Koronavirus bemorlari soni 78 nafarga ortib, jami 4819 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 66 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 5 nafardan Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida hamda 2 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida aniqlangan.
O‘zbekistonda kun davomida 118 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 4741 taga yetdi. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida bir yo‘la 28 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi qayd etildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti bilan videoaloqa orqali muzokara o‘tkazdi. YeTTB rahbari bank O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangi islohotlarni loyihalar portfeli va moliyaviy-texnik ko‘mak hajmini kengaytirish orqali qo‘llab-quvvatlashda qat’iy ekanini ta’kidladi
O‘zbekistonda bir kunda 105 kishi koronavirusdan sog‘ayib, tuzalganlar soni 3637 nafarga yetdi.
Namangan viloyatining Pop tumanida 1200 kishilik karantin markazi qurildi. Har bir boks dush, konditsioner, televizor bilan ta’minlangan va to‘rt kishiga mo‘ljallangan.
Transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imining joriy etilishi «O‘zavtosanoat» avtomobillari narxiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Senatning videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladigan navbatdagi yalpi majlisida “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to‘g‘risida"gi va boshqa qonunlar ko‘rib chiqiladi. Yalpi majlisda adliya vazirining huquqiy targ‘ibot va ma’rifat sohasidagi ishlar yuzasidan axboroti ham eshitiladi.
Sud Sulton Tex Group klasterining Qarshi tuman hokimi va boshqa mansabdorlarga qarshi da’vosini qisman qanoatlantirdi. Hokimning harakatlari, shuningdek, kooperatsiyani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnoma noqonuniy deb topildi. Hozircha kompaniyaning klaster sifatidagi taqdiri va kooperatsiyaga berilgan 13 ming gektar yerning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
AQSHning Tesla kompaniyasi aksiyalarining narxi ilk bor $1000 dollaridan oshishi oqibatida Tesla Yaponiyaning Toyota kompaniyasini ortda qoldirib avtomobil ishlab chiqaruvchi eng qimmat kompaniyaga aylandi, Ilon Maskning boyligi esa $42,9 mlrd gacha ko‘paydi.
Koronavirus holatlari 22 taga ko‘payib, jami 4717 nafarga yetdi. Yangi holatlarning 10 nafari Karantin markazidagilarda, 4 nafari Toshkent shahrida, 3 nafardan Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida hamda 2 nafari Qoraqalpog‘istonda aniqlangan. Shu bilan birga, COVID-19 dan sog‘ayganlar soni 3600 nafardan oshdi.
Yevropa Ittifoqi COVID-19 pandemiyasining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’sirini yumshatish va kambag‘allik darajasini kamaytirish maqsadida 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan moliyaviy yordam ko‘rsatadi.
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolishga qaror qildi. Bank boshqaruvi bu qarorni makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi oxirgi kunlarda qaysi hududlarda koronavirus aholi orasida qayd etilayotganini ma’lum qildi. Jumladan, Toshkentda ikki nafar soliq inspektori, xususiy klinika kichik tibbiyot xodimi. «Mediapark» sotuvchisi, Yunusobod bozorida ziravor sotuvchisi va boshqalarda aniqlangan.
Foizsiz bo‘lib to‘lashga avtomashina olib beruvchi yana bir kompaniya faoliyatiga chek qo‘yildi. Tergov uning faoliyatida moliyaviy piramida alomatlari mavjudligini aniqladi. Fuqarolardan olingan pullarning yarmidan ko‘prog‘ini kirim qilib, qolgan 1,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirib yuborgan.
Qozog‘iston va Qirg‘iziston bosh vazirlari umumiy chegaradagi barcha nazorat-o‘tkazish punktlarini ochishga va to‘siqsiz yuk tashishni ta’minlashga kelishib oldilar.
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo matbuot anjumanida O‘zbekiston hukumatini mamlakatda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanganini aytib o‘tdi. 2019 yilda mamlakatda diniy guruhlarga qarshi qaratilgan birorta ham operatsiya o‘tkazilmagani qayd etilgan.
Prezident qarori bilan Oleg Pekos axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari, Jamol Maxsudov vazirning telekommunikatsiya infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlanishdi. Yana uch nafar amaldagi vazir o‘rinbosarining vakolat doiralariga aniqlik kiritildi.
Prezident qarori bilan Rustam Karimjonov xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Oldinroq u vazirlik qoshidagi innovatsion markaz direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Koronavirus bemorlari soni 72 nafarga ortib, jami 4695 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 20 nafari Karantin markazidagilarda va 24 holatda esa aholi orasida aniqlandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida 28 nafar ishchida COVID-19 qayd etildi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo davlatlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni monitoring qilish tizimini ishlab chiqadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting