YTTlardan ortiqcha yig‘ib olingan ijtimoiy soliqlar ularning hisobvaraqlariga qaytariladi
5 dekabr 2023, 23:31

YTTlardan ortiqcha yig‘ib olingan ijtimoiy soliqlar ularning hisobvaraqlariga qaytariladi

Soliq qo‘mitasi yakka tartibdagi tadbirkorlarning hisobvaraqlaridan ortiqcha yig‘ib olingan ijtimoiy soliq summalari ma’lumotlar bazasini avtomatlashtirishda yuzaga kelgan texnik xato bilan bog‘liq bo‘lganini ma’lum qildi.

Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratildi
5 dekabr 2023, 23:13

Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratildi

Poytaxt xalq deputatlari kengashi “Yangi Toshkent” loyihasini hisobga olgan holda Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratilishini ma’qulladi.

BAAning Tadweer kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarishda yordam beradi
5 dekabr 2023, 22:47

BAAning Tadweer kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarishda yordam beradi

O‘zbekiston Ekologiya vazirligi va Tadweer (BAA) kompaniyasi COP28 doirasida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida “yashil” texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, chiqindilarni elektrga aylantirish zavodini ishga tushirishni nazarda tutuvchi memorandumni imzoladi.

Click 1 mlrd so‘mlik yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda
5 dekabr 2023, 19:00

Click 1 mlrd so‘mlik yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda

24-yanvargacha Click kompaniyasi 1 mlrd so‘m o‘ynaluvchi aksiya o‘tkazmoqda. Asosiy pul mukofotlaridan tashqari, ishtirokchilarda har kunlik sovrinlarni yutib olish imkoniyati bor.

O‘zbekistonda bu yilgi kuz kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
5 dekabr 2023, 17:19

O‘zbekistonda bu yilgi kuz kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

O‘zbekistonda 2023-yil kuzi, xususan, noyabr oyi meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issig‘i bo‘ldi. Faslning so‘nggi oyida harorat +28 darajagacha ko‘tarildi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kam va me’yor atrofida bo‘ldi.

Uzbekistan Airways talabalarga 50 foiz chegirma taqdim etadi
5 dekabr 2023, 16:56

Uzbekistan Airways talabalarga 50 foiz chegirma taqdim etadi

Uzbekistan Airways tomonidan qishki ta’til munosabati bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi talabalarga 23-dekabrdan 7-yanvargacha 50 foizlik chegirma beriladi.

Beeline Toshkent markazidagi bosh ofisini sotmoqda
5 dekabr 2023, 16:27

Beeline Toshkent markazidagi bosh ofisini sotmoqda

Beeline kompaniyasi “boshqa binoga ko‘chib o‘tish munosabati bilan” Amir Temur maydoni yonidagi bosh ofis binosini sotmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Moskvadan Termizga uchayotgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi
5 dekabr 2023, 15:46

Moskvadan Termizga uchayotgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi

Moskva — Termiz yo‘nalishida uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Qozog‘istonning Aqto‘be shahri xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Ekipaj bort tagiga tez yordam mashinasini chaqirtirgan.

Yil boshidan beri noqonuniy mayning bilan shug‘ullangan 29 kishi ushlandi
5 dekabr 2023, 15:28

Yil boshidan beri noqonuniy mayning bilan shug‘ullangan 29 kishi ushlandi

O‘zbekistonda 2023-yilning o‘tgan davrida 58,2 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlash orqali mayning faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha 26 ta holat aniqlandi. Buning uchun 29 kishi o‘g‘rilikda ayblanib, protsessual tartibda ushlangan.

Germaniya O‘zbekistonda “yashil” sanoatlashtirishni rivojlantirish uchun 9 mln yevrolik grant ajratadi
5 dekabr 2023, 14:50

Germaniya O‘zbekistonda “yashil” sanoatlashtirishni rivojlantirish uchun 9 mln yevrolik grant ajratadi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan O‘zbekistonda “yashil” sanoatlashtirish bo‘yicha xususiy sektor salohiyatini oshirish hamda iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatlashuv loyihasini amalga oshirish yuzasidan qiymati 9 mln yevrolik (grant mablag‘i) kelishuv imzoladi.

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jazo joriy qilinayotganini rad etdi
5 dekabr 2023, 13:33

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jazo joriy qilinayotganini rad etdi

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq tarzidagi ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bunday hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagan, dedi vazirlik.

Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlanganlar ushlandi
5 dekabr 2023, 13:12

Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlanganlar ushlandi

Chilonzor tumanida qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ular fuqaroga pullarni 10 ming dollarga sotgan.

Andijonda uch nafar jinoyat olami vakillari ushlandi
5 dekabr 2023, 13:11

Andijonda uch nafar jinoyat olami vakillari ushlandi

Andijon viloyatidagi profilaktik tadbirlarda jinoyat olami vakillari, tovlamachilar, “o‘zidan yetakchi yasab olganlar” hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinmoqda. Xususan, bezorilik, tovlamachilik va giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib 3 nafar shaxs hibsga olindi.

Jizzaxda boshqaruvi yo‘qotilgan “Jiguli” 5 ta avtomobilga borib urildi
5 dekabr 2023, 11:27

Jizzaxda boshqaruvi yo‘qotilgan “Jiguli” 5 ta avtomobilga borib urildi

Jizzax shahrida “VAZ-2107” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 5 ta avtomobilga borib urildi. Oqibatda uch kishi jarohatlandi.

Noyabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,1 foizni tashkil etdi. Bu — so‘nggi 7 yildagi minimal ko‘rsatkich
5 dekabr 2023, 10:58

Noyabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,1 foizni tashkil etdi. Bu — so‘nggi 7 yildagi minimal ko‘rsatkich

Noyabr oyi yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda 1,1 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya 8,8 foizdan pasaydi — bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich. O‘tgan oyda tuxum va shakar narxi oshgan, mol go‘shti, un va sariyog‘ esa arzonlashgan. Benzin va propan narxi oshib bormoqda, poyezd chiptalari ham qimmatladi.

Urganch va Xiva o‘rtasida trolleybus harakati tiklandi
5 dekabr 2023, 10:46

Urganch va Xiva o‘rtasida trolleybus harakati tiklandi

Urganch-Xiva-Urganch yo‘nalishidagi trolleybus harakati tiklandi. Qatnov yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida ta’mirlash ishlari olib borilgani hamda elektr energiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan muammolar sababli 20-noyabrda to‘xtatilgandi.

Farg‘onada mayning ferma davlatga 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgani aniqlandi
5 dekabr 2023, 10:16

Farg‘onada mayning ferma davlatga 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgani aniqlandi

Uchko‘prik tumanida davlatga 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning ferma faoliyati to‘xtatildi.

S&P O‘zbekiston reytingini barqaror prognoz bilan “BB-” darajasida tasdiqladi
5 dekabr 2023, 09:57

S&P O‘zbekiston reytingini barqaror prognoz bilan “BB-” darajasida tasdiqladi

S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi suveren kredit reytingini barqaror prognoz bilan “BB-” darajasida tasdiqladi. Agentlik 2023-yil oxirigacha O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning real o‘sishini 5,6 foiz darajasida prognoz qilmoqda.

Yangihayot, Bektemir, Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi
5 dekabr 2023, 09:52

Yangihayot, Bektemir, Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

Toshkentning Yangihayot, Bektemir, Yashnobod tumanlaridagi ba’zi mahalla va ko‘chalarda 5−6-dekabr kunlari tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Oliygohlarda ayrim talabalarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
5 dekabr 2023, 09:44

Oliygohlarda ayrim talabalarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Davlat OTMlarida 1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi. Yuqori bosqichdagilarning kontraktni to‘lash muddati esa oliygoh rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting