BAAning Sharja shahrida 48 qavatli osmono‘par binoda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Ko‘p qavatli bino va eng yaqin uylarda yashovchilar evakuatsiya qilindi.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni jami 2207 taga yetdi. Kun davomida 18 ta yangi holat qo‘shildi.
Har bir tuman va shahar sanitariya-epidemiologik vaziyatga qarab “qizil”, “sariq” yoki “yashil” hududlarga ajratiladi.
Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi. Shuningdek, stikerlar bekor qilinib, shaxsiy avtomobillardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi qo‘shni qozoq xalqiga ham ziyon yetkazganiga munosabat bildirdi. “Ularning aholi yashash joylari va ekin maydonlari zarar ko‘rganidan, albatta, biz juda afsusdamiz”, — dedi davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi va suv toshqinlari aybdorlari, kim bo‘lishi va egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, qonun oldida javob berishini ma’lum qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinida 4 kishining vafot etgani, 1 kishining bedarak yo‘qolganini ma’lum qildi.
Kun davomida 96 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Mamlakat bo‘yicha jami sog‘ayganlar soni 1501 nafarga yetdi.
FVV Sardoba suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi oqibatida infratuzilmalarga yetgan dastlabki zarar miqdorini ma’lum qildi. 8 ta bolalar bog‘chasi, 16 ta maktab, 7 ta tibbiyot muassasasi, 7 ta qabriston, 13 ta ko‘prik va boshqa obyektlar zarar ko‘rgan.
Samarqand viloyatida mast haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishda yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir qildi. Yosh ayol va uning ikki yoshli farzandi halok bo‘ldi.
Andijon viloyatida mahalliy byudjetga qo‘shimcha manbalar hisobidan qariyb 112,4 mlrd so‘mlik manbasiz va maqsadsiz xarajatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. To‘plangan materiallar viloyat prokuraturasiga taqdim etildi.
Qozog‘iston Tashqi ishlari vazirligi Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi natijasida mamlakatning bir qism hududini suv bosishi munosabati bilan O‘zbekistonga norozilik notasini yuborish masalasi ko‘zda tutilmayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan holatlar 15 taga ko‘payib, 2204 taga yetdi.
Sardoba fojiasi bizga xalqimizning ofat qarshisida bemisl darajada hamjihat ekanini ko‘rsatdi. Mamlakatning har bir hududidan Sirdaryoga texnikalar va minglab tonna insonparvarlik yordami oqib kelmoqda. Ofat oqibatlari qay darajada va undan qanday ibrat-xulosalar chiqarishimiz kerak? Sabina Bakayeva va Shuhrat Latipov reportaji.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” qoshidagi “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” korxonasi Sardoba suv ombori qurilishida bosh pudratchi bo‘lgan. 10 dan ortiq kompaniya esa — subpudratchi. Gidroinshoot qiymati 1,3 trln so‘mni (404 mln dollar) tashkil etgan.
Qanday qilib tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirish paytida yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini isbotlay oladi va fors-major holatlarida majburiyatlarni bajarmasa bo‘ladimi? Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan tadbirkorlik sub’ektlari uchun eslatma.
IIV Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlarini haqorat qilgani aks etgan videomurojaatini o‘rganmoqda. Toshkent IIBB xonandaning xatti-harakatlariga huquqiy baho beradi.
Prezident qarori bilan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti birlashtirilib, Toshkent davlat transport universiteti tashkil qilinmoqda.
Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 2189 nafar bemor. Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 774 kishi davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Mamlakat bo‘ylab 335 mingta test sinovlari o‘tkazilgan.
Kun davomida 86 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 1405 nafarga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting