Mashhur rassom Vladimir Burmakin vafot etdi
3 sentabr 2024, 10:21

Mashhur rassom Vladimir Burmakin vafot etdi

Taniqli rassom Vladimir Burmakin 87 yoshida vafot etdi. U ko‘plab jahonga mashhur suratlar (jumladan, “Boysun madonnasi”) va Toshkentdagi monumental pannolar (“Paxtakor” metro bekati, “Xalqlar do‘stligi” saroyi va boshqalar) muallifi hisoblanadi.

Toshkentda SHHT va MDH davlatlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi
3 sentabr 2024, 10:07

Toshkentda SHHT va MDH davlatlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi

Toshkentda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining 10-xalqaro konferensiyasi hamda MDHning terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha 2-konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbirlar doirasida MDH davlatlarining “Sharq-Aksilterror-2024” qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Paralimpiada: 6-kunda 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi
3 sentabr 2024, 09:49

Paralimpiada: 6-kunda 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 6 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

Anqarada Alisher Navoiy haykali ochildi
3 sentabr 2024, 09:11

Anqarada Alisher Navoiy haykali ochildi

Anqara shahrining Kechio‘ren tumanida Alisher Navoiy haykali ochildi. Bungacha shoir haykali dunyoning 10 ga yaqin shahrida o‘rnatilgan.

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
3 sentabr 2024, 08:56

Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Nijniy Novgorod viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 7 nafar o‘zbekistonlik — olti erkak va bir ayol halok bo‘ldi, yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi. Vafot etganlarning jasadlarini vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi
3 sentabr 2024, 06:55

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi

O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.

Bosh vazir o‘rinbosari va vazirlar Surxondaryodagi vodorod sulfid chiqqan joyga bordi
2 sentabr 2024, 20:44

Bosh vazir o‘rinbosari va vazirlar Surxondaryodagi vodorod sulfid chiqqan joyga bordi

Prezident topshirig‘iga binoan Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” (M-25) koniga bosh vazir o‘rinbosari Achilboy Ramatov, energetika, favqulodda vaziyatlar vazirlari va boshqalar tashrif buyurdi. “Gazeta.uz” ikki xodim shifoxonaga yotqizilgani haqida ma’lumot oldi.

Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
2 sentabr 2024, 17:53

Rossiyada qarovsiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan yordam ko‘rsatib borish belgilandi.

Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendum oktabr oyida bo‘ladi
2 sentabr 2024, 17:41

Qozog‘istonda AES qurilishi bo‘yicha referendum oktabr oyida bo‘ladi

Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, referendum “keng umummilliy muloqotning yana bir ko‘rinishi” va “eshituvchi davlat” konsepsiyasini amalga oshirishning yorqin namunasi bo‘ladi.

Super kontrakt uchun shartnoma berish boshlandi
2 sentabr 2024, 17:24

Super kontrakt uchun shartnoma berish boshlandi

O‘zbekistondagi davlat OTMlarida super kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi. Tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt qiymatini 15-oktabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foiz chegirma beriladi.

Doniyor Saliyev kumush, Nurxon Qurbonova bronza medalini qo‘lga kiritdi
2 sentabr 2024, 17:09

Doniyor Saliyev kumush, Nurxon Qurbonova bronza medalini qo‘lga kiritdi

Paralimpiya o‘yinlarining uzunlikka sakrash bahslarida Doniyor Saliyev 7.16 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Nurxon Qurbonova esa yadro uloqtirishda o‘zining mavsumdagi eng yaxshi natijasi — 7.75 metr bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bobur Omonov 2 karra Paralimpiada chempioni bo‘ldi
2 sentabr 2024, 16:53

Bobur Omonov 2 karra Paralimpiada chempioni bo‘ldi

Bobur Omonov yadro uloqtirish dasturida 14,32 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikki karra Paralimpiada chempioni bo‘ldi. U bu natijasi bilan 2021-yilda Tokioda o‘zi o‘rnatgan rekordni ham yangiladi.

Eslatma: Maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
2 sentabr 2024, 11:10

Eslatma: Maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?

SSV yangi o‘quv yili oldidan maktab oshxonalarida qanday oziq-ovqatlarni tayyorlash va sotish taqiqlangani haqida eslatma berdi. Ro‘yxat.

Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi
2 sentabr 2024, 10:50

Shavkat Mirziyoyev Paralimpiya chempionlari bilan telefon orqali suhbatlashdi

Prezident Paralimpiya chempionlari Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ularni g‘alaba bilan tabriklab, qolgan ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Avvalroq davlat rahbari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan ham gaplashgandi.

Budapeshtdagi Baliqchilar qal’asi O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi (foto, video)
2 sentabr 2024, 10:41

Budapeshtdagi Baliqchilar qal’asi O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi (foto, video)

1-sentabrga o‘tar kechasi Vengriya poytaxtining diqqatga sazovor joylaridan biri — Baliqchilar qal’asi O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi. Ilk bor o‘tkazilgan aksiya O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlandi.

Paralimpiada: 5-kunda O‘zbekiston delegatsiyasining 12 a’zosi ishtirok etadi
2 sentabr 2024, 05:49

Paralimpiada: 5-kunda O‘zbekiston delegatsiyasining 12 a’zosi ishtirok etadi

Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining beshinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 12 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.

Boysundagi konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi, aholi evakuatsiya qilindi — FVV
2 sentabr 2024, 05:30

Boysundagi konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi, aholi evakuatsiya qilindi — FVV

Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida texnologik jarayon buzilishi sababli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatildi. “Kon yaqinidagi fuqarolar evakuatsiya qilindi, vaziyat to‘liq nazoratda, vahimaga o‘rin yo‘q”, — dedi FVV. Havoning ifloslanish darajasi o‘rganilmoqda.

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi etib tayinlandi
1 sentabr 2024, 16:41

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi etib tayinlandi

Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning BAAdagi elchisi, TIV departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi
1 sentabr 2024, 14:29

“Tashabbusli budjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar ro‘yxati e’lon qilindi

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yildagi 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan 1772 ta loyiha e’lon qilindi. Jarayonlarda O‘zbekiston bo‘ylab 9 mln 81 mingta ovoz berildi.

Foto. Toshkent xalqaro aeroporti qanday o‘zgardi: panjarasiz hudud, Pax Track va boshqalar
1 sentabr 2024, 12:27

Foto. Toshkent xalqaro aeroporti qanday o‘zgardi: panjarasiz hudud, Pax Track va boshqalar

Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yangi ko‘rinishda ochildi. Bino panjaralardan xalos bo‘ldi, endi u yerga mashinada borish mumkin. Yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun katta zal va ichki hovli paydo bo‘ldi. Keyinroq uchib kelish va ketish zallari birlashtiriladi, bu esa aeroportning sig‘imini oshiradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting