Endi joylashgan yeri o‘zgargan tadbirkorlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi
15 yanvar 2025, 09:50

Endi joylashgan yeri o‘zgargan tadbirkorlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi

O‘zbekisitonda yuridik shaxslarning joylashgan yeri o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etildi. Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lamaydigan bo‘ldi.

Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi
15 yanvar 2025, 09:30

Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi

Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi. Hujjat doirasida xavfsizlik va mudofaa, iqtisodiyot va demokratiya sohalarida hamkorlikni kengaytiradigan maxsus komissiya tuziladi. Armaniston ISHIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shiladi.

Janubiy Koreya prezidenti ikkinchi urinishda hibsga olindi
15 yanvar 2025, 09:16

Janubiy Koreya prezidenti ikkinchi urinishda hibsga olindi

Tergovchilar ikkinchi urinishda Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yolni isyonchilikda ayblab hibsga oldi. Bu amaldagi, lekin hokimiyatdan chetlatilgan davlat rahbarining qo‘lga olinishidagi ilk holatdir.

BAAning Tadweer Group’i Buxoroda chiqindidan elektr energiyasi oladi
14 yanvar 2025, 23:07

BAAning Tadweer Group’i Buxoroda chiqindidan elektr energiyasi oladi

Abu Dabidagi xalqaro sammitda Ekologiya vazirligi va BAAning Tadweer Group kompaniyasi o‘rtasida Buxoroda 10 ga maydonda chiqindi yoqish zavodi qurish va elektr energiyasi olish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 200 mln dollarlik loyiha qurilishi bu yil boshlanadi va 21 ming xonadonni elektr bilan ta’minlaydi.

Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik spirtli ichimlikdan zaharlanib halok bo‘ldi
14 yanvar 2025, 22:35

Turkiyada 6 nafar o‘zbekistonlik spirtli ichimlikdan zaharlanib halok bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida 35−40 yosh atrofidagi 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlandi va vafot etdi. Bosh konsulxona mamlakatdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.

O‘zbekiston va BAA birga “quruq” portlar qurishi mumkin
14 yanvar 2025, 22:03

O‘zbekiston va BAA birga “quruq” portlar qurishi mumkin

Prezident Abu Dabida BAAning yetakchi kompaniyalari delegatsiyalari bilan uchrashdi. Tomonlar infratuzilma, shaharsozlik, energetika, transport, logistika sohalarida hamkorlikni muhokama qildi. Nodir metallarni o‘zlashtirish, “quruq” portlar qurish, ta’lim va tibbiyot loyihalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Isroil va HAMAS kelishuvi bo‘yicha muzokaralar “yakuniy bosqichda” — Qatar TIV
14 yanvar 2025, 21:04

Isroil va HAMAS kelishuvi bo‘yicha muzokaralar “yakuniy bosqichda” — Qatar TIV

Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida sulh tuzish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar “yakuniy bosqichda”, dedi kelishuvga vositachilik qilayotgan Qatar TIV.

“Adolatli raqobat tamoyillariga sodiqmiz”. Paynet — Humo’ni xarid qilgach
14 yanvar 2025, 20:39

“Adolatli raqobat tamoyillariga sodiqmiz”. Paynet — Humo’ni xarid qilgach

Humo to‘lov tizimini sotib olgan Paynet raqobatchilaridan ustunlikka ega bo‘lishi borasidagi xavotirlarga javoban adolatli raqobat tarafdori ekanini bildirdi.

Toshkentdagi “Beshyog‘och” bozori o‘rnida biznes markazi qurish taklif etildi
14 yanvar 2025, 20:00

Toshkentdagi “Beshyog‘och” bozori o‘rnida biznes markazi qurish taklif etildi

Turkiya kompaniyasi Chilonzor hokimi o‘rinbosari bilan muzokarada “Beshyog‘och” bozori o‘rnida yirik biznes markazi qurishni taklif qildi. Hokimlik loyiha hozircha muhokama bosqichida ekanini aytdi: “Ayni vaqtda loyiha aniq amalga oshishi, uning muddatlari va qiymati haqida hech qanday rejalar yo‘q”.

O‘zbekiston va BAA sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qiladi
14 yanvar 2025, 19:04

O‘zbekiston va BAA sun’iy intellekt sohasida hamkorlik qiladi

Shavkat Mirziyoyev Abu Dabida BAA sun’iy intellekt vaziri bilan ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik sheriklikni kengaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqdi. Generativ SIni ishlab chiqish, uni turli sohalarda qo‘llash, SI universitetida talabalarni o‘qitish dasturini joriy etishga kelishildi.

So‘rovnoma: O‘zbekistonda xotin-qizlar ham armiyaga borishi kerakmi?
14 yanvar 2025, 18:47

So‘rovnoma: O‘zbekistonda xotin-qizlar ham armiyaga borishi kerakmi?

Vatan himoyachisi deganda faqat erkaklar tushunilishi kerakmi? Ayollar-chi? O‘zbekistonda xotin-qizlar ham harbiy xizmatga borishi kerakmi? “Gazeta.uz” muxbiri 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent aholisining bu boradagi fikrlariga qiziqdi.

“Barchamiz — qaysi sohada ishlamaylik, Vatan himoyachisi bo‘lishimiz zarur” — Shavkat Mirziyoyev
14 yanvar 2025, 18:05

“Barchamiz — qaysi sohada ishlamaylik, Vatan himoyachisi bo‘lishimiz zarur” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. “Bugungi kunda barchamiz — qaysi soha, qanday lavozimda ishlamaylik, Vatan himoyachisi bo‘lishimiz zarur. Bu talabni davrning o‘zi oldimizga qat’iy vazifa qilib qo‘ymoqda va xalqimiz ham bizdan aynan shuni kutmoqda”, deyiladi tabrikda.

Agar saylovda g‘alaba qozonmaganida, Trampni hokimiyatni ushlab qolishga urinishda ayblashlari mumkin edi — maxsus prokuror
14 yanvar 2025, 18:02

Agar saylovda g‘alaba qozonmaganida, Trampni hokimiyatni ushlab qolishga urinishda ayblashlari mumkin edi — maxsus prokuror

2020-yilda hokimiyatni ushlab qolishga urinish bo‘yicha AQSh saylangan prezidenti Donald Trampga qarshi dalillar sudda ayblov hukmi chiqarish uchun yetarli bo‘lardi, deyiladi tergovni olib borgan maxsus prokuror hisobotida. U, shuningdek, Kapitoliyga bostirib kirish uchun javobgarlikni Trampga yukladi.

“Mintaqamiz uran va strategik xomashyolarga boy. Hamkorlarga barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz” — O‘zbekiston prezidenti
14 yanvar 2025, 18:01

“Mintaqamiz uran va strategik xomashyolarga boy. Hamkorlarga barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz” — O‘zbekiston prezidenti

Prezident O‘zbekiston Markaziy Osiyoda “yashil” energetika bo‘yicha qo‘shma loyihalardan manfaatdor ekanini ta’kidladi. “Mintaqamiz ulkan uran va o‘ta muhim strategik xomashyo zaxiralariga boy. Bu yo‘nalishda har bir xorijiy hamkorimizga barcha qulay shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz”, — dedi u.

Deputatlar O‘zbekistonda bukmekerlik va qimor o‘yinlarini qonuniylashtirish bo‘yicha tuzatishlarni qabul qildi
14 yanvar 2025, 17:29 1

Deputatlar O‘zbekistonda bukmekerlik va qimor o‘yinlarini qonuniylashtirish bo‘yicha tuzatishlarni qabul qildi

Deputatlar O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Deputat Ilhom Abdullayev qimor o‘yinlarini reklama qilish bo‘yicha cheklovlar belgilanmaguncha bukmekerlar faoliyatiga ruxsat bermaslik kerakligini ta’kidladi.

Samarqandda yerusti metrosi qurilishi mumkin
14 yanvar 2025, 17:12

Samarqandda yerusti metrosi qurilishi mumkin

Samarqand shahrida 6 km uzunlikdagi yerusti metrosi qurilishi rejalashtirilmoqda. Metro yangi quriladigan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi hududida bo‘ladi.

Tadbirkorlar uchun bepul onlayn kurslar jamlangan “Kichik biznes akademiyasi” platformasi ishga tushdi
14 yanvar 2025, 16:35

Tadbirkorlar uchun bepul onlayn kurslar jamlangan “Kichik biznes akademiyasi” platformasi ishga tushdi

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun bepul kurslarga ega onlayn platforma — “Kichik biznes akademiyasi” ishga tushdi. Dastlabki uchta kursdan biznesni “kulrang” dan “oq rang”ga o‘tkazish, restoranni rivojlantirish va ijtimoiy tarmoqlarda do‘konni targ‘ib qilishni o‘rganish mumkin.

O‘zbekistonda qonuniy taksi bozori salkam 6 trln so‘mgacha o‘sdi
14 yanvar 2025, 15:49

O‘zbekistonda qonuniy taksi bozori salkam 6 trln so‘mgacha o‘sdi

2024-yilda O‘zbekistonda taksi bozorining hajmi 5,89 trln so‘mga yetdi. Bir qatnov uchun o‘rtacha to‘lov 18 456 so‘mni tashkil qildi. Yil davomida deyarli 320 mln sayohat amalga oshirilgan bo‘lib, ularning 23,7 foizi karta orqali to‘langan. Yo‘lovchilar asosan Nexia, Cobalt, Lacetti avtomobillarida tashilmoqda.

“AQSh global raqobatda g‘alaba qozonmoqda”. Bayden o‘z tashqi siyosatining yakunlarini sarhisob qildi
14 yanvar 2025, 15:39

“AQSh global raqobatda g‘alaba qozonmoqda”. Bayden o‘z tashqi siyosatining yakunlarini sarhisob qildi

So‘nggi to‘rt yil ichida AQSh va uning ittifoqchilari kuchliroq bo‘ldi, mamlakat raqiblari esa zaiflashdi, dedi prezident Jo Bayden o‘z ma’muriyatining tashqi siyosatini sarhisob qilar ekan. “Ayni paytda Qo‘shma Shtatlar global raqobatda g‘olib kelmoqda”, — dedi u.

Salim Abduvaliyev sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbarligidan ketdi
14 yanvar 2025, 15:32

Salim Abduvaliyev sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbarligidan ketdi

Sport kurashlari assotsiatsiyasiga rahbarlik qilib kelgan Salim Abduvaliyev lavozimdan ketdi. Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev assotsiatsiya raisi etib saylandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting