Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi
5 iyun 2024, 11:35

Sardoba tumaniga yangi hokim tayinlandi

Ziyadulla Karimov Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga hokim bo‘ldi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Samarqandda o‘quvchi boshqaruvidagi Nexia urib yuborgan 6 yoshli qiz vafot etdi
5 iyun 2024, 10:16

Samarqandda o‘quvchi boshqaruvidagi Nexia urib yuborgan 6 yoshli qiz vafot etdi

Urgut tumanida 9-sinf o‘quvchisi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 yuqori tezlikda 6 yoshli qizni urib yubordi. Qiz shifoxonada vafot etdi. Bola mashinani uyidan otasining ruxsatisiz olib chiqib ketgani aniqlandi.

May oyida 67,8 mlrd so‘mlik elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
5 iyun 2024, 10:11

May oyida 67,8 mlrd so‘mlik elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

May oyida O‘zbekistonda 971 ta holatda iste’molchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bunda davlat manfaatlariga 67,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Bunday holatlarning eng ko‘pi Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

Badiiy tarjima sohasida Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi
5 iyun 2024, 09:52

Badiiy tarjima sohasida Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi

O‘zbekistonda badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etildi. Tanlov 2025-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. G‘oliblarga BHMning 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilmoqda
5 iyun 2024, 09:49

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilmoqda

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilmoqda. Shuningdek, 1-oktabrdan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘shimcha litsenziya talablari kiritiladi.

Prezident Kappadokiyadagi kabi havo sharlari hududini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi
5 iyun 2024, 09:37

Prezident Kappadokiyadagi kabi havo sharlari hududini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi

O‘zbekistonda Turkiya Kappadokiyasi misolida havo sharlari hududini yaratish reja qilinmoqda. Prezident Mo‘ynoq aeroportida parashyutdan sakrash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkinligini aytdi. Ekologiya, transport va mudofaa vazirlariga ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilish topshirildi.

Yaponiyada avtokonsernlar ishtirokidagi mojaro avj olmoqda, Toyota va Mazda yetkazib berishni to‘xtatdi — Reuters
4 iyun 2024, 23:23

Yaponiyada avtokonsernlar ishtirokidagi mojaro avj olmoqda, Toyota va Mazda yetkazib berishni to‘xtatdi — Reuters

Yaponiyada Toyota, Suzuki, Mazda, Honda va Yamaha kompaniyalari ishtirokida mojaro kelib chiqdi. Rasmiylar kompaniyalar avtomobil sertifikati ma’lumotlarini soxtalashtirganini aniqladi. Konsernlar ba’zi modellarni yetkazib berishni to‘xtatdi.

AQShning manfaatlari Ukraina va Isroilnikidan farq qiladi — NYT
4 iyun 2024, 22:38

AQShning manfaatlari Ukraina va Isroilnikidan farq qiladi — NYT

AQSh Ukraina va Isroilni “qancha kerak bo‘lsa, shuncha” qo‘llab-quvvatlashga va’da bergan, biroq ular aralashgan mojarolar keskin nuqtaga yetgani sababli uch davlatning milliy manfaatlari bir-biridan farq qilmoqda, deb yozmoqda New York Times.

Toshkentda motordagi nosozlik sabab Nexia-3 yonib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q
4 iyun 2024, 22:06

Toshkentda motordagi nosozlik sabab Nexia-3 yonib ketdi. Jabrlanganlar yo‘q

Toshkentning Shayxontohur tumanida Nexia-3 mashinasining motor qismida yong‘in kelib chiqdi. Holat o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etildi. Jarohatlanganlar yo‘q.

Olmaliqda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi
4 iyun 2024, 21:34

Olmaliqda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi

Toshkent viloyatida o‘zini 16 qavatli bino tomidan tashlab, halok bo‘lgan 19 yoshli qiz ishi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Shahrisabzda turizm klasteri tashkil etiladi, tog‘-chang‘i kurorti qurilishi boshlandi
4 iyun 2024, 21:06

Shahrisabzda turizm klasteri tashkil etiladi, tog‘-chang‘i kurorti qurilishi boshlandi

Prezident Shahrisabz shahri va tumanida turizm klasteri tashkil etishni buyurdi. Bu uchun 240 mlrd so‘mga yo‘llarni ta’mirlash, 115 milliard so‘mga G‘elon qishlog‘ida infratuzilma yaratish rejalashtirilgan. U yerda 3000 gektar maydonda tog‘-chang‘i kurorti qurilishi boshlandi.

Toshkent viloyatida bemor tez tibbiy yordam shifokorini urdi
4 iyun 2024, 19:45

Toshkent viloyatida bemor tez tibbiy yordam shifokorini urdi

Toshkent viloyatida bemor kasalliklar tarixi haqida so‘ragan tez tibbiy yordam shifokorining yuziga musht tushirdi. Jabrlanuvchida bosh miya yopiq jarohati, miya chayqalishi va o‘ng tomon pastki lab sohasi jarohati aniqlangan.

Olmaliqda 16-qavatdan sakragan qiz halok bo‘ldi
4 iyun 2024, 19:28

Olmaliqda 16-qavatdan sakragan qiz halok bo‘ldi

Toshkent viloyati Olmaliq tumanida qiz 16 qavatli bino tomidan sakrab, halok bo‘ldi. Qiz uni qutqarmoqchi bo‘lgan IIB va FVB xodimlari bilan suhbatlashganiga qaramasdan, o‘z joniga qasd qilgan.

O‘zbekistonning mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlari 1-avgustga qadar xatlovdan o‘tkaziladi
4 iyun 2024, 18:57

O‘zbekistonning mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlari 1-avgustga qadar xatlovdan o‘tkaziladi

Prezident vazirliklarga O‘zbekiston imzolagan mahsulot taqsimotiga oid barcha bitimlar va investitsiyaviy shartnomalarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish, so‘ng takliflar tayyorlash topshirig‘ini berdi. Qonunchilikni JSTning investitsiya choralari to‘g‘risidagi bitimiga muvofiq uyg‘unlashtirish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 6-iyunda Turkiyaga boradi
4 iyun 2024, 18:13

Shavkat Mirziyoyev 6-iyunda Turkiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan boradi. U yerda Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlarining birinchi qo‘shma uchrashuvini o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Baxti Tashkentskiy” sudi: Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovni rad etdi
4 iyun 2024, 17:40

“Baxti Tashkentskiy” sudi: Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovni rad etdi

3-iyun kuni “Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh mavjud. Sudda Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirdi.

Klaudiya Sheynbaum Meksikaning ilk ayol prezidentiga aylanadi
4 iyun 2024, 16:54

Klaudiya Sheynbaum Meksikaning ilk ayol prezidentiga aylanadi

Meksikadagi prezidentlik saylovlarida hukmron partiya vakili, fizik olim Klaudiya Sheynbaum g‘alaba qozondi. U mamlakatning 200 yillik tarixida davlat rahbari lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ladi.

Zaamin Ultra marafonida 2100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi (foto)
4 iyun 2024, 16:38

Zaamin Ultra marafonida 2100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi (foto)

Zaamin Ultra uchinchi xalqaro ultramarafonida 2, 10, 21 va 50 km masofalarda o‘tkazilgan bahslarda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Qozog‘iston, Malayziya, Turkiya, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlardan 2100 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.

“Barcha uchun teng sharoitlar”. Qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi farmon haqida asosiy ma’lumotlar
4 iyun 2024, 15:55

“Barcha uchun teng sharoitlar”. Qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi farmon haqida asosiy ma’lumotlar

O‘zbekiston mamlakat qonunchiligini JST bitimlariga muvofiqlashtirishda davom etmoqda. Prezident qarori bilan eksportga beriladigan qator subsidiya va preferensiyalar, samarasi past soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi, yig‘imlar qayta ko‘rib chiqiladi va boshqa choralar ko‘riladi.

Buxoroda Nexia shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
4 iyun 2024, 15:24

Buxoroda Nexia shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Jondor tumanida aprel oyi so‘ngida Nexia avtomobili shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Yana 2 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting