Farg‘ona viloyati hokimiyati hokim Shuhrat G‘aniyevning soqol va ro‘mol haqidagi so‘zlariga qarshi bildirilgan fikrlardan xulosa chiqarganini ma’lum qildi. Senatda ushbu masala yuzasidan odob komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Bekoboddagi bolalar ommaviy ovqatdan zaharlangan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Ovqat tayyorlash bloki va guruhlarda sanitariya qoidalariga rioya qilinmagani aniqlandi.
O‘zbekistonlik ixtirochilar Robototexnika xalqaro chempionatida tibbiyot sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan Smart doc box uskunasini yasab, birinchi medallarni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik kurashchi Mahmud Murodov UFC’dagi ilk jangida italiyalik Alessio Di Kirikoni mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘zbekiston va AQSH besh yil davomida xalq ta’limi islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 mln dollargacha miqdorda grant ajratilishi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.
Turkiyadagi zilzilada jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolarining mavjudligi haqida kelib tushmadi, deya xabar qildi TIV.
Toshkent prokuraturasi poytaxt hokimi nomiga taqdimnoma kiritganidan so‘ng Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari lavozimidan chetlashtirildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
Adliya vazirligi tadbirkorlarni noqonuniy ravishda homiylikka jalb qilishga qarshi aksiya e’lon qildi va zarur choralar ko‘rilishiga va’da berdi.
O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmatining sobiq xodimlari va ularning sheriklariga nisbatan hukm e’lon qilindi.
Bekoboddagi 15-MTM tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanib shifoxonaga yotqizildi. SSV holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi Xalqaro xokkey federatsiyasiga qabul qilindi.
Balashixada muzey restavratsiyasi uchun taklif qilingan o‘zbekistonliklarning politsiya xodimlari tomonidan kaltaklanishi yuzasidan Rossiya huquqni muhofaza qilish organlariga rasmiy murojaat yo‘llandi.
Jinoiy ishlar bo‘yicha sudyalarning 22,2 foizi 35 yoshga to‘lmagan. Yoshligi va tajribasizligi sababli ular qabul qilgan qarorlarning ayrimlari yuqori bosqich sudlari tomonidan bekor qilingan.
Farhod Mahmudov Prezident administratsiyasi rahbariga o‘rinbosar etib tayinlandi.
2017-yilda davlatga xiyonatda ayblanib qamalgan sharqshunos olim Andrey Kubatin oqlandi.
Fransiyaga 12 yil prezidentlik qilgan Jak Shirak 87 yoshda vafot etdi.
«Xalq banki» Bo‘ka filiali boshqaruvchisining birinchi o‘rinbosari soxta hujjatlar bilan katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirgani aniqlandi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bosh vazir topshirig‘i bilan 1 fevralga qadar o‘rmonlardan tashqaridagi daraxtlarni kesishga moratoriy joriy etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi ishlab chiqildi. Bu vaqt davomida daraxt va butalarni parvarishlar, kaltalatik va kesish me’yorlari qayta ko‘rib chiqiladi.
Qashqadaryoda ikki «Damas»ning to‘qnashib, yonib ketishi oqibatida besh kishi vafot etdi, to‘rt kishi jarohatlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting