Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy reyslarga 30 foiz chegirma e’lon qildi
5 avgust 2024, 23:46

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy reyslarga 30 foiz chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31-avgustdan 3-sentabrgacha barcha mahalliy aviaqatnovlar uchun chipta tariflaridan 30 foiz chegirma e’lon qildi.

Endi ichki yo‘llarni saqlash hududiy obodonlashtirish boshqarmalari zimmasida bo‘ladi
5 avgust 2024, 23:15

Endi ichki yo‘llarni saqlash hududiy obodonlashtirish boshqarmalari zimmasida bo‘ladi

Prezidentga olib kirilgan taqdimotga ko‘ra, ichki yo‘llar va ko‘priklar hokimiyatlar balansida ekani sababli ularning ko‘pi “ta’mirtalab holatda”. Shu bois endi hududiy obodonlashtirish boshqarmalarida ichki yo‘llarni saqlash xizmatlari tashkil etiladi. Ular eng zarur 4 turdagi maxsus texnika bilan ta’minlanadi.

Bangladesh bosh vaziri namoyishlar fonida iste’fo berdi
5 avgust 2024, 21:52

Bangladesh bosh vaziri namoyishlar fonida iste’fo berdi

15 yildan beri hokimiyatda bo‘lib kelgan Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina ommaviy namoyishlar fonida iste’foga chiqdi va mamlakatdan qochib ketdi. Armiya muvaqqat hukumat tuzilganini e’lon qildi.

Prezident Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishdi. Asosiy ma’lumotlar
5 avgust 2024, 21:29

Prezident Raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi bilan tanishdi. Asosiy ma’lumotlar

Prezidentga raqobatni rivojlantirish konsepsiyasi taqdim etildi. Energetika, aeroport xizmatlari va boshqa sohalardagi 17 turdagi davlat monopoliyalarini tugatish kutilmoqda. Ruxsatnomalar va litsenziyalar majburiy sug‘urtaga almashtiriladi, tabiiy monopoliyalar sohasida mustaqil regulyatorlar paydo bo‘ladi.

Yaponiya fond bozorida 1987-yildan beri eng katta qulash yuz berdi
5 avgust 2024, 20:44

Yaponiya fond bozorida 1987-yildan beri eng katta qulash yuz berdi

Yaponiya fond bozori 12,4 foizga tushib ketdi, bu 1987-yildagi “qora dushanba"dan beri eng katta qulash bo‘ldi. Iena kursining ko‘tarilishi, pul-kredit siyosatining keskinlashishi va AQShda iqtisodiy ma’lumotlarning yomonlashuvi tufayli investorlarning yapon fond bozoriga ishonchi pasaydi, deb yozdi Bloomberg.

Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlariga Rossiyani chetlab, Yevropaga yo‘l ochish uchun moliyaviy yordam taklif qiladi — OAV
5 avgust 2024, 20:02

Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlariga Rossiyani chetlab, Yevropaga yo‘l ochish uchun moliyaviy yordam taklif qiladi — OAV

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida Markaziy Osiyo davlatlariga Rossiyani chetlab o‘tib, mintaqa va Yevropani bog‘laydigan yangi savdo yo‘lini yaratish uchun iqtisodiy yordam taklif qiladi, deb xabar bermoqda Yaponiya OAV. Avvalroq AQShda ham shunga o‘xshash rejalar haqida gapirilgan edi.

Surxondaryoda UAZ ag‘darilishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi
5 avgust 2024, 19:48

Surxondaryoda UAZ ag‘darilishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida ikkita UAZ to‘qnashuvida ulardan biri ag‘darildi. Oqibatda mashina salonidagi 6 kishi jarohatlandi. YTHga oid hujjatlar jinoiy sudga yuborildi.

Britaniyada ommaviy tartibsizliklar davom etmoqda
5 avgust 2024, 19:12

Britaniyada ommaviy tartibsizliklar davom etmoqda

Britaniya shaharlarida Sautportdagi bolalar raqs studiyasiga uyushtirilgan va uch qizchaning o‘limiga sabab bo‘lgan hujumdan so‘ng migrantlarga qarshi namoyishlar va zo‘ravonliklar davom etmoqda. Bosh vazir Kir Starmer tartibsizliklarni “o‘ta o‘ng banditizm” deb atadi.

Rossiyadan O‘zbekistonga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti do‘lga duch keldi
5 avgust 2024, 18:39

Rossiyadan O‘zbekistonga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti do‘lga duch keldi

Krasnoyarsk-Toshkent yo‘nalishida uchayotgan samolyot parvoz vaqtida “anomal meteorologik hodisa” — do‘lga duch keldi. Bortdagi 176 kishiga zarar yetmadi, ammo samolyotning old oynalari va meteolokator qismi shikastlandi. Hozirda ta’mirlash ishlari olib borilyapti.

Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschiga o‘zbekistonlik murabbiy sekundantlik qildi. Nega?
5 avgust 2024, 18:08

Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschiga o‘zbekistonlik murabbiy sekundantlik qildi. Nega?

Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschi Munarbek Seyitbek o‘g‘liga o‘zbekistonlik murabbiy sekundantlik qildi. Sportchining shaxsiy murabbiyi akkreditatsiya muammolari sabab Parijga borolmagani uchun jangni o‘z uyida ekran qarshisida tomosha qildi.

“Elita konstitutsiyani xalq uchun yozib, o‘zi uchun istisno qilsa, u ishlamaydi” — Behzod Hoshimov
5 avgust 2024, 18:08

“Elita konstitutsiyani xalq uchun yozib, o‘zi uchun istisno qilsa, u ishlamaydi” — Behzod Hoshimov

Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida nima uchun matni deyarli bir xil bo‘lgan konstitutsiyalar turli mamlakatlarda turlicha ishlashi haqida fikr bildirdi. “Agar elita xalq uchun konstitutsiya yozsa va o‘zi uchun istisno qilsa, demak, bu ishlamaydi”, — deya ta’kidladi u.

Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi
5 avgust 2024, 17:56

Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi

O‘zbekistonda hafta boshida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi. 8−9-avgustda issiq kuchayadi va aksariyat hududlarda havo +40…+44 darajagacha isiydi. Ayrim kunlarda tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.

Sirdaryo daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 87 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetdi
5 avgust 2024, 17:39

Sirdaryo daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 87 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetdi

Sirdaryo daryosining Bekobod tumanidan o‘tgan hududida qum-shag‘al aralashmalari qazib olinayotgani aniqlandi. Buning ortidan tabiatga 87 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetdi, 3 ta yuk mashinasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.

O‘zbekistonda “yashil” stansiyalar ishlab chiqaradigan elektr energiyasi ulushi 25−30 foizga yetdi — Energetika vazirligi
5 avgust 2024, 17:26

O‘zbekistonda “yashil” stansiyalar ishlab chiqaradigan elektr energiyasi ulushi 25−30 foizga yetdi — Energetika vazirligi

O‘zbekistonda 2024-yilda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 25−30 foiz qismi “yashil” stansiyalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 3 yilda IESlar ishlab chiqargan elektr energiyasi ulushi 90 foizdan 70 foizgacha tushdi.

Urganch aeroporti modernizatsiya qilinib, boshqaruvga o‘tkaziladi
5 avgust 2024, 17:16

Urganch aeroporti modernizatsiya qilinib, boshqaruvga o‘tkaziladi

Urganch aeroportini modernizatsiya qilish — yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yangi terminal va boshqa obyektlarni qurish hamda “Qurish, foydalanish, topshirish” ((Build-Operate-Transfer — BOT) modeli bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida boshqaruvga o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ukraina ilk F-16 qiruvchi samolyotlarini qabul qilib oldi
5 avgust 2024, 16:30

Ukraina ilk F-16 qiruvchi samolyotlarini qabul qilib oldi

Ukraina prezidenti Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlari birinchi partiyasini olganini tasdiqladi. Kiyevga ularni olish uchun ikki yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. 2024-yil oxirigacha mamlakatga 20 ta shunday samolyot kelishi kutilmoqda.

Samarqandda Isuzu yuk mashinasi yonib ketdi
5 avgust 2024, 16:21

Samarqandda Isuzu yuk mashinasi yonib ketdi

Payariq tumani tez tibbiy yordam binosining yonida Isuzu yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hodisa joyidagi Cobalt yong‘in ta’sirida zararlangan bo‘lishi mumkin.

Qozog‘iston prezidenti Ostonada O‘zbekiston rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi
5 avgust 2024, 15:50

Qozog‘iston prezidenti Ostonada O‘zbekiston rahbari yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi

Qozog‘istonda o‘tayotgan “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari munosabati bilan Ostonaga borgan O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani Qosim-Jomart Toqayev qabul qildi. Qozog‘iston rahbari ikki davlat prezident adminstratsiyalari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.

“Saidaziz medgorodok” 20 yilga qamaldi
5 avgust 2024, 15:10

“Saidaziz medgorodok” 20 yilga qamaldi

“Saidaziz medgorodok” nomi bilan tanilgan Saidaziz Saidaliyev 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni umumiy koloniyada o‘tash belgilandi.

“Tayyorgarlik uchun vaqtimiz yetmadi”. Timur Kapadze — futbolchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida
5 avgust 2024, 14:42

“Tayyorgarlik uchun vaqtimiz yetmadi”. Timur Kapadze — futbolchilarning Olimpiadadagi ishtiroki haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Olimpiada uchun tarkibni shakllantirishda qiyinchiliklar bo‘lgani va musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt yetarli bo‘lmaganini ta’kidladi. U hech bir futbolchiga e’tirozi yo‘qligini aytib, ta’tilga chiqish rejasini e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting