Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCHda 2 ta medalni qo‘lga kiritdi
19 may 2022, 16:35

Boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCHda 2 ta medalni qo‘lga kiritdi

Boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Aziza Yoqubova va Mohira Abdullayeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu o‘zbek boks maktabi tarixida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarda qo‘lga kiritilgan ilk medallardir.

Andijonda o‘z joniga qasd qilishga uringan 5 o‘quvchi qutqarib qolindi
19 may 2022, 16:25

Andijonda o‘z joniga qasd qilishga uringan 5 o‘quvchi qutqarib qolindi

Andijon viloyatida 2022 yilning dastlabki uch oyida 10 nafar maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgan. Ulardan 5 nafarining hayoti qutqarib qolingan.

BMT Rossiyani Ukrainaning dengiz portlaridan don olib chiqishiga ruxsat berishga chaqirdi
19 may 2022, 16:11

BMT Rossiyani Ukrainaning dengiz portlaridan don olib chiqishiga ruxsat berishga chaqirdi

Ukraina 20 mln tonnadan ortiq donni sotishi mumkin edi, biroq urush boshlanganidan beri mamlakat dengiz portlari to‘sib qo‘yilgan, deya qayd etdi BMT. Tashkilotning bildirishicha, yetkazib berish qayta tiklanmasa, Janubiy Osiyo va Afrikada oziq-ovqat inqirozini yengish qiyinlashadi, oziq-ovqat narxlari ko‘tarilishda davom etadi.

Germaniyaning SAP kompaniyasiga O‘zbekistonda mintaqaviy ofis ochish taklifi bildirildi
19 may 2022, 16:06

Germaniyaning SAP kompaniyasiga O‘zbekistonda mintaqaviy ofis ochish taklifi bildirildi

Germaniyaning tashkilotlar uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi SAP kompaniyasiga O‘zbekistonda o‘zining mintaqaviy ofisini ochish taklif etildi.

O‘zbekistonga futbol bo‘yicha Jahon kubogi olib kelinadi
19 may 2022, 15:30

O‘zbekistonga futbol bo‘yicha Jahon kubogi olib kelinadi

FIFAning maxsus turnesi doirasida O‘zbekistonga futbol bo‘yicha Jahon kubogi olib kelinadi. 6 iyun kuni o‘tkaziladigan taqdimot doirasida futbol yulduzlari — Kristian Karambyo va Karles Puyolning ishtirok etishi kutilyapti.

Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikistondan elektr energiyasi uchun qarzi $100 mlndan oshdi
19 may 2022, 14:01

Afg‘onistonning O‘zbekiston va Tojikistondan elektr energiyasi uchun qarzi $100 mlndan oshdi

Afg‘oniston O‘zbekiston va Tojikistondan elektr energiyasi uchun $100 mlndan ortiq qarzi borligi ochiqlandi. Energetika va suv resurslari vazirligi qarzni to‘lashda ushbu mamlakatlarga pul o‘tkazishdagi qiyinchiliklar to‘sqinlik qilayotganini qayd etdi. O‘zbekiston Energetika vazirligi Afg‘oniston tomoni o‘tgan yil davomida elektr energiyasi uchun qarzni to‘liq to‘laganini ma’lum qildi.

Anomal issiq va quruq kunlar soni ortib bormoqda — O‘zgidromet
19 may 2022, 13:45

Anomal issiq va quruq kunlar soni ortib bormoqda — O‘zgidromet

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda anomal issiq kunlar soni yiliga me’yordagi 15−30 kundan 25−40 kungacha ko‘paydi. Qurg‘oqchilik davri davomiyligi ko‘p yillik o‘rtacha 30−70 kundan 50−80 kungacha ko‘tarildi, deya xabar qildi O‘zgidromet.

Tojikistonga KXSHT qo‘shinlari kiritilishi mumkin
19 may 2022, 13:42

Tojikistonga KXSHT qo‘shinlari kiritilishi mumkin

KXSHT qo‘shinlari Qozog‘iston misolida Tojikistonga Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatidagi vaziyatni yumshatish maqsadida kiritilishi mumkin. Qirg‘izistonlik ekspert Artur Medetbekovning fikricha, Tojikiston rahbari vaziyat tashqi terrorchilar tomonidan izdan chiqarilayotganini isbotlasa Emomali Rahmon rejimini saqlab qolish uchun KXSHT qo‘llanilishi mumkin.

Namanganda aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxs 4 yilga qamaldi
19 may 2022, 12:42

Namanganda aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxs 4 yilga qamaldi

Namanganlik 22 yoshli fuqaro Telegram tarmog‘i orqali aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilishda gumonlanadi va huquq-tartibot idoralari uning telefonini tekshirish uchun olib qo‘yadi. Bundan xavfsiragan ayblanuvchi Farg‘ona orqali Qirg‘izistonga qochib ketishga uringanida ushlandi. U voqea qanday bo‘lgani va kimdan maslahat olib turganini so‘zlab berdi. Sud unga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Bir oy ichida muomaladagi naqd pullar rekord darajada — 5,3 trln so‘mga oshdi
19 may 2022, 12:33

Bir oy ichida muomaladagi naqd pullar rekord darajada — 5,3 trln so‘mga oshdi

Aprel oyida muomaladagi naqd pullar hajmi rekord darajada — 5,3 trln so‘mga oshdi. Markaziy bank avvalroq mart oyining ikkinchi yarmida boshlangan naqd pulga bo‘lgan talab keskin oshgani haqida xabar bergan edi.

O‘zbekistonda 2606 km uzunlikda beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi
19 may 2022, 12:14

O‘zbekistonda 2606 km uzunlikda beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi

2022 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 2606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi. Yo‘l manzillari jamoatchilik fikri va takliflari asosida shakllantiriladi.

«Ayntraxt» Yevropa ligasi g‘olibiga aylandi
19 may 2022, 11:53

«Ayntraxt» Yevropa ligasi g‘olibiga aylandi

Germaniyaning «Ayntraxt Frankfurt» va Shotlandiyaning «Reyndjers» jamoalari o‘rtasida kechgan Yevropa ligasi final o‘yinida nemis klubi g‘alaba qozondi. Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda 1:1, penaltilar seriyasida 5:4 hisobi qayd etildi.

Tojikistonning Tog‘li Badaxshonida nimalar bo‘ldi?
19 may 2022, 11:53

Tojikistonning Tog‘li Badaxshonida nimalar bo‘ldi?

Tojikiston IIV namoyishlar bo‘lib o‘tgan Tog‘li Badaxshonda bir kishi vafot etgani, 13 nafar harbiy jarohatlanganini ma’lum qildi. Rasmiylar voqeani «jinoiy guruhning jamoat xavfsizligini buzish va aholini qo‘rqitish maqsadida» uyushtirgan provokatsiyasi sifatida baholadi. OAV esa jurnalistlarga bosim va hujumlar haqida xabar bermoqda. Ehtimoliy tashkilotchilarga nisbatan esa jinoyat ishi ochildi.

Poytaxt va 7 ta hudud hokimiyatlari mahalliy budjetlar ochiqligi bo‘yicha talablarni buzdi
19 may 2022, 11:46

Poytaxt va 7 ta hudud hokimiyatlari mahalliy budjetlar ochiqligi bo‘yicha talablarni buzdi

Toshkent shahri va 7 ta hudud hokimiyatlari ochiq ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid ravishda mahalliy budjetlarning ijrosi va birinchi chorakda mablag‘larni yo‘naltirish maqsadlari to‘g‘risidagi axborotlarni joylashtirmagan. Ular Antikorrupsiya agentligi tomonidan ogohlantirildi.

Aziz Abduhakimov SHHT turizm vazirlariga doimiy muvofiqlashtiruvchi guruh tuzishni taklif qildi
19 may 2022, 11:22

Aziz Abduhakimov SHHT turizm vazirlariga doimiy muvofiqlashtiruvchi guruh tuzishni taklif qildi

Aziz Abduhakimov SHHTga a’zo mamlakatlar turizm vazirlariga o‘zaro hamkorlikni jadallashtirish maqsadida doimiy muvofiqlashtiruvchi guruh tuzishni taklif qildi. Guruhga turizm vazirlari o‘rinbosarlari rahbarlik qiladi va davlatlar o‘rtasida eng ommabop turistik yo‘nalishlar xaritasini tuzib chiqadi, transchegaraviy sayyohlik almashinuvi imkoniyatlarini o‘rganadi. Qolaversa, vazir qo‘shma turistik yo‘nalishlarni yaratish, elektron tijorat mahsulotlari va xizmatlarini joriy qilish zarurligini ta’kidladi.

Navoiyda sport anjomlari 1,4 mlrd so‘mga qimmat narxda sotib olingani aniqlandi
19 may 2022, 10:10

Navoiyda sport anjomlari 1,4 mlrd so‘mga qimmat narxda sotib olingani aniqlandi

Navoiy viloyati XTB sport anjomlarini haqiqiy bahosidan 787,8 mln so‘mga, viloyatning sobiq turizm va sport bosh boshqarmasi mansabdorlari esa 598,9 mln so‘mga qimmatroq sotib olgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

18 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 may 2022, 22:00

18 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonda joriy etilayotgan gaz va elektr energiya uchun «ijtimoiy norma», OTMga qabul uchun davlat buyurtmasini kamaytirish taklif etilayotgani, oylik maoshi oshiriladigan tibbiyot xodimlari, Isroildagi Al-Aqso masjidi kutubxonasidan olib kelingan o‘zbek allomalari qo‘lyozmalari nusxalari va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 18 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Namanganda o‘quv mashinasi avariyaga uchradi, bir kishi halok bo‘ldi
18 may 2022, 19:45

Namanganda o‘quv mashinasi avariyaga uchradi, bir kishi halok bo‘ldi

Namangan viloyatida Lacetti hamda Cobalt o‘quv mashinasi to‘qnashdi. Lacetti haydovchisi hodisa joyida halok bo‘ldi, Cobalt haydovchisi esa kasalxonaga yotqizildi.

Jizzaxda moliyaviy piramida tashkilotchilari qariyb 700 mln so‘mni qo‘lga kiritishdi
18 may 2022, 19:22

Jizzaxda moliyaviy piramida tashkilotchilari qariyb 700 mln so‘mni qo‘lga kiritishdi

Jizzaxda moliyaviy piramida tashkilotchilari Telegram orqali mablag‘ jalb qilib, uning bir qismi avvalroq guruhga qo‘shilganlarga to‘lab kelgani aniqlandi. Jami 692,3 mln so‘m qo‘lga kiritilgan.

O‘zbekistonda gaz va elektr energiya uchun «ijtimoiy norma» joriy etiladi
18 may 2022, 19:03

O‘zbekistonda gaz va elektr energiya uchun «ijtimoiy norma» joriy etiladi

Yaqin kunlarda energetika sohasini isloh qilish bo‘yicha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, deyiladi Iqtisodiy taraqqiyot, Moliya va Energetika vazirliklari qo‘shma bayonotida. 2021 yilni O‘ztransgaz — 2,5 trln so‘m, Milliy elektr tarmoqlari — 2,1 trln so‘m zarar bilan yakunlagan, subsidiyalash siyosati esa yetarli samarani bermayapti. Energoresurslar bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni yaratish uchun esa 25 mlrd dollar zarur. Shundan kelib chiqib, energoresurslar narxini erkinlashtirish hamda «ijtimoiy norma» tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting