Ilhom Matkarimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning «Lukoyl» oldida 600 mln dollar qarzi mavjudligini tan oldi va nima uchun mahsulotni bo‘lib olish to‘g‘risidagi bitimni imzolashda milliy manfaatlar hisobga olinmaganini so‘radi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokuror Otabek Murodovni poraxo‘rlikda aybladi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Yangi bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshevga prokuratura organlaridagi korrupsiyalashgan tizimni buzib tashlash vazifasi topshirildi.
Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga saylandi.
«Barnaul avtoformatsiyalangan issiqqa chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish» zavodining Mirzacho‘lda filiali ochiladi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha 2017 yilgi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan qozog‘istonlik qizlarda doping aniqlangani sababli oltin medallar o‘zbekistonlik gimnastikachilarga topshirildi.
Tbilisida minglab namoyishchilar «Rossiya bosqiniga qarshi» norozilik aksiyasiga chiqdi. Aksiyaga rossiyalik deputatning Gruziya parlamentidani nutqi sabab bo‘ldi.
Samarqand tumanidagi Xo‘jag‘unjoyish mahallasida o‘rmon xo‘jaligida yerlarni sotgan shaxslar tomonidan fuqarolarga 300 ming dollar mablag‘ qaytarib berildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Klara Jumamuratova «snos» bilan bog‘liq masalalar tartibga solinishini aytib o‘tdi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi Sirdaryodagi bolalar bog‘chasida zaharlanish holatini tekshirmoqda. Hodisaga sifatsiz ichimlik suvi sabab bo‘lgan.
Belarus O‘zbekistonga birgalikda yuk, maxsus va tirkamali texnikalar hamda avtobuslarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning besh tashabbusi bo‘yicha Implementatsiya strategiyasining ishchi talqini jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.
Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovga chiqarilgan hukm sudlanuvchilardan birining appelyatsion shikoyati sababli hali kuchga kirgani yo‘q.
Guliston shahrida ijarada yashagan 21 yoshli O‘.A. ismli ayol 26 yoshli A.I. tomonidan rashk oqibatida o‘ldirilgan.
Avazbek Madaminov Adliya vazirligining Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan suhbatida tavakkalchilikka asoslangan teleshoularni tartibga solish masalasi muhokama qilindi.
O‘zbekistonlik 32 yoshli Vitaliy Denisov Qozonning «Rubin» klubi tarkibiga qo‘shildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari va komissiyasining majlislari bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda 1560 nafar yakka tartibdagi tadbikorning 21 mlrd so‘m, 3250 fuqaroning 1,7 mlrd so‘mlik soliq qarzi undirildi. Eng ko‘p soliq qarzdorligi qurilish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bosh vazir tomonidan ilgari surilgan Elmira Bositxonova nomzodini bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qulladi. Hozirda qo‘mitaga Tanzila Norboyeva rahbarlik qilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting