarima maydonchasiga qo‘yilgan edi.
Namanganlik erkak xotini va uch qizini bolta bilan urib tan jarohatlari yetkazib, so‘ngra o‘zini yoqib yubordi. Turmush o‘rtog‘i va besh oylik qizi olamdan o‘tdi.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov metrolardagi umumiy ventilyatsiya tizimi koronavirus infeksiyasi tarqalish xavfini oshirishi sababli metro harakatlanishiga ruxsat yo‘qligini ma’lum qildi.
Gulnora Karimovaning Fransiyadan qaytarilgan 10 mln dollarlik aktivlari Parij markazidagi uyini sotishdan kelib tushgani ma’lum qilindi. Ushbu mablag‘ning qaysi maqsadlarda sarflanishiga ham qisman aniqlik kiritildi.
Andijon viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi xodimi uy qurish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish evaziga fuqarolardan pul olayotganda ushlandi.
Toshkentdagi Versal restorani binosi 35,33 mlrd so‘mga sotildi. Onlayn auksion 14 daqiqa davom etdi.
Asakada Koreyaga o‘qishga yuborish hamda viza olib berish evaziga fuqarolardan 20,3 ming dollar va 8 mln so‘m olgan o‘quv markazi faoliyatiga chek qo‘yildi.
Respublika maxsus komissiyasi shahar va tumanlar bo‘yicha karantin darajalarini qayta ko‘rib chiqdi. 13 iyun holatiga ko‘ra Toshkent “sariq” hududda qoldi.
Dollarning rasmiy kursi qariyb 1,29 so‘mga arzonlashdi va 10 151 so‘m etib belgilandi. Bu dollar kursining uch hafta davomida birinchi bor tushishi.
Koronavirus bemorlari soni 23 nafarga ortib, jami 5103 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 8 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahrida aholi orasida va qolgan 4 nafari esa Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlandi.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz ichki ishlar organlari xodimlarining Andijondagi qilmishlarini qat’iy qoralaydi va markaz tomonidan mazkur holat qat’iy nazoratga olingan.
Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra,"sariq" va «yashil» hududlar o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi tiklanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati 1 avgustga qadar tiklanmaydi. Oldinroq, ular 1 iyul kuni ochilishi kutilayotgan edi. Shu bilan birga, xususiy MTTlarda mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish to‘g‘risidagi cheklov bekor qilindi.
“Qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiyena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.
Tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 57 nafarga ortib, jami 5051 kishiga yetdi. Yangi holatlarning 14 nafari aholi orasida, 42 nafari karantindagilar orasida va 1 holat xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlangan.
15 iyundan boshlab O‘zbekiston xalqaro aviaqatnovlarni tiklaydi (reyslar “yashil”, “sariq” va “qizil” ga bo‘linadi). Chet elga ish, o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlarda chiqish mumkin.
O‘zbekistonda kun davomida 128 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 4869 taga yetdi. Yangi holatlar karantin muassasalari, Toshkent shahri, Buxoro, Toshkent va Samarqand viloyatlarida qayd etildi.
Toshkentning Olmazor tumaniga yaqin hududda 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi quriladi. “Chorsu bozori”, Zarqaynar, Sag‘bon, Sebzor, Qorasaroy, Go‘zalbog‘ va boshqa ko‘cha-mahallalarda, jami 482 gektar maydonda zamonaviy turistik, savdo va dam olish maskani — “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting