«Gazeta.uz» karantin davomida unumli vaqt o‘tkazishingiz uchun «Mazmunli karantin» loyihasini davom ettiradi. Loyiha davomida o‘zbek tiliga tarjima qilingan TED chiqishlari va TED-Ed darslari taqdim etib boriladi.
Nargis Islamova Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tiklangunga qadar fuqarolar uchun «Indiyskoye kino», «Dom Kino», «Disney», «Yeuronews» va «Discovery channel» kanallari ochiq rejimda efirga uzatiladi.
27 mart kuni soat 06:00dan boshlab Samarqand shahriga barcha hududlardan transport vositalarida kirish to‘xtatiladi. Shu kundan boshlab shahar hududida tramvay va avtobuslar harakati ham to‘xtatiladi.
Qarshi tumanida fermer ko‘p yillik chinorlarni noqonuniy kesib, tabiatga 100 mln so‘mlik zarar yetkazdi. Unga nisbatan sud qarori rasmiylashtirildi.
Senat qonunchilikka epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik javobgarlikni kuchaytiruvchi o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Epidemiya sharoitida yolg‘on xabarlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy etilgan karantin qoidalarini buzgani uchun 980 kishiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.
27 martdan Andijon shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi. Kommunal xizmatlar va telefon aloqasi uchun qarzdorlar ikki oy davomida xizmatlardan uzilmaydi.
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashish uchun shifoxonalar qurilishi boshlandi. Ulardan birinchisini 5 kun ichida foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
YATTlar uchun ijtimoiy soliq miqdorining kamaytirilishi, 1995 yilgacha O‘zbekistonga kelganlarning fuqaro deb tan olinishi, yer uchastkalarini dehqonchilik uchun ochiq tanlov orqali ajratish tajribasi va boshqalar — 1 apreldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston xalq shoiri Oxunjon Hakimov 86 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.
Tojikiston hududida sodir bo‘lgan zilzila Toshkent va boshqa shaharlarda ham sezildi. Poytaxtda yer osti silkinishlari kuchi 4 balni tashkil etdi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshib, 65 nafarni tashkil etmoqda.
Istanbulda bo‘lib qaytgan namanganlik fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Koronavirus bemorlari soni 60 kishiga yetdi.
26 martdan Namangan shahriga kirish va chiqish to‘xtatiladi. Ikki oy davomida kommunal xizmatlar va telefon aloqasi uchun qarzdorlar xizmatlardan uzilmaydi.
Xorijda bo‘lib qaytgan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan yana uch fuqaroda COVID-19 aniqlanib, holatlar soni 59 taga yetdi. 25 mart kuni jami 9 kishining virus yuqtirgani tasdiqlandi.
«Gazeta.uz» karantin davomida unumli vaqt o‘tkazishingiz uchun «Mazmunli karantin» loyihasini boshladi. Loyiha davomida o‘zbek tiliga tarjima qilingan TED chiqishlari va TED-Ed darslari taqdim etib boriladi.
Markaziy bank rubl va tengening qadrsizlanayotgani so‘mning almashinuv kursiga ta’sir ko‘rsatmayotgani sabablarini sanab o‘tdi. Xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning pasaygani, bank kreditlariga bo‘lgan talabning sezilarli darajada kamayishi shular jumlasidan.
Davlat mulki obyektlarini ijaraga olgan tadbirkorlar karantin sababli foydalanilmagan davr uchun ijara to‘lovidan ozod qilindi.
«Ijtimoiy fikr» so‘rov o‘tkazgan 54 foiz respondentlar oziq-ovqat mahsulotlari narxlari koronavirus sababli oshganini ma’lum qildi. Ayniqsa, Buxoro, Andijon, Namangan va Samarqand viloyatlari aholisi narx oshganini qayd etgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting