Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaga qo‘shimcha vazifa yuklatildi — u Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Raqobat qo‘mitasi so‘nggi vaqtlarda OAVda reklama tarqatishda “qonunchilik talablari buzilishi” fonida barcha davlat va nodavlat telekanallariga ko‘rsatma xati yubordi. Qo‘mita ulardan bir oy ichida reklama faoliyatini qonunchilikka muvofiqlashtirishni so‘rab, aks holda moliyaviy sanksiyalar qo‘llashdan ogohlantirdi.
Prezidentga olib kirilgan taqdimotda sun’iy intellekt bo‘yicha qonunchilik bazasini yaratish taklif qilindi. SI texnologiyalari markazini tashkil qilish, bank-moliya sohasida SIni qo‘llashni kengaytirish, bu bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Prezident kollej va texnikumlardagi to‘liq foydalanilmayotgan o‘quv binolari va xonalari tadbirkorlarga bevosita ijaraga berilishini aytdi. Tushgan mablag‘lar binolarni ta’mirlash va jihozlar sotib olishga sarflanadi.
Sud muntazam zo‘ravonlik orqali xotinini o‘z joniga qasd qilish darajasiga yetkazgan erkakka hukm o‘qidi. Ayol mart oyida Bekobod shahridagi turar joy binosining beshinchi qavatidan sakragandi.
Tayvanlik bokschi Lin Yuy-Tin Olimpiada g‘olibi bo‘ldi. U oltin medal yo‘lida o‘zbekistonlik Sitora Turdibekovani ham mag‘lub etdi. Biroq internetda hanuz uning jinsi haqidagi bahs-munozaralar davom etmoqda. “Gazeta.uz” XOQ va Tayvan yonini olgan bokschi bilan bog‘liq janjal tafsilotlarini o‘rgandi.
Toshkent viloyatida kuniga 1 mln kub metr oqova suvni tozalash quvvatiga ega inshoot quriladi. Bu orqali 100 mingdan ortiq aholi va 100 dan ortiq korxona markazlashgan oqova suv xizmatidan foydalanadi. Loyiha BAA, Fransiya va Yaponiya kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi.
Toshkent viloyatidagi Mehribonlik uyi oromgohida Chilonzor tumanidagi 22-sonli Mehribonlik uyidan kelgan o‘smirlar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgan. Holat videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan. Viloyat IIB tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.
Toshkentda O‘zbekiston delegatsiyasini Parij-2024 XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlariga kuzatish marosimi bo‘ldi. 28-avgustdan 8-sentabrga qadar o‘tkaziladigan o‘yinlarga 65 nafar o‘zbekistonlik para atlet 9 ta sport turidan jami 113 ta litsenziya oldi. Qatnashchilar haqida batafsil.
Futbol jurnalisti Fabritsio Romano “Atlanta Yunayted” klubi “Roma”ga Eldor Shomurodovni sotib olish taklifi bilan murojaat qilganini ma’lum qildi. “Muzokaralar davom etmoqda va ularni amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyat mavjud”, — deya qo‘shimcha qilgan Romano.
AQShning Sierra Nevada Corporation kompaniyasi O‘zbekiston uchun oltita Pilatus PC-12 samolyotini ta’mirlash bo‘yicha shartnoma imzoladi. Loyiha qiymati 64,2 million dollarni tashkil etadi. Ishlarni 2027-yil avgustida yakunlash rejalashtirilgan.
2024-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, firibgarlikda ayblanayotgan Barno Inotova Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Undan jabr ko‘rganlardan Bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.
Qoraqalpog‘istondagi 2-sonli tergov hibsxonasida 2 nafar voyaga yetmagan yigit katta yoshlilar bilan bir kamerada saqlangani aniqlandi va bu qonunga zid. Bolalar ombudsmani aralashuvi bilan ular alohida kameraga o‘tkazildi. Hibsxona mansabdorlariga qattiq hayfsan jazosi qo‘llandi.
Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida Donald Trampning g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik va demokratiyani saqlab qolish uchun bo‘lajak saylovlardan voz kechgani haqida gapirdi. “Prezidentlik katta sharaf bo‘lsa ham, eng muhimi — biz Trampni mag‘lub etishimiz kerak, kerak, kerak”, — dedi u.
Parijda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan sportchilarning murabbiylari 50 ming dollar, kumush olganlarning murabbiylari 25 ming dollar, bronza medalini olganlarniki esa 12 500 dollardan mukofotlandi.
To‘qimachi bekatidagi modernizatsiya ishlari sabab vaqtincha ishlashi to‘xtatilgan Toshkent Markaziy (Shimoliy) vokzali 16-avgustdan faoliyatini qayta boshlaydi.
Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlariga 50 mingdan 200 ming dollargacha bo‘lgan pul mukofotlari, Tahoe va BYD Song Plus avtomobillari, shuningdek, ikki qavatli kottejlar va kvartiralar berildi. “Prezident sovg‘asi” deb yozilgan mukofotlarni bosh vazir va Senat raisi topshirdi.
Asaka tumanidagi 37-maktabda o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilindi. Xabar berilishicha, ish jarayonida maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yiqilib, qo‘li singan. Ular ishga maktab direktorining topshirig‘i bilan chiqqan.
O‘zbekiston aholisiga suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun xususiy sektorni jalb etish rejalashtirilmoqda. Prezident bu masalani o‘rganib, takliflar kiritishni topshirdi. Bugungi kunda aholining qariyb 47 foizi suyultirilgan gaz oladi.
Mirobod tuman sudi sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshlaydi. U o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligi kabilarda gumonlanmoqda. Ishda ikki tadbirkor ham ayblanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting