Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 34−39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim joylarda chang-to‘zonli shamollar kuzatilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev G‘arb davlatlarining Falastin fojiasiga munosabati qattiq xavotirga solayotganini ta’kidladi. “Amalda ikkiyoqlama standartlar kuzatilmoqda. Demokratiya va inson huquqlarini keng targ‘ib qilgan davlatlar bu qotilliklarga ko‘z yummoqda”, — dedi prezident.
Qozog‘istonning Olmaota shahrida o‘tgan para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston 19 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Tailand ikkinchi, mezbonlar esa uchinchi o‘rinni oldi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCH-2026 saralash turnirining beshinchi turida Turkmaniston terma jamoasini mag‘lub etdi (video, foto, statistika).
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Shavkat Mirziyoyevni mamlakatning oliy davlat mukofoti — “Turkiya Respublikasi nishoni” bilan taqdirladi.
Rossiya 2022-yilda bosqin boshlanganidan beri Ukraina elektr stansiyalarining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi yoki egalladi va bu orqali mamlakat energiya ishlab chiqarish quvvati 20 GVt dan pastga tushib ketdi, deb yozdi Financial Times.
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida Cobalt haydovchisi tezlikni oshirish oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi pastlikka quladi. U voqea joyida halok bo‘ldi.
Anqara shahridagi O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakunida prezidentlar Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bundan tashqari, yana 19 ta hujjat imzolandi.
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Anqarada ikki davlat yetakchi kompaniyalari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Istiqbolli yo‘nalishlar sifatida investitsiyaviy sheriklik va sanoat kooperatsiyasi belgilandi. Yetakchilar kengash yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib turishga kelishib oldi.
Toshkent aholisi Do‘stlik (Bobur) bog‘ini tadbirkorga ijaraga berish to‘g‘risidagi qarorlarni bekor qilishni talab qilib, sudga ariza bilan murojaat qildi. Ariza beruvchilar jamoatchilikka ochiq bo‘lmagan hujjatlarda “aholining huquq va manfaatlarini buzuvchi ma’lumotlar bo‘lishi mumkin”ligidan xavotirda.
Anqarada O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar bojxona tariflarini pasaytirish, Istanbulda O‘zbekiston savdo vakolatxonasini ochish bo‘yicha fikr almashdi. Tashrif doirasida 10 mlrd dollarlik yangi investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi.
Oxirgi 12 oy ichida global harorat kuzatuvlar tarixidagi eng yuqorisi bo‘ldi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish mamlakatlarni shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi. “Iqlim jahannamiga olib boradigan yo‘ldan chiqishimiz kerak”, — dedi u.
Pekinda Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. “Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida qaror topgan an’anaviy yaqin va ko‘p qirrali hamkorlik rivojidagi chinakam tarixiy voqeadir”, — dedi Shavkat Mirziyoyev ishtirokchilarni tabriklab.
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hukumatlar oldiga tovar ayirboshlash hajmini 5 mlrd dollarga yetkazish vazifasini qo‘ydi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi, suv resurslarini boshqarish va raqamlashtirish, xavfsizlik va mudofaa sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
“Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmini suratga olishga 30 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan. Film rejissyori Jahongir Ahmedovning aytishicha, bu pulning teng yarmiga “O‘zbekfilm” paviloniga eng oxirgi texnologiyalar olib kelingan. Kartina to‘laligicha pavilonda suratga olingan.
Turkiya poytaxti Anqarada O‘zbekiston rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdog‘anning tor doiradagi muzokaralari boshlandi. Foto.
Migratsiya agentligi Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan va o‘sha yerdagi o‘zbekistonliklarni noqonuniy migratsiya bo‘yicha “Nelegal-2024” reydlaridan ogohlantirdi. Qonun buzilishi holatlari Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari va Mangistau viloyatida ko‘p uchramoqda. Agentlik qoidalarga rioya qilishni so‘radi.
Prezident Anqara shahridagi Turkish Aerospace Industries kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. U 2023-yilda dunyodagi eng yirik 100 ta mudofaa kompaniyasi ro‘yxatiga kirgan. U yerda qurol-yarog‘ va harbiy texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda aviatsiya parvozlari namoyishi ham o‘tkazildi. Foto.
Toshkentda “Chilonzortumangaz” xodimi va yetakchi muhandisi 25 mln so‘m olayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Ular tadbirkorga gaz uchun to‘lovda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha hujjat rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga nisbatan O‘zbekistonning “neytral va o‘ta muvozanatli” siyosati uchun minnatdorlik bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting