Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Hasanboy Do‘smatovning g‘alabasini nishonlayotgan vaqtda yurak xurujiga uchradi. Unga yurak-o‘pka reanimatsiyasi va defibrilator qo‘llagan holda Britaniya boks jamoasi mutaxassislari yordam berdi.
Toshkent viloyati Parkent tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 65 km uzoqda joylashgan.
O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov finalda ispaniyalik raqibini mag‘lub etib, Parij Olimpiadasining oltin medalini qo‘lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi Tokio-2020 dan keyingi ikkinchi Olimpiada oltini bo‘ldi.
Parij Olimpiadasida taekvondochi Svetlana Osipova finalgacha yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. U O‘zbekiston tarixida Olimpiadada sovrindor bo‘lgan ilk ayol taekvondochiga aylandi.
Olimpiada finalida qirg‘izistonlik Munarbek Seyitbek o‘g‘liga qarshi jang qilgan bokschi Abdumalik Xalokov raqibini 5:0 hisobida mag‘lub etdi. U terma jamoaga 7-oltin medalni keltirdi.
Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan kurashayotgan rossiyalik kurashchi Razambek Jamalov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Finalda u yaponiyalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi. Bu O‘zbekistonning so‘nggi 20 yil ichida erkin kurash bo‘yicha olgan ilk Olimpiya oltin medalidir.
“Har bir tizim boshida turganlarning o‘zi va jamoasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xohish bo‘lishi kerak”, — dedi SSV rahbari Asilbek Xudayarov. Aksariyat holatlarda porani bergan odam jazolanmay qolayotganini aytgan vazir v.b. uning jamoasi korrupsiyaga qarshi kurashishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Akbar Jo‘rayev Parij Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha kumush medal oldi. U dast (185 kg) va siltab ko‘tarishda (219) umumiy 404 kg to‘plab ikkinchi o‘rinni egalladi.
Iyul oyidagi o‘sishga qaramay, O‘zbekistonda avtomobil savdosi yillik ko‘rsatkichlarda, ayniqsa, xorijiy yengil avtomobillar segmentida (-46,5 foiz) pasayishda davom etmoqda. Ikkilamchi bozorda tuzilgan shartnomalar soni oshdi, ammo umumiy tendensiya savdo hajmining kamayganini ko‘rsatmoqda.
Toshkent shahridagi do‘konlarning birida yong‘in yuz berdi. FVBning ma’lum qilishicha, yong‘in 21 daqiqada o‘chirilgan.
3-sentabrdan Qirg‘izistonning TezJet aviakompaniyasi Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftasiga to‘rt marta — seshanba, chorshanba, juma va shanba kunlari rejalashtirilgan.
Samarqand viloyatida haydovchilik guvohnomasi uchun fuqarolardan imtihon oluvchi markaz ishga tushdi. Ochilish marosimida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va YHXXning yangi boshlig‘i Sherzod Ibragimov qatnashdi.
Andijon viloyatida umumiy qiymati 1,6 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan ikki shaxsga hukm o‘qildi. Ulardan biri 5 yilga, ikkinchi esa 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Olimpiya o‘yinlarining 15-kunida O‘zbekistonning 10 nafar atleti sportning 7 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo, og‘ir atletika, zamonaviy beshkurash va yengil atletika bo‘yicha chiqish qiladi. Yana ikki bokschi va erkin kurashchimiz oltin medal uchun final bahslarini o‘tkazadi.
O‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonov finalda kelib chiqishi kubalik bo‘lgan ozarbayjonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlaridagi ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Beshinchi “oltin” O‘zbekiston uchun barcha Olimpiadalar rekordi bo‘ldi. Jamoa medallar jadvalida 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
O‘zbekistonlik 21 yoshli taekvondochi Ozoda Sobirjonova Olimpiada bronza medali uchun kechgan bahsda so‘nggi uch soniyagacha oldinda borganiga qaramay, yakunda belgiyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekistonlik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev meksikalik raqibini mag‘lub etib, Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik erkin kurashchi G‘ulomjon Abdullayev qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etib, Olimpiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qoraqalpog‘istonda mahallalar 48 ta holatda qariyb 10 mlrd so‘mlik tenderlarni qonun talablariga nomuvofiq o‘tkazgan, deb topdi Raqobat qo‘mitasi. Xarid natijalari yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.
Prezident Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritib, ikki karra chempion bo‘lgan taekvondochi Ulug‘bek Rashitov va bokschi Hasanboy Do‘smatovni telefon orqali tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev Rashitov jarohatiga qaramay g‘alaba qozongani va Do‘smatovning jangini “nafas olmay” kuzatganini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting