Firibgarlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilindi
14 yanvar 2025, 01:14

Firibgarlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyadan deportatsiya qilindi

Avtomobil oldi-sotdisida firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2015-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyadan deportatsiya qilindi. Istanbuldagi bosh konsulxona undan jabr ko‘rgan fuqarolardan IIVga murojaat qilishni so‘radi.

Samarqandda 5 kishi qo‘lbola spirtli ichimlikdan halok bo‘ldi
14 yanvar 2025, 00:58

Samarqandda 5 kishi qo‘lbola spirtli ichimlikdan halok bo‘ldi

Samarqand shahrida 5 nafar erkak qo‘lbola usulda yasalgan spirtli ichimlik ichish oqibatida halok bo‘ldi. Mahsulotni sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Noqonuniy qazishlar sabab Zarafshon bog‘ida 7 ga yashil maydon yo‘q bo‘lib ketgan — Ekovazirlik
14 yanvar 2025, 00:36

Noqonuniy qazishlar sabab Zarafshon bog‘ida 7 ga yashil maydon yo‘q bo‘lib ketgan — Ekovazirlik

Samarqandda ikkita holatda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 800 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Ekologiya vazirligi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida noqonuniy qazish ishlari doimiy ravishda olib borilgani sababli 7 gektar yashil maydon yo‘q bo‘lib ketganini ma’lum qildi.

Toshkentda yo‘l qoidalari qo‘pol buzilishi oqibatida ikki piyoda jarohatlandi
13 yanvar 2025, 23:19

Toshkentda yo‘l qoidalari qo‘pol buzilishi oqibatida ikki piyoda jarohatlandi

Toshkentda BYD haydovchisi svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanmoqchi bo‘lib, Nissan mashinasiga borib urildi. U esa zarbdan qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni bosib ketdi. Ikki kishi jarohatlandi.

O‘zbekiston “muammoli davlatlar” orqali o‘tish uchun muqobil yo‘laklarni aniqlaydi — transport vaziri
13 yanvar 2025, 22:56

O‘zbekiston “muammoli davlatlar” orqali o‘tish uchun muqobil yo‘laklarni aniqlaydi — transport vaziri

O‘zbekistonda 2030-yilgacha transport-logistika tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinadi. Transport vaziri “muammoli mamlakatlar” orqali o‘tish uchun muqobil yo‘laklar aniqlanishini aytdi. Xitoy, Ukraina, Moldova va boshqa davlatlar bilan transport shartnomalari ko‘rib chiqiladi.

Toshkentga 2025-yilda yana 1000 ta avtobus olib kelinadi — transport vaziri
13 yanvar 2025, 22:40

Toshkentga 2025-yilda yana 1000 ta avtobus olib kelinadi — transport vaziri

Prezident 2025-yilda Toshkentga yana 1000 ta yangi avtobus olib kelishni buyurdi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Avvalroq hokimlik BYD bilan K9UD eBus elektrobuslarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgandi. QR-chipta xarid qilish uchun bekatlarda qo‘shimcha 675 ta infokiosk o‘rnatish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston prezidenti Abu Dabiga yetib bordi
13 yanvar 2025, 22:16

O‘zbekiston prezidenti Abu Dabiga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan BAA poytaxti Abu Dabiga yetib bordi. Davlat rahbarini aeroportda vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayon kutib oldi. U ertaga barqaror rivojlanish haftaligi xalqaro sammitida ishtirok etadi.

Piskentdagi poligonda “inomarka”larni sinovdan o‘tkazish vaqti 20 daqiqadan 15 gacha qisqaradi. Bu yetarlimi?
13 yanvar 2025, 22:08

Piskentdagi poligonda “inomarka"larni sinovdan o‘tkazish vaqti 20 daqiqadan 15 gacha qisqaradi. Bu yetarlimi?

Piskentdagi poligonda yana import mashinalarni sinovdan o‘tkazishda navbat paydo bo‘ldi. UzTest elektron navbat olish tartibini o‘zgartirmoqchi: sinov vaqti 20 dan 15 daqiqaga qisqaradi, bu kuniga 96 ta mashinani tekshirish imkonini beradi. Ammo bu quvvat avtoimportning kunlik o‘rtacha hajmidan 2,3 baravar kam.

Prezident qator harbiy va huquq xodimlarini mukofotladi
13 yanvar 2025, 20:46

Prezident qator harbiy va huquq xodimlarini mukofotladi

Prezident Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi.

Foto: Toshkent aeroportida mushuklar uchun uylar o‘rnatildi
13 yanvar 2025, 18:07

Foto: Toshkent aeroportida mushuklar uchun uylar o‘rnatildi

Toshkent xalqaro aeroportida mushuklar uchun uylar o‘rnatildi. Ekologik materiallardan yig‘ilgan uyda isitish va sovitish tizimlari o‘rnatilgan. “Mamlakat haqidagi tasavvur aeroportdan boshlanadi va bunday uychalar butun mamlakatning munosabati ko‘rsatkichidir”, — deya qayd etdi Uzbekistan Airports.

Janubiy Koreya aeroportlarida radiomayoqli konstruksiyalar almashtiriladi
13 yanvar 2025, 17:04

Janubiy Koreya aeroportlarida radiomayoqli konstruksiyalar almashtiriladi

Janubiy Koreya hukumati mamlakat aeroportlaridagi radiomayoqli konstruksiyalarni almashtirmoqchi. Bunday qarorga Boeing 737−800 Jeju Air samolyoti halokatga uchragach, uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib, bunday to‘siqqa urilgani sabab bo‘ldi. Hodisada bortdagi 181 kishidan 179 nafari halok bo‘lgan.

Jahon banki O‘zbekistonni iqtisodiyot o‘sishi va jahon savdosiga integratsiyalash uchun xizmatlar sohasini isloh qilishga chaqirdi
13 yanvar 2025, 16:29

Jahon banki O‘zbekistonni iqtisodiyot o‘sishi va jahon savdosiga integratsiyalash uchun xizmatlar sohasini isloh qilishga chaqirdi

Jahon banki navbatdagi hisobotida O‘zbekistonni mamlakatda iqtisodiyot o‘sishi, ish o‘rinlari yaratish va jahon savdosiga integratsiyalashish uchun xizmatlar sohasini isloh qilishga chaqirdi va qator tavsiyalar berdi.

Hafta davomida quruq ob-havo kuzatiladi
13 yanvar 2025, 15:44

Hafta davomida quruq ob-havo kuzatiladi

13 va 14-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab iliq havo saqlanib qoladi, harorat +13 darajagacha isiydi. Hafta o‘rtasi ko‘p bulutli bo‘lishi kutilmoqda, biroq mamlakatning aksariyat qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati 2−3 darajaga tushadi.

Paynet Humo to‘lov tizimini 65 mln dollarga sotib oldi
13 yanvar 2025, 15:19

Paynet Humo to‘lov tizimini 65 mln dollarga sotib oldi

Paynet kompaniyasi Milliy banklararo protsessing markazi — Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotib oldi. Kompaniya 3 nafar talabgordan eng yuqori narx — 65 mln dollar taklif qilgan.

Los-Anjelesda o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda, halok bo‘lganlar soni 24 taga yetdi
13 yanvar 2025, 14:50

Los-Anjelesda o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda, halok bo‘lganlar soni 24 taga yetdi

Olti kundan beri Los-Anjeles bo‘ylab keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda. Tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi, 12 mingdan ortiq bino, jumladan, turar joy binolari, maktablar va cherkovlar vayron bo‘ldi yoki zarar ko‘rdi.

Komil Allamjonov atrofidagi yetti nafar fuqaro ishi bo‘yicha sud boshlandi
13 yanvar 2025, 13:14

Komil Allamjonov atrofidagi yetti nafar fuqaro ishi bo‘yicha sud boshlandi

Oliy sud Komil Allamjonov atrofidagi 7 nafar fuqaroning (qo‘riqchilar, haydovchi va boshqalar) shikoyatlarini ko‘rib chiqishni boshladi. Advokatning aytishicha, ular asossiz ravishda 15 sutkaga qamoqqa olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ish sud-huquq tizimidagi “ko‘p sonli kamchiliklarni” ochib beradi.

Elektrotexnika eksportini yiliga 3 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda
13 yanvar 2025, 12:18

Elektrotexnika eksportini yiliga 3 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda elektrotexnika eksportini yiliga 3 mlrd dollarga, ishlab chiqarish hajmini esa 50 trln so‘mga yetkazish reja qilinmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarni uch yil muddatga foyda va mol-mulk solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.

O‘zbekiston davlat ommaviy axborot vositalari 2025-yilda davlat budjetidan qancha mablag‘ oladi?
13 yanvar 2025, 12:11

O‘zbekiston davlat ommaviy axborot vositalari 2025-yilda davlat budjetidan qancha mablag‘ oladi?

MTRKning 2025-yilga mo‘ljallangan budjeti 1,6 barobarga oshib, 881,3 mlrd so‘mga yetdi. Uning vazifasi odamlar ongida demokratik qadriyatlarni shakllantirish, islohotlarni yoritish va boshqalardan iborat. Mamlakat ichki va tashqi siyosatini xolis yoritish uchun mas’ul bo‘lgan O‘zA budjeti ham ko‘paydi.

O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin
13 yanvar 2025, 11:57

O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin

O‘zbekiston parlamentida muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasini ishlab chiqish taklif etilmoqda. Muxolifat vakillari 1 nafar qo‘mita raisi va 2 nafar qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi mumkin. Avvalroq prezident parlamentda muxolifatni jonlantirish zarurligini aytgandi.

Turkiyada bolalar uyida qolgan 15 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi
13 yanvar 2025, 11:14

Turkiyada bolalar uyida qolgan 15 yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi

Turkiyaning Tekirdag‘ viloyatidagi bolalar uyida bo‘lgan 15 yoshli bola buvisi hamrohligida vatanga qaytarildi. Unga muassasadan qochgani uchun qidiruv, buvisiga esa uni “tashkillashtirgani” uchun ayb e’lon qilingan. Istanbuldagi bosh konsulxona va tegishli tashkilotlar ko‘magida ayblovlarni rad etishga erishilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting