BP Chirchiq daryosining qo‘riqlash zonasida 10 dan ortiq tadbirkor moratoriyga qaramay, noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olishda davom etayotgani haqida xabar berdi. Qurilish materiallari zavodi ham ishlamoqda. BP kompaniyalarning litsenziyalari haligacha bekor qilinmaganini afsus bilan qayd etdi. Foto.
Kelasi yilda O‘zbekistonda Davlat sport akademiyasi ochilishi kerak, deyiladi prezidentga olib kirilgan taqdimotda. U hozirda qurilayotgan Olimpiya shaharchasida joylashadi. Shuningdek, barcha hududlarda kurash mahorat maktablari ochiladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan 26−27-may kunlari mamlakatda O‘zbekistonda bo‘ladi. Tomonlar bir nechta qo‘shma hujjatlar imzolashni rejalashtirmoqda.
Sud Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Olmaliq shahrida yashovchi 28 yoshli fuqaroni prezidentni haqorat qilgani uchun 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Erkak soliq idoralari uni ko‘p marta jarimaga tortgani uchun Instagram`da g‘azablangan holda haqoratomuz izoh va postlar joylaganini bildirdi.
Surxondaryodagi qadimiy “Hayvontepa” va “Qorabog‘tepa-1” arxeologik yodgorliklarining ayrim qismlari buzib yuborilishi oqibatida 227,4 mlrd so‘m zarar yetdi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
48 yoshli badiiy gimnastikachi Oksana Chusovitina Osiyo chempionati oldidan olgan jarohati sababli Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaydigan bo‘ldi. Bu turnir uning faoliyatidagi to‘qqizinchi Olimpiadaga yo‘llanma olish uchun so‘nggi imkoniyat edi.
Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi etib qayta nomlandi. Markaz huzurida Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi.
O‘zbekistonda 14-sentabrdan 6-oktabrgacha o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining rasmiy logotipi e’lon qilindi. U o‘zbek oshxonasida ishlatiladigan qalampirdan ilhom olgan holda ishlangan. Rasmiy brend Registon maydonida 26-may kuni jamoatchilikka taqdim etiladi.
Samarqandda to‘rtinchi Coca-Cola zavodi ochilishi munosabati bilan Anadolu Group O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 mln dollardan ortiq sarmoya kiritdi va Namangan viloyatida yangi Coca-Sola zavodini qurishni rejalashtirmoqda.
Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya yetakchilari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish maqsadida to‘rt yildan ortiq vaqtdan beri ilk bor uch tomonlama sammitni o‘tkazadi.
Sharof Rashidov va Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytiriladi. Shu bilan charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi.
Ko‘kdala tumanida yuqori tezlikdagi KamAZ piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini urib yubordi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi, haydovchi qamoqqa olindi.
DXX viloyatlarda reyd tadbiri o‘tkazdi. Unda Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi o‘rinbosari tadbirkorga yordam berib, $20 ming talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Toshkent viloyatida esa “Hududiy elektr tarmoqlari”ning 2 xodimi ishlab chiqaruvchiga transformator o‘rnatib berish uchun $39 ming olgani aytilmoqda.
Toshkent shahrining Abdulla Qodiriy va Shayxontohur ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik ta’mirlash ishlari sabab 25-maygacha transport harakati uchun yopildi.
28-maydan Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi sinov rejimida ishlashga tayyor bo‘ladi. Chuy viloyati Sokuluk tumanida joylashgan zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Raqamli sug‘urta kompaniyasi Neo Insurance faoliyatining bir yilligini nishonladi va istiqboldagi rejalari bilan bo‘lishdi.
Buyuk Britaniyada umumiy (parlament) saylovlar 4-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bosh vazir Rishi Sunak qirol Charlz III parlamentni tarqatib yuborishni ma’qullaganini ma’lum qildi.
Yandex Go Surxondaryoning Termiz shahrida ish boshladi. “Bu yerda avval bu kabi onlayn xizmatlar mavjud emas edi”, — deydi Yandex Taxi`ning MDHdagi rivojlanish bo‘yicha direktori.
Uzum Market milliy raqamli ekotizimi “Yil brendi” mukofotida sovrinlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.
Samarqandda Nexia-2 piyodalar o‘tish joyida SamDU talabasini urib yubordi, oqibatda u shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting