Farg‘ona shahrida Spark haydovchisi keskin tormoz bosishi sababli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga urildi. Oqibatda 4 kishi shifoxonaga yotqizildi, ulardan 2 nafari vafot etdi.
Prezident poytaxtning Temur Malik ko‘chasidagi yangi yo‘l o‘tkazgichni borib ko‘rarkan, Toshkent halqa avtomobil yo‘lining boshqa tirband chorrahalarida ham shunday yo‘l o‘tkazgichlar qurishni buyurdi, deya ma’lum qildi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rahbari Jamshid Tursunov.
Konimex tumanida O‘zbekistondagi ilk safari turizm klasteri ko‘rinishidagi o‘tov oromgohi ochildi. Unda sig‘imi 150 o‘ringa mo‘ljallangan 30 ta o‘tov mavjud bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 500 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Toshkent shahrida avtobuslar bayram kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi. Metro esa 31-avgust va 1-sentabr kunlari odatiy ish kunlari uchun belgilangan, 2 va 3-sentabr kunlari esa dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanadi.
O‘zbekistonda maktablarning yagona ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari va Davlat ta’lim standarti (DTS) jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Ularni takomillashtirish 2025-yil oxirigacha yakunlanadi, deya ma’lum qildi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakili. Shuningdek, dts.uz platformasi ishga tushadi.
Avgust oxiri va bayram kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo kuzatiladi. 1-sentabrdan harorat foni pasayib, kunduzi +28…+31, kechasi +13…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Bu kunlarda havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda.
Farg‘onada 6 mingdan ortiq xonadonga issiqlik ta’minoti bo‘yicha 4 mlrd 173 mln so‘mdan ortiq qarzdorlik asossiz hisoblangani aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlari natijasida ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan mablag‘lar bekor qilindi.
Parkent tumanidagi yo‘l qurilishi davomida ming yillik tarixga ega qabr qoldiqlari topildi. Qolaversa, bu yerdan dafn buyumlari, temir qilich, bronza uzuk, sopol idish hamda muhr chiqdi. Hozirda ular laboratoriyaga yuborilgan va hududda arxeologik qazishma ishlari davom etmoqda.
Toshkent shahridagi metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi. Grafik metropolitenda yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida darslarga yetib borishi uchun qulaylik yaratish maqsadida tuzilgan.
Keysuke Minami O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi. U Yaponiyada O‘zbekistonning turizm salohiyati va brendini keng targ‘ib qilish, sayyohlik loyihalarini amalga oshirish, yetakchi OAVda mamlakat salohiyati haqida ko‘rsatuvlar tayyorlash va maqolalarni chop etishga ko‘maklashadi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida Parij Olimpiadasida yurak xurujiga uchragani va ingliz shifokorlar unga yordam bergani haqida gapirdi. U tayvanlik bokschi va sportchilarga beriladigan mukofot pullari haqida ham fikr bildirdi.
Raqobat qo‘mitasi hududlarda dori vositalarining belgilangan referent narxlaridan oshirib sotilgan holatlarni aniqladi. Dorixonalar salkam 50 mingta holatda iste’molchilardan 5,4 mlrd so‘mga yaqin asossiz daromad olgan. Pullar fuqarolar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlarining birinchi kunidan so‘ng O‘zbekiston 2 ta medal bilan 18-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi kunda esa mamlakatdan 19 nafar vakil sportning 6 ta turi bo‘yicha ishtirokini boshlaydi. Sportchilar ro‘yxati va o‘yinlar taqvimi.
Gruziya Konstitutsiyaviy sudi mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunga qarshi da’volarni ko‘rib chiqishni boshladi. Da’vogarlar Gruziya prezidenti, nodavlat tashkilotlar, muxolifat deputatlari va mediatashkilotlar hisoblanadi.
O‘zbekistonlik parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova Parij Paralimpiadasi finalida perulik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medalga ega chiqdi.
O‘zbekistonlik parasuzuvchi Muslima Odilova Parij Paralimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi. U faoliyatida ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarilmoqda. Uning medali O‘zbekiston delegatsiyasi uchun turnirdagi birinchisi bo‘ldi.
Namibiya hukumati 700 dan ortiq yovvoyi hayvon, jumladan, fil, begemot va zebralarni o‘ldirish rejasini tasdiqladi. Ularning go‘shti mamlakatda yuz bergan so‘nggi 100 yildagi eng yomon qurg‘oqchilik fonida oziq-ovqat tanqisligiga duchor bo‘lgan jamoalarga tarqatiladi.
Toshkent shahrida rekonstruksiya qilinib, kengaytirilgan Temur Malik ko‘chasi bo‘ylab yangi yo‘l o‘tkazgich foydalanishga topshirildi. Prezident ko‘chaga tashrif buyurib, “yangi yo‘l va inshootlar Mustaqillik bayramiga tuhfa” ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Jamoat xavfsizligi universitetini borib ko‘rdi. Bu yerda bir nechta o‘quv muassasalarini birlashtirgan harbiy ta’lim tizimi yaratilgan. Prezident ofitserlar bilan suhbatlashib, o‘quv dasturini bugungi xavf-xatarlarga moslashtirib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Qozog‘iston avtotransportda benzin va dizel olib chiqishga 2022-yil iyul oyida joriy etilgan taqiqni yana uzaytiradi, shuningdek, mamlakat ichidagi yaxshi hosil tufayli olma importi cheklanadi. Yil boshidan buyon O‘zbekiston Qozog‘iston bozoriga 2,8 mln dollardan ortiq olma yetkazib berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting