O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi sanoat majmuasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi.
2020-yil aprelidan boshlab boyitilmagan birinchi navli un va tuz importi taqiqlanadi.
Ortda qolayotgan yilning so‘nggi kunlarida havo harorati +5…+10 darajagacha tushadi, biroq bayramda qor yog‘ishi kutilayotgani yo‘q.
Shavkat Mirziyoyev siyosiy muxolifat haqida so‘zlar ekan, u mamlakat ichida shakllanishi va xalqning barcha muammolarini bilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Olmaota yaqinida sodir bo‘lgan aviahalokatda insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston rahbariga hamdardlik bildirdi.
“2020-yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, — dedi prezident. U Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish hamda “Yoshlar media xoldingi"ni tuzishni taklif qildi.
28-dekabr kuni Qozog‘istonda umumxalq motam e’lon qilindi. Olmaota yaqinida samolyot qulashi natijasida 12 kishi halok bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatida avtobus ishtirokida yana bir YTH sodir bo‘ldi. Unda 20 kishi bo‘lgan, 10 kishi tibbiy yordamga murojaat qildi, qurbonlar yo‘q.
To‘qqiz oy yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning jami tashqi qarzi 24 foizga o‘sib, 21,5 mlrd dollarni tashkil etdi. Qarzdorlik asosan davlat sektori hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yil oxiriga kelib bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 52 foizga, o‘qituvchilar soni esa 90 ming nafarga yetdi.
Farg‘ona viloyatida ikkita Nexia avtomobili Isuzi avtobusi bilan to‘qnashdi, yengil avtomobillardan birining to‘rt yo‘lovchisi halok bo‘ldi.
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tahoe, Traverse, Trailblazer va Equinox avtomobillari narxlarini e’lon qildi. Trailblazer va Equinox uchun shartnomalarni tuzish 27 dekabrdan boshlandi.
Bek Air kompaniyasining «Olmaota-Nur-Sulton» reysi samolyoti parvoz paytida quladi. Bortda 100 kishi bo‘lgan. 9 kishi o‘lgani haqida xabar berildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismga tashrif buyurdi.
Germaniyaning Airport Research Center kompaniyasi va Rossiya Fuqaro aviatsiyasi innovatsion markazi O‘zbekiston aeroportlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi.
Mudofaa vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Vatanparvarlik — milliy yuksalish kafolati!» shiori ostida o‘tkaziladigan tadbirlar haqida axborot berildi.
Prezident Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i oldida ijod maktabi va muzeyga tashrif buyurdi. Boqqa kiraverishda haykal o‘rnatildi.
«Yandeks» ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdagi tirbandliklarning o‘rtacha bali yil davomida avgustdagi 4,5 dan aprelda 5,8 gacha atrofida bo‘ldi. Noyabr oyi oxiridagi ertalabki yaxmalak 9 ballik tirbandlikni keltirib chiqardi.
Ikki yil davomida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida tibbiy gips o‘rniga 351 tonna qurilish gipsi ishlatilgan, dedi bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev.
Prezident investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Chet ellik va mahalliy investorlarning natsionalizatsiya va ekspropriatsiyadan himoyalanishi kafolatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting