Qishloq xo‘jaligi vazirligi yerlardan oqilona foydalanishni monitoring qiladi
13 yanvar 2025, 11:03

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yerlardan oqilona foydalanishni monitoring qiladi

Hukumat qarori bilan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Monitoring ishlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul o‘tkazishlari mumkin
13 yanvar 2025, 11:00

Uzum Bank ilovasi foydalanuvchilari endi telefon raqami orqali pul o‘tkazishlari mumkin

Endilikda Uzum Bank foydalanuvchilari faqat oluvchining telefon raqamini bilgan holda kartaga pul jo‘natishlari mumkin.

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining mafkura bo‘yicha sobiq kotibi Ra’no Abdullayeva vafot etdi
13 yanvar 2025, 10:47

O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining mafkura bo‘yicha sobiq kotibi Ra’no Abdullayeva vafot etdi

O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining sobiq o‘rinbosari va O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining mafkura bo‘yicha kotibi Ra’no Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi. 1987-yilda u “paxta ishi” bo‘yicha hibsga olingan. Keyinroq u oqlangan, tergov paytida uning e’tiroflari katta rezonansga sabab bo‘lgan.

Samarqand va Jizzaxda olis hududlardagi maktablarga qatnaydigan avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
13 yanvar 2025, 10:27

Samarqand va Jizzaxda olis hududlardagi maktablarga qatnaydigan avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin

2025-yil sentabrgacha Samarqand va Jizzax viloyatlarining olis hududlarida joylashgan maktablariga qatnaydigan avtobuslar autsorsing asosida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Jizzaxda ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi
13 yanvar 2025, 09:38

Jizzaxda ilonni tiriklay yegan fuqaro jarimaga tortildi

Zomin tumanida kulvor ilonini tiriklay yegan fuqaro 7,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi. Qolaversa, u tabiatga 1 mln 125 ming so‘m miqdorida zarar yetkazgani hisoblandi.

O‘zbekistonda ekspeditorlik kompaniyalari xalqaro yuk tashish sohasida QQSdan ozod qilinadi
13 yanvar 2025, 09:06

O‘zbekistonda ekspeditorlik kompaniyalari xalqaro yuk tashish sohasida QQSdan ozod qilinadi

O‘zbekistonda yuk jo‘natuvchilar va tashuvchilarni bog‘lovchi ekspeditorlik xizmatlari bozori 520 mln dollarga baholanmoqda. Bozorning 90 foiz ulushini xorijiy kompaniyalar egallaydi. Mahalliy ekspeditorlar ulushini 50 foizgacha oshirish maqsadida ular QQSdan ozod qilinadi.

O‘zbekistonda 13−19-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi
13 yanvar 2025, 06:53

O‘zbekistonda 13−19-yanvar kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

O‘zbekistonda joriy ish haftasi quruq keladi. Dam olish kunlari esa bulutli va ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Hafta davomida havo harorati kunduzi +12…+16 daraja issiq bo‘lsa-da, tungi harorat nol daraja atrofida yoki undan pastroq kutilishi haftaning juda issiq o‘tmaslinini anglatadi.

OAV: Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) ozodlikka chiqdi
12 yanvar 2025, 22:17

OAV: Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) ozodlikka chiqdi

Mart oyida 6 yilga qamalgan tadbirkor Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) 12-yanvar kuni sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli ozodlikka chiqdi, deb xabar bermoqda OAV.

Koreya prezidenti impichment bo‘yicha ilk sud majlisida ishtirok etmaydi
12 yanvar 2025, 21:52

Koreya prezidenti impichment bo‘yicha ilk sud majlisida ishtirok etmaydi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol o‘z xavfsizligidan xavotirlanib, impichment ishi bo‘yicha seshanba kuni o‘tadigan birinchi rasmiy sud majlisida qatnashmaydi. Uning advokati prezidentning sudga borishi uchun shaxsiy himoya va xavfsizlik masalasi hal qilinishi kerakligini aytdi.

Samarqandda oltin kovlash uchun shaxtaga tushgan 2 fuqaro halok bo‘ldi
12 yanvar 2025, 13:42

Samarqandda oltin kovlash uchun shaxtaga tushgan 2 fuqaro halok bo‘ldi

Paxtachi tumanida 5 kishi tarkibida oltin moddasi bo‘lgan toshlarni kavlab olish uchun shaxtaga tushdi. Ulardan 2 nafari generatordan chiqqan is gazidan zaharlanib voqea joyida halok bo‘ldi.

Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari: halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi
12 yanvar 2025, 13:05

Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari: halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi

Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. 180 mingga yaqin odam o‘z uylarini tark etdi. Aholi punktlari va 12 mingdan ortiq bino yonib ketdi. Yong‘inlardan ko‘rilgan zarar 135−150 mlrd dollarga yetdi. Tabiiy ofatga oid suratlar va yangilangan ma’lumotlar.

So‘rovnoma: O‘zbekistonda erkaklar uchun alohida kun bo‘lishi kerakmi?
12 yanvar 2025, 11:56

So‘rovnoma: O‘zbekistonda erkaklar uchun alohida kun bo‘lishi kerakmi?

“Gazeta.uz” poytaxt ko‘chalarida odamlardan O‘zbekistonda alohida Erkaklar kuni bo‘lishi kerakmi yoki yo‘q, bo‘lsa, uni qaysi sanada nishonlash va qanday sovg‘alar berish mumkinligi haqida fikrlarini so‘radi.

O‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishga doimiy ruxsat beriladi
12 yanvar 2025, 09:36

O‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishga doimiy ruxsat beriladi

Jismoniy shaxslarning o‘zini o‘zi band qilgan holda taksichilik bilan shug‘ullanishiga doimiy ruxsat beriladi. Boshida bu tartib 2024-yil oxirigacha joriy etilgandi. Taksi bozoridagi agregatorlar faoliyati tartibga solinadi, ularning davlat, haydovchi va yo‘lovchilar oldidagi majburiyati aniq belgilab qo‘yiladi.

UzAuto o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit ajratishdan bosh tortgani haqidagi xabarlarni rad etdi
12 yanvar 2025, 09:19 2

UzAuto o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit ajratishdan bosh tortgani haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zavtosanoat” o‘qituvchilarga imtiyozli avtokredit bilan avtomobillarni sotishdan bosh tortgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi. Kompaniya avtomobil xarid qilish uchun qator banklarda turli mexanizmlar, jumladan, imtiyozli shartlarda joriy etilganini qo‘shimcha qildi.

Ostona-Samarqand yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda
11 yanvar 2025, 18:26

Ostona-Samarqand yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston Ostona-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha poyezd qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Tomonlar sayyohlik poyezdlari qatnovi to‘g‘risidagi bitimni imzoladi va ishchi guruh tuzdi.

Pokiston bosh vaziri fevralda O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda
11 yanvar 2025, 18:01

Pokiston bosh vaziri fevralda O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning fevral oxirida O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. U tranzit savdosi uchun Karachi portidan foydalanishni taklif qilishi va muhim savdo kelishuvlariga imzo chekishi rejalashtirilgani xabar qilindi.

Harbiy sud Komil Allamjonovga suiqasd ishini ko‘rishni boshladi — huquq himoyachisi
11 yanvar 2025, 16:38

Harbiy sud Komil Allamjonovga suiqasd ishini ko‘rishni boshladi — huquq himoyachisi

O‘zbekiston Harbiy sudi Prezident administratsiyasi departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishini ko‘rib chiqishni boshladi. Mahkama mutlaqo maxfiy boshlandi, deydi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.

Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi
11 yanvar 2025, 15:49

Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi 20 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi

Toshkent shahrida tergovga gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan pora evaziga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasida yordam bermoqchi bo‘lgan tergovchi ushlandi. U va uning sherigi fuqarodan 20 ming AQSh dollari olganlikda gumonlanmoqda.

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati AQShning Kolorado konlar maktabi bilan hamkorlik qiladi
11 yanvar 2025, 14:45

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati AQShning Kolorado konlar maktabi bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati va Kolorado konlar maktabi vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Hamkorlikda Texnologik metallar oliy maktabini ham tashkil etib, qo‘shma o‘quv rejalar ishlab chiqish, mutaxassislarni tayyorlash uchun moslashtirilgan dasturlarni joriy etish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekistonda yanvar oyida ob-havo qanday bo‘ladi? (video)
11 yanvar 2025, 12:15

O‘zbekistonda yanvar oyida ob-havo qanday bo‘ladi? (video)

2025-yilning yanvar oyi, prognozlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik va harorat rejimi bo‘yicha me’yor atrofida o‘tadi. Ammo oyning uchinchi o‘n kunligi sovuqroq kelishi kutilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov “Gazeta.uz” uchun yanvar ob-havosi bo‘yicha sharh tayyorladi. Video.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting