Futzal bo‘yicha JCH qur’asi o‘tkazilishi sabab Samarqanddagi Registon maydoni vaqtincha yopiladi
24 may 2024, 21:07

Futzal bo‘yicha JCH qur’asi o‘tkazilishi sabab Samarqanddagi Registon maydoni vaqtincha yopiladi

Samarqand shahrida futzal bo‘yicha Jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi o‘tkazilishi munosabati bilan Registon ansambliga kirish 24−25-may kunlari cheklanadi, 26-may kuni esa maydon yopiladi.

Prezident bitiruvchilarga: “Hech qachon ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang”
24 may 2024, 20:00

Prezident bitiruvchilarga: “Hech qachon ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang”

Prezident maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigida ularning har biri o‘ziga xos ekanini ta’kidlab, orzu qilishdan to‘xtamaslikka, xatolardan saboq olishga chaqirdi. U yangi g‘oyalar va ishtiyoq nafaqat ularning, balki butun O‘zbekistonning hayotini o‘zgartirishi mumkinligini aytdi.

O‘zbekiston banklari valyuta kursining o‘zgaruvchanligini moliya tizimi uchun asosiy xavf deb hisoblamoqda
24 may 2024, 19:33

O‘zbekiston banklari valyuta kursining o‘zgaruvchanligini moliya tizimi uchun asosiy xavf deb hisoblamoqda

Markaziy bank tomonidan banklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, valyuta kursining o‘zgaruvchanligi O‘zbekiston moliya tizimi uchun asosiy tizimli xavf hisoblanadi. Bundan tashqari, inflyatsiyaning tezlashishi, geosiyosiy vaziyatning keskinlashishi va boshqalar ham keltirilgan.

Farg‘ona viloyatida 18 yoshli yigit boshqa bir yigitga o‘tkir tig‘li jism bilan hujum qildi
24 may 2024, 18:16

Farg‘ona viloyatida 18 yoshli yigit boshqa bir yigitga o‘tkir tig‘li jism bilan hujum qildi

Marg‘ilon shahrida 2006-yilda tug‘ilgan yigit o‘zidan 6 yosh katta fuqaroga o‘tkir tig‘li jism bilan hujum qildi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlandi. Jarohatlangan yigitning hayoti saqlab qolindi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (25−26-may)
24 may 2024, 17:47

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (25−26-may)

4 ta kinopremyera, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” munosabati bilan bepul konsertlar, Jaloliddin Ahmadaliyev konserti, yarmarkalar, spektakllar, chegirmalar, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi o‘sishi tezlashdi, qo‘shni davlatlar bilan savdo hajmi pasayishda davom etmoqda
24 may 2024, 17:36

O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi o‘sishi tezlashdi, qo‘shni davlatlar bilan savdo hajmi pasayishda davom etmoqda

Yanvar-aprel oralig‘ida O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi hajmi 29,3 foizga oshdi, buning natijasida Rossiya mamlakatning yana asosiy savdo hamkoriga aylanishi mumkin. Qo‘shni davlatlar, shuningdek, Turkiya, Janubiy Koreya va Germaniya bilan tovar aylanmasi kamaymoqda. Fransiyaga eksport 2,2 barobar oshdi.

Samarqanddan Toshkentga 27 va 28-may kunlari qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari yo‘lga qo‘yildi
24 may 2024, 17:33

Samarqanddan Toshkentga 27 va 28-may kunlari qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdlari yo‘lga qo‘yildi

27 va 28-may kunlari Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi.

MCA Group Makon Marketing forumida “Yil brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi
24 may 2024, 17:00

MCA Group Makon Marketing forumida “Yil brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi

18−19-may kunlari Humo Arena`da bo‘lib o‘tgan VI xalqaro Makon Marketing biznes forumida Marketing Communication Agencies Group “Marketing agentligi” nominatsiyasida “Yil brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

AQSh Gruziyadagi “demokratiyaga putur yetkazuvchilar”ga nisbatan viza cheklovlarini kiritmoqda
24 may 2024, 16:57

AQSh Gruziyadagi “demokratiyaga putur yetkazuvchilar”ga nisbatan viza cheklovlarini kiritmoqda

AQSh Davlat departamenti bahslarga sabab bo‘lgan “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunga javoban Gruziyadagi “demokratiyaga putur yetkazish”da aybdor bo‘lganlarga nisbatan viza cheklovlarini joriy qilmoqda. Gruziyadagi muxolifat va mahalliy OAV bu hujjat Rossiya qonunchiligiga o‘xshash ekanidan norozi.

O‘zbekistonga neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir va elektr importi keskin oshdi
24 may 2024, 16:43

O‘zbekistonga neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir va elektr importi keskin oshdi

O‘zbekistonda import ketma-ket ikkinchi oy pasayib, 2023-yil iyul oyidan beri minimum darajaga tushdi. Shunga qaramay, yanvar-aprel oralig‘ida neft mahsulotlari, gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, sabzavot va mevalar, shuningdek, avtomobillar importi oshdi.

Toshkentda uy eshiklarini poylagan yigit 5 sutkaga qamaldi
24 may 2024, 16:20

Toshkentda uy eshiklarini poylagan yigit 5 sutkaga qamaldi

Yarim tunda Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uy xonadonlarini poylab, ko‘z tirqishidan qaragan 24 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. U sudda uy yaqinidan o‘tib ketayotganida kimdir yordam so‘rab chaqirgani, shuning uchun o‘sha qavatga chiqib, eshiklarni poylaganini aytgan.

Toshkentdan Budapeshtga muntazam aviareyslar qo‘yiladi
24 may 2024, 14:31

Toshkentdan Budapeshtga muntazam aviareyslar qo‘yiladi

Qanot Sharq kompaniyasi 30-iyundan O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida haftasiga bir marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqchi. sentabrdan esa qatnov haftada ikki martagacha oshirilishi mumkin.

Toshkent viloyatida 4 ta mashina ishtirokidagi YTHda ikki haydovchi halok bo‘ldi
24 may 2024, 14:28

Toshkent viloyatida 4 ta mashina ishtirokidagi YTHda ikki haydovchi halok bo‘ldi

Keles-Toshkent yo‘nalishida Toyota Prado haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Cobalt, Damas va Spark mashinalari bilan to‘qnashdi. Oqibatda Toyota va Cobalt haydovchilari voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan haydovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
24 may 2024, 12:20

Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Moskva viloyatidagi yotoqxonada yong‘in yuz berib, oqibatda 8 kishi halok bo‘ldi. Elchixona ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari ham borligi, vafot etganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilayotganini bildirdi.

Xorazmda dars vaqti gaplashib o‘tirgan o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
24 may 2024, 12:15

Xorazmda dars vaqti gaplashib o‘tirgan o‘quvchilarni kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Tuproqqal’a tumanida dars vaqti gaplashib o‘tirgan ikki nafar o‘quvchiga tanbeh berib, ularni kaltaklagan o‘qituvchi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.

Alisher Yusupov dzyudo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori bo‘ldi
24 may 2024, 12:03

Alisher Yusupov dzyudo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori bo‘ldi

BAAda o‘tgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining yakkalik bahslarini o‘zbekistonliklar 2 ta medal bilan yakunladi. Unda Alisher Yusupov +100 kg vazn toifasida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Diyora Keldiyorova kumush medal olgandi.

Dam olish kunlari o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi
24 may 2024, 11:59

Dam olish kunlari o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi

Shanba kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, havo harorat +26…+29 daraja bo‘ladi. Yakshanba kuni aksariyat hududlarda yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda, biroq harorat +17…+22 darajagacha pasayadi.

Namanganda salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan erkak 5 yilga qamaldi
24 may 2024, 10:26

Namanganda salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy o‘tkazmoqchi bo‘lgan erkak 5 yilga qamaldi

Yangiqo‘rg‘on tumanidagi chegarada 34 yoshli erkak salkam 80 mln rublni Qirg‘izistonga noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘ldi. Sud hukmi bilan u 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, pullar davlatga o‘tkazildi.

Toshkent viloyatida avtobus g‘ildiraklari orasidan 1,8 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi
24 may 2024, 10:07

Toshkent viloyatida avtobus g‘ildiraklari orasidan 1,8 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Toshkent viloyatining “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan avtobus qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so‘mlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Firibgarlik va odam savdosida ayblanib Turkiyada ushlangan shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
24 may 2024, 02:00

Firibgarlik va odam savdosida ayblanib Turkiyada ushlangan shaxs O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlik va odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan 45 yoshli shaxs Turkiyada qo‘lga olingan edi. U payshanba kuni O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting