Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Leyen koronavirus inqirozi sharoitida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarni ittifoq byudjetiga «Marshal rejasi» kabi milliardlab yevro investitsiya jalb qilishga chaqirdi.
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan bemorlar soni 397 kishi yetdi.
Shekspir asarlarini o‘zi yozganmi, u aslida hayot bo‘lganmi kabi savollarga javob va rahmat aytishning muhimligi haqida — «Mazmunli karantin» loyihasining navbatdagi sonidan o‘rin olgan TED chiqishlari.
Yaponiyada koronavirus tufayli favqulodda holat joriy etilishi kutilmoqda. Hukumat koronavirus infeksiyasini to‘xtatish uchun 1 trln dollarlik rag‘batlantirish dasturini qabul qilishni rejalashtirmoqda.
SSV 6 aprelgacha jami 151 269 fuqaro karantin kuzatuvida bo‘lganini ma’lum qildi. 62 574 kishi «o‘zini yakkalash» hayot tarziga o‘tkazilgan, 88 695 kishi esa statsionar va uy karantin kuzatuvida qolmoqda.
Aniqlangan koronavirus holatlari sonining keskin ortishi testlashtirishning kengaytirilgani bilan bog‘liq, deya izoh berdi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. 5 aprelning o‘zida 4700 dan ortiq test o‘tkazilib, 76 ta holat aniqlandi.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov karantin vaqtida shifoxonalarda, karantin zonalarida va uyda bo‘lish qoidalari bo‘yicha tavsiyalarni ma’lum qildi. Vazirning aytishicha, koronavirus bemorlari shifoxonaga kelgandan keyin shifokorlarning tavsiyalariga kirmagan holatlar ham uchragan. Uyda va karantin zonalarida ko‘rishish va quchoqlashishni to‘xtatish kerakligi maslahat berildi.
BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ko‘plab ayollar koronavirus epidemiyasi tufayli uyda zo‘ravonlikka duch kelayotganini ma’lum qildi. Ba’zi davlatlarda zo‘ravonlikka qarshi yordam xizmatiga murojaat qilgan ayollar soni ikki baravar ko‘paygan.
Bosh prokuratura fuqarolarga 6 apreldan boshlab kundalik yuritishlarini so‘rab murojaat qildi. Karantin davrida har bir fuqaroga qachon, kim bilan, qayerda va qay tarzda muloqot qilganini yozib borish tavsiya etilgan.
Xitoyda karantin tugaganidan keyin ajrashish bo‘yicha murojaatlar soni keskin oshgan. Ba’zi provinsiyalarda uydagi zo‘ravonlik holatlarining ko‘paygani aytilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasini yuqtirgan shaxslar yana kimlarga kasallik yuqtirganini ma’lum qildi. Jumladan, bir bemor avval ota-onasiga, otasi esa 36 hamkasbiga koronavirus yuqtirgan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 5 aprel kuni koronavirus infeksiyasining alomatlari yo‘qolmaganligi uchun kasalxonaga yotqizildi. Uning shifokori bu holatni «ehtiyot chorasi» deb atamoqda.
Nukus shahrida yashayotgan bir erkak kishi va uning onasida «COVID-19» infeksiyasi aniqlanib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Ma’lum bo‘lishicha erkak kishi ish yuzasidan 14 mart kuni Toshkent shahrida bo‘lgan.
O‘zbekistonda bugungi kunga qadar karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq holatlar 29 953 taga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning 188 nafari erkak, 202 nafari ayollardir. Ulardan 9 nafarining ahvoli nisbatan og‘ir, 2 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir baholanmoqda.
1 maydan boshlab O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi,
Yaqin kunlarda respublika bo‘yicha yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Ayrim joylarda harorat kechalari -1 darajagacha tushadi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 390 taga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni 342 taga yetdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 310 taga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting