Samarqandda hudud aholisiga 50 ming dollar evaziga AQShga borishga yordam berishni va’da qilgan shaxs avans olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Davlat xaridlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomani tuzishdan avval mazkur shartnomadagi narxlarni oldindan majburiy tarzda jamoatchilikka ochiqlash tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu bo‘yicha prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi ikkita yoqilg‘i quyish shoxobchasi egalariga tabiiy gazdan foydalanganlik uchun 15 mlrd so‘m asossiz qarzdorlik hisoblangan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vaziyatni o‘rganishi natijasida qarzdorlik bekor qilindi.
Markaziy bank e’lon qilgan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket yettinchi savdo kuni pasaymoqda. 24-maydan buyon milliy valyuta deyarli 125 so‘mga (1 foiz) mustahkamlanib, mart oyidan beri ilk bor 12 600 so‘mdan pastladi.
Prezident tomonidan Buxoro viloyatida uchta yirik obyekt — MTO gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi boshlandi.
Birinchi chorakda gaz sotib olish va sotish o‘rtasidagi farqni qoplash uchun davlat budjetidan 8,1 trln so‘m subsidiya ajratildi. Bu butun 2024-yil uchun rejalashtirilgan subsidiyalar umumiy hajmining 85 foizini tashkil etadi.
Qumqo‘rg‘on tumani Yangiyer mahallasi aholisi stadion o‘rnida bog‘cha qurilayotganidan shikoyat qildi. Hokimlikning “Gazeta.uz”ga bildirishicha, ishlar qonuniy va 115 sotix stadionning 35 sotixidagina davlat bog‘chasi qurilyapti. Bu mahallada 150 nafar bola bog‘cha ta’limi bilan qamrab olinmagani aytildi.
O‘zbekistonda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (OSAGO) bo‘yicha tariflarni oshirish rejalashtirilmoqda. ILMA 2019-yilda tasdiqlangan sug‘urta tarifi miqdorini qayta ko‘rib chiqmoqda. Amaldagi tariflar zararlarni qoplashga yetmayotgani aytildi.
Samarqand shahrida 30 bosh Markaziy Osiyo toshbaqasi bolalari noqonuniy sotuvdan olib qo‘yildi va yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash ishlari ketmoqda.
O‘zbekistonda yoz fasli quruq va juda iliq ob-havo bilan boshlanadi. Shanba, yakshanba kunlari harorat kechalari 14−19 daraja iliq, kunduzi 31−34 daraja issiq bo‘ladi.
Mass-media fondi yangi direktori Jahongir Azimov o‘zining Telegram kanalida Muna Mug kompaniyasi rahbari Farrux Hakimovning fotograf Kamil Yenikeyevga qilgan tajovuzkor harakatlariga munosabat bildirdi. U harakatni nomaqbul deb atadi va bu qonun bilan jazolanishi kerakligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari va boshqa yuridik shaxslar uchun belgilangan limitning 10 foizidan ortig‘i miqdorida gaz yoki elektr energiyasi iste’moli uchun oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llanadi, dedi energetika vaziri. Iste’molchilar energoauditi bo‘yicha ham yangi tartib joriy etiladi.
WeFintech dasturi doirasida Uzum Academy rahbari Karine Agavelyan tojikistonlik va qozog‘istonlik tadbirkor ayollar uchun mahorat darsi o‘tkazdi.
Sloveniya hukumati Falastinning mustaqilligi va suverenitetini tan olmoqchi. “Falastinni tan olish ikki davlat va xalqning tinch-totuv yashashi uchun yagona yo‘ldir”, — dedi Sloveniya tashqi ishlar vaziri. Bir necha kun avval Yevropaning uchta davlati ham Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olgandi.
Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi ochiladi. U Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tizimiga kiritiladi.
Xitoy yirik pandalarni Vashington hayvonot bog‘iga qaytaradi — yil oxirigacha u yerga pandalar juftligi yetkaziladi: Bao Li va Sin Bao. AQShning birinchi xonimi buni tarixiy lahza deb atadi. AQSh OAV Xitoy va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi taranglikni inobatga olib, bu kutilmagan yangilik bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Nyu-York hakamlar hay’ati Donald Trampni pornoaktrisaga to‘langan pulni yashirish uchun hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topdi. Shu tariqa, u jinoiy ishda aybdor deb topilgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. Hukm 11-iyul kuni e’lon qilinadi.
Juma kuni Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga boradi. Tashrifda loyihalar bilan tanishish, yangi obyektlarni ishga tushirish va viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazish reja qilinmoqda.
Tariflar oshirilganidan so‘ng may oyida O‘zbekistonda 2023-yilning shu davriga nisbatan elektr iste’moli 324 mln kVt/soatga, gazniki 125 mln kub metrga kamaydi, dedi energetika vaziri. Uning aytishicha, abonentlar va korxonalar soni ko‘payishi bilan iste’molning kamayishi energiya tejamkorligidan dalolatdir.
112 yagona dispetcherlik xizmati 1-iyundan boshlab Toshkent shahri va viloyatida, keyinchalik bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ishga tushiriladi. Bu raqam favqulodda vaziyatlar vaqtida shoshilinch yordam olishga mo‘ljallangan bo‘lib, AQShdagi 911 xizmatining analogi hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting