Rimda mashhur moda fotografi Mario Testinoning ko‘rgazmasi ochildi. Undan O‘zbekistonda olingan, jumladan, qoraqalpoq, surxondaryolik va buxorolik kelinlar hamda kurashchining suratlari o‘rin olgan.
Peru davlatida o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 4 nafar o‘zbekistonlik sportchi 12 ta medal oldi.
Litvada o‘tgan saylovda 74,43 foiz ovoz to‘plagan Gitanas Nauseda mamlakat prezidenti sifatida qayta saylandi.
Hafta davomida O‘zbekistonda quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin. Kunduzi harorat +23…+33 daraja bo‘ladi, janubda va cho‘l hududlarda +37 darajagacha ko‘tariladi.
Jahon banki O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini himoyalashga qaratilgan “Inson” loyihasi uchun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratdi. Loyiha, jumladan, 50 mingdan ortiq aholiga sifatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
2024-yil yakuniga qadar fuqarolar shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID) orqali davlat xizmatlarini olishi mumkin bo‘ladi. Bunda foydalanuvchilar shaxsni tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatishi shart emas.
Konimex tumanidagi tabiiy suv havzasida 5000 metrlik sintetik to‘r yordamida noqonuniy ravishda 218 bosh baliq ovlagani aniqlandi. Ta’kidlanishicha, ushbu harakat oqibatida tabiatga 1 mlrd 240 mln so‘m zarar yetkazilgan.
2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati va ularning shaxsiga doir boshqa ma’lumotlar bo‘yicha Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi. Undan davlat xizmatlarini ko‘rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda foydalaniladi.
Olmaliq shahrida mast holdagi haydovchi boshqaruvidagi Damas kanalga tushib ketdi. Hodisa oqibatida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmadi, mashina texnik shikastlandi.
Toshkentda o‘tkazilgan yugurish marafonida 100 dan ortiq bola, jumladan, 60 nafar nogironligi bo‘lgan bola ishtirok etdi. Tadbirning maqsadi nogironligi bor bolalarga nisbatan stigma va diskriminatsiyaga barham berish hamda barcha sohalarda inklyuzivlikni ta’minlash zarurligini ta’kidlash sanaladi. Foto.
Toshkentga kelgan Rossiya prezidenti O‘zbekiston prezidenti hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi. Vladimir Putin Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yib, Yangi Toshkent me’moriy ansambli va qurilish loyihasi bilan tanishdi. Foto.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Uni aeroportda Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Bu Vladimir Putinning mart oyida qayta saylanganidan keyingi ikkinchi davlat tashrifi hisoblanadi. Foto.
O‘zbekistonda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilmoqda, u yadro energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlari, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlik siyosati uchun mas’ul bo‘ladi.
Uzbekistan Airways 27-may kuni Toshkentdan Namanganga qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiradi.
Chevrolet Lacetti avtomobillarini ishlab chiqarish davom etmoqda, deb xabar berdi “O‘zavtosanoat”. Ta’kidlanishicha, bunga sabab ishlab chiqarish uchun zarur ehtiyot qismlari hali ham mavjud ekani.
Tadbirkorlarga subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda taqdim etiladi. Tadbirkorlarning reyting darajasi pasaygan taqdirda, qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish 3 oy davomida saqlab qolinadi.
26−27-may kunlarida Qamchiq dovonida transport harakati cheklanmaydi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.
Uy-joy narxlari keskin oshishi tufayli aholining xarid qobiliyati pasayib, ko‘chmas mulkning bozor va fundamental narxlari o‘rtasidagi tafovut 24 foizga yetdi, deya qayd etdi Markaziy bank. Kvartiralar asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun emas, balki investitsiya obyekti sifatida ko‘proq sotib olina boshlagan.
O‘zbekistonlik Damir Musayev AQShning Yel universitetida genetika yo‘nalishi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, fan doktori bo‘ldi. Uning tadqiqotlari genetik kasalliklarni davolashning yangi usullarini topishga qaratilgan.
Atom energetikasini rivojlantirish agentligi negizida Atom energiyasi agentligi tashkil etilmoqda, u Energetika vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga o‘tadi. Agentlik kompaniyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, xo‘jalik jamiyatlari tashkil etish, iqtisodiyotdagi loyihalarni moliyalashtirish huquqini oladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting