O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21−22 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi. Tashrif dasturida Parijda oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, ushbu mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Toshkent hayvonot bog‘ida ko‘p yillardan beri ilk bor panteralar — to‘rt yoshli Bagira va Tayfun paydo bo‘ldi. Hozirda ular uchun maxsus ekspozitsion volerlar loyihalashtirilmoqda.
2005 yilda O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatgan Tinchlik korpusi mamlakatga qaytishni rejalashtirmoqda, dedi AQShning Toshkentdagi yangi elchisi Jonatan Xenik. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada O‘zbekiston hukumati bilan prinsipial kelishuv mavjud.
Qirg‘iziston parlamenti qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Kampir-obod (Andijon) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni ma’qulladi. Uch kun avval hujjatlar O‘zbekiston tomonidan ham ratifikatsiya qilingan edi.
Gaagada MN17 reysi Donbass osmonida halokatga uchragani (8 yil avval 298 kishi halok bo‘lgandi) ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Igor Girkin, Sergey Dubinskiy va Leonid Xarchenko sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud samolyot RF QKning «Buk» raketa tizimidan urib tushirilganini aniqladi.
«Gazeta.uz» JCH-2022 ishtirokchilarini tanishtirishni H guruhi bilan yakunlaydi: bu yerda portugaliyalik Ronaldu «qayta tug‘ilishi» mumkin, urugvaylik Suares esa to‘purar unvoni uchun yo‘l «kemiradi», Janubiy Koreya jismoniy tayyorgarlik bilan yengishga, Gana esa reytingda yuqoriroqqa sakrashga harakat qiladi.
Tadbir doirasida YUNESKOga a’zo davlatlarning xalqaro tashkilotlari vakillari va bolalar ta’limi, parvarish va maktabgacha ta’lim sohasidagi mutaxassislarning chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Martda rekonstruksiya uchun 3 oyga yopilgan Toshkentdagi Abdulla Qodiriy bog‘i hanuz ochilmadi. Hozirgacha park ta’miri uchun 5 mlrd so‘m sarflandi, 7 noyabr kuni esa poytaxt deputatlari yana 35 mlrd so‘m ajratdi. «Gazeta.uz» mehmonxonalar qurshovida qolayotgan parkdan reportaj tayyorladi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonga dronlarni olib kirishi uchun Turizm vazirligi, «Chorvoq» erkin turistik zonasi direksiyasi, «Geoinnovatsiya markazi» va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy komissiyasiga ruxsat berildi.
XVJ 2023 yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 5%dan kamroq bo‘lishini prognoz qilmoqda. Tashkilot joriy holatni tahlil qilib, kelgusidagi barqarorlikni saqlab turishda fiskal siyosat yo‘nalishlari, soliqqa tortish va imtiyoz berish chora-tadbirlari, shuningdek, xususiylashtirish bo‘yicha qator ko‘rsatmalar berdi.
O‘zgidromet kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishi sababli Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.
Oliy Majlis Senatining rasmiy saytiga xakerlik hujumi uyushtirgan 16 yoshli o‘smir va uning sheriklari jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 278−2-moddasi 2-qismi «a» bandi (kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekat 21 noyabrdan 6 dekabrga qadar yopiladi. Bu vaqtda yo‘l o‘tkazgichining yer ustki qismida demontaj ishlari amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Bojxona qo‘mitasi huzurida «Bojxona-servis» davlat muassasasi tashkil etildi. Tuzilma deklaratsiya xizmatlarini ko‘rsatadi, shuningdek, bojxona organlari tomonidan olib qo‘yilgan tovarlarni sotish bilan ham shug‘ullanadi.
O‘zbekiston tumanidagi yashirin sexda qalbaki yog‘ mahsulotlarini qadoqlash faoliyati bilan shug‘ullanib kelganlar aniqlandi. U yerdan 1,8 tonna iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi.
«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov energetikada monopoliya tugamasa, aholini gaz va elektr bilan ta’minlashda sifat o‘zgarmasligini aytdi. «Muammo — boshqaruv va ta’minot tizimining eskirganida» — dedi u. Avvalroq vazir o‘rinbosari uzilishlar sababini yoqilg‘i yetishmasligi bilan izohlagandi.
O‘tgan 9 oy davomida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi qariyb 190 trln so‘mni tashkil etdi. Investitsion faollik Sirdaryo (127,6%), Samarqand (122,5%) va Qoraqalpog‘istonda (118,9%) qayd etilgan bo‘lsa, Buxoro (98,5%), Qashqadaryo (96%) va Toshkent shahrida (97,6%) nisbatan pasayish kuzatildi.
O‘zi va sheriklarining jami 24 mln so‘m miqdoridagi mablag‘larini «moliyaviy jihod» sifatida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali Suriyadagi jangarilarga yuborgan shaxs javobgarlikka tortildi.
Salkam ikki yil Qarshi tumaniga rahbarlik qilgan Maqsuda Mustafoyeva maktabda ish boshladi. Sobiq hokim 16 noyabr kuni Qarshidagi 11-maktabga direktor etib tayinlangan. U hokimligida bir necha mojaroli ishlar ishtirokchisi sifatida ommaga tanilgandi.
12 noyabr kuni Rishton tumanida otasining ahvoli yomonlashgani sabab tez yordamga murojaat qilgan shaxslar bemor shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgani uchun tibbiyot xodimini katlaklagani aytilmoqda. Tuman IIB holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting